2.Shunga xursandmanki, bolalar o’z yo’lini topib ketishdi. _________________________________________________________________ 3.Tilagimiz shuki, hammangiz el xizmatiga kamarbasta farzand bo’linglar. _________________________________________________________________ 4.Kimki mustaqil fikr yuritmasa, uni boshqalar oson egib oladi. _________________________________________________________________ 5.Haqiqat shunday jonki, pardoz uning husnini buzadi. _________________________________________________________________ 6.Kim alam chekmadi umrida bir bor, Umeni anglamas, anglamas also. __________________________________________________________________ Bog’lovchisiz bog’langan qo’shma gaplar
Tarkibida sodda gaplar mazmunan bir-biri bilan bog’liq bo’lib, maxsus bog’lovchi
vositalarsiz, faqat ohang yordamida bog’langan qo’shma gaplar bog’lovchisiz
qo’shma gaplar deyiladi.
Bog’lovchisiz qo’shma gap qismlarini yozuvda ajratish uchun vergul, tire, ikki nuqta, nuqtali vergul kabi tinish belgilari ishlatiladi.
1.Qo’shma gap qismlari bir paytda yoki ketma-ket sodir bo’ladigan voqea-
hodisalarni ifodalasa, ular orasiga vergul qo’yiladi.
Misollar:
1.Yigitlar daraxtlarning tagini yumshatdilar, qizlar maktab hovlisini supurdilar. 2.Kuz keldi, yig’im-terim ishlari boshlandi. 3.Yaxshi o’g’il – el obro’si, yaxshi qiz – uy obro’si. 4.Ruboyini ichida o’qidi, yuzini tabassum qopladi. 5.Siddiqjon to’xtadi, orqasidan kimdir kelayotgan edi. 6.Oyim endi o’rnidan turayotgan edi, eshik shahd bilan ochildi. 7.Sultonmurod o’zini chetga olishga urindi, xalq to’lqini uni surib ketdi. 8.Bora-bora ularning ham ko’zi ochiladi, past-balandni ajratib olishadi. 9.Kumush choyshab yopib dalalar, qor qo’ynida uxlab qoladi. 10.Sen o’g’limsan, xotining kelinim. 11.Avval ular bizga yetib olishsin,keyin birga jo’naymiz. 12.Zal jim, xalq parda ochilishini kutar edi. 13.Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer.
136
14.Ahmoq kishining tili o’ziga dushman, ko’p kishilarning qoni tili tufayli to’kilgan. 15.O’ylab so’zlagan kishining so’zi to’g’ridir, o’rinsiz ko’p vaysagan til shafqatsiz yovdir. 16.Yana uvlar dahshat shamoli, Ko’kni qora bulut quchadi. 17.Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling, odamlarga muomalada xulqingiz chiroyli bo’lsin. 2.Qo’shma gap qismlari orasida o’xshatish, shart, zidlash va payt munsabatlari
bo’lganda, ular orasiga tire qo’yiladi.
Misollar:
1.Hamal keldi –amal keldi. 2.Qor yog’di – don yog’di. 3.Vaqting ketdi – baxting ketdi. 4.Suv keldi – cho’llarda hayot boshlandi. 5.Yuragida qanday dard bor – mana bu menga sir. 6.To’rt mashina o’g’it yubordik – fermerlarga vaqtida taqsimlansin. 7.Eshakni yoydoq minib bo’lmaydi – yiqilasan kishi. 8.Doston aytdim – kitob bo’ldi. 9.Kimki mehnatning zo’rini qilibdi – odamning sarasi ana shu. 10.Said Jalolxon tovush chiqarmay uning o’rniga o’tirdi – u ko’madi. 11.G’animlar duch kelar – jang bo’lar puxta. 12.Qo’shning tinch – sen tinch. 13.Sen borsan – men uchun bu hayot go’zal. 14.Endi nima bo’lib shundoq bo’lganini aytib o’tirishga fursatim yo’q – idorada odamlar kutib o’tiribdi. 15.Uyda qadam bosgani joy yo’q - hamma yoq o’yinchoq. 16.Qarasam oshxona tomondan gup-gup etgan tovush kelyapdi - oyim o’g’irda talqon qilyapdilar.