137
12.Ehtimol, sizda ham shunday holler bo’lgandir: tun yarmidan og’ganda birdan
uyg’onib ketasiz.
14.Mening bir jaydari falsafamdir shu:Hargiz iltimosga kuning qolmasin.
15.Orzum shul: o’chmasin yongan chirog’ing.
16.Borliq jim:har bitta darchada zangor shu’lalar porlaydi.
17.Omon ovchining ov sarguzashtlari ko’plarni qiziqtirardi:ko’plari hikoya
eshitish uchun kelardi.
18.Niyating pok bo’lsin: Xudo seni qo’llaydi.
19.Borar manzilingni aniq belgilab ol:yo’ldan adashmaysan.
20.Matonatli bo’l: ortga chekinmaysan.
21.Traktorchilar tashvishlanib qolishdi:oziq-ovqat,yonilg’i tugayapti.
22.Quyoshning uyg’onishi sen ta’riflagandan ham antiqa:tong nihoyatda go’zal
bo’ladi.
23.Senga eng yaxshi maslahat:mutakabbirlik bilan yuzingni teskari burma va
shon-shuhrating bilan faxrlanma.
24. Ishlar vaqtida bajarilishi kerak: vaqtid bajarilmagan ish sust bo’ladi.
4.Qo’shma gap qismlari mazmunan unchalik yaqin bo’lmasa yoki ketma-ket sodir
bo’ladigan voqealarni bildirgan va bir necha tinish belgilari qo’llangan hollarda
nuqtali vergul ishlatiladi. Misollar:
1.Xadicha xola bolalik chog’idagi singari uning beliga non tugib berdi,
peshonasidan o’pdi, duo qildi; irim qilib o’zi kuzatgani chiqmadi.
2.Yoki kampirning jig’i-biyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi
bilan chig’irig’ini ko’tarib, vaysagancha, uyga kirib ketdi.
3.Ertaga cho’qqini gallaymiz;sovuq qattiq emas, shamol bo’lishi ham kutilmaydi.
4.Navoiy Husayn Boyqaro qoshiga kirib vaziyatni tushuntirdi; isyonchi valiahd
bilan mustahkam sulh barpo etish kerakligini talab qildi.
5.U biladi, ishonadi; singlisi o’zi ko’rmasa yoki aniq bilmasa, uydirma-yu
mishmishlarga ishonadigan ayol emas.
6. Qish oxirlamoqda, qorlar erigan, hamma joyda loygarchilik; yo’lda arava
tugul, piyoda ham zo’rg’a, qo’rqa-pisa qadam bosadi.
7. Ona borki, olam bor; ona borki, odam bor.
8.Shinel jiqqa ho’l; Bektemirning yuzidan tomchilar quyilar edi.
9.She’r shuning uchun muqaddaski, uning bir vazni ilohiy, bir vazni insoniydir;
uning bir satri osmoniy, bir satri zaminiydir.
10.Istiqlol davri bolalari g’ayratli, shijoatli; ko’zida chaqini, ko’ksida yolqini bor.
11.Ishni uning maqsadi boshqarib turadi; buyuk maqsadga qaratilgan ish buyuk
ish deb hisoblanadi.
12.Kampirning jig’ibiyroni chiqdi; ombordan olib chiqqan bir savat paxtasi bilan
Dostları ilə paylaş: