142
Ma’lum bir fikrni batafsil ifodalash uchun gaplarni tilimizning muayyan
qoidalari asosida bog’lab, matn tuzamiz. Mazmunva grammatik jihatdan
bog’langan, bir mavzuni ifodalovchi gaplar matnni hosil qiladi.
Mavzu matndagi asosiy fikrning nima haqida ekanligidir. Shundan kelib
chiqqan holda matnning sarlavhasi ham bo’lishi mumkin.
Matn turlari. Matn turli maqsadlar bilan tuziladi. Masalan: muayyan predmet
yoki voqea - hodisalar haqida xabar berish, hikoya qilish, ularning ta’rif –
tavsifini berish, ya’ni mulohaza yuritish. Ana shunga ko’ra, matnlarning quyidagi
turlari farqlnadi:
1: Hikoya matni. 2: Tasviriy matn. 3: Muhokama matni.
Hikoya matnida muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqida xabar
beriladi, hikoya qilinadi.
Tasviriy matn. Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar ta’riflangan,
tavsiflangan matn tasviriy matn hisoblanadi. Tasviriy matn badiiy adabiyotda
ko’proq qo’llanadi.
Muhokama matni.Muayyan predmet yoki voqea – hodisalar haqidagi fikr –
mulohazalar bayon qilingan matn muhokama matni hisoblanadi.Muhokama matni
darsliklar va ilmiy kitoblarda ko’proq qo’llanadi.
Dostları ilə paylaş: