143
Vergul – XV asrdan boshlab G’arbiy yevropada, XX asr boshlaridan
boshlab esa, o’zbekcha matnlarda ishlatila boshlagan.
So’roq – belgisining kelib chiqishini lotinch question – so’roq so’ziga olib
borib taqaydilar. So’roq ma’nosiga mazkur so’zning birinchi harfi “ Q “
ishlatila boshlagan, keyinchalik uning shakli hozirgi holatiga ( ? ) kelib
qolgan, o’zbekcha matnlarda 1885 – yildan boshlab uchraydi. 1990 – yildan
so’ng doimiy ishlatila boshlagan.
Undov – belgisi o’zbek tiliga rus tilidan o’tgan.
Olimlarning fikricha, u
lotincha lo-undov so’zidan kelib chiqqan bo’lib, (.) ning qo’shilishidan hosil
bo’lgan.
Qavs – o’zbek yozuvida XIX asrning oxirgi choragidan boshlab ishlatila
boshlagan. Dastlab “Turkiston viloyatining gazeti” da 1873-yilda ishlatilgan.
Ko’p nuqta - o’zbekch matnlarda XIX asrning ikkinchi yarmidan
boshlab ishlatila boshlagan. 1876-yildan e’tiboran “Turkiston viloyatining
gaeti”da muntazam qo’llangan.
Tire – o’zbek yozuvida XIX asrning 70- yillaridan boshlab ishlatilgan
bo’lib, uni amaliyotga rus yozuvchisi N.M.Karamzin (XVIII asr ) kiritgan.
Qo’shtirnoq – ham rus olimi A.A.Barsov orqali
amaliyotga kiritilgan
bo’lib, o’zbek yozuvlarida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi.
Ikki nuqta – o’zbek yozuvida XIX asrning oxiri XX asrning boshlaridan
e’tiboran ishlatilgan.
Nuqtali vergul – esa oz’bek yozuvida 1885-yildan boshlab uchraydi.
Eslatma: Yuqoridagi tinish belgilaridan vergul nisbatan qadimiyroq.
Nutq uslublari
Nutq uslublarini o’rganuvchi tilshunoslik sohasiga uslubshunoslik deyiladi.Har bir
uslubni yaratuvchi vositalar mavjud. Bularni quydagi turlarga bo’lish mumkin:
1.Lqksik vositalar: sinonim, omonim, antonym, paronim, ko’p ma’nolilik, tag
ma’no, sifatlash, o’xshatishlar, ibora, sheva, noadabiy qatlam, mubolag’a, arxaik
va tarixiy so’zlar, atamalar.
2.Fonetik vositalar:
nutq tovushlari, ohang, urg’u.
3.Grammatik vositalar:
1)morfologik vositalar: har bir so’z turkumi;
2)sintaktik vositalar: gap bo’laklari, ritoroik so’roq gaplar, undalma, kiritma,
sodda va qo’shma gaplar.
O’zbek tilining quyidagi nutq uslublari mavjud:
1.So’zlashuv
2.Publitsistik
3.Ilmiy
4. Rasmiy
5.Badiiy
I.So’zlashuv uslubi. Kundalik hayotda, uyda, ko’cha-ko’yda, ish joylarda va
boshqa joylarda kishilarning bir-biri bilanerkin muloqotga kirishuvi so’zlashuv
uslubi orqali yuzaga chiqadi. Bu uslub ikkiga bo’linadi:
144
a)adabiy so’lashuv uslubi;
b)oddiy so’zlashuv uslubi.
Ma’lum adabiy til me’yorlariga bo’sungan, tartibga solingan so’zlashuv uslubiga
adabiy so’zlashuv uslubi deyiladi.Adabiy tilning og’zaki shakli adabiy so’zlashuv
uslubi orqali amal qiladi.Radioeshittirishlar, televideniye ko’rsatuvlari
shunday
uslubda olib boriladi.
Adabiy til me’yorlariga doimo amal qilavermaydigan erkin muloqot shakli
oddiy so’zlashuv uslubi sanaladi.Bunda nutqiy vositalarni tejash bilan birga nutqiy
ortiqchalikka ham yo’l qo’yiladi va gap bo’laklarining tartibi ancha erkin bo’ladi.
So’zlashuv uslubida ko’proq sodda gaplar, to’liqsiz gplar, undalmali
gaplardan
foydalaniladi va turli uslubiy bo’yoqli so’zlar, grammatik vositalar, tovushlar
tushib qolishi, orttirilishi mumkin.
II.Publitsistik uslub.Publitsistika (lot. publika – xalq, omma) davrning eng
muhim, dolzarb masalalarini o’quvchilarga, tinglovchilarga, tomoshabinlarga
gazeta-jurnal, radio,
televideniye orqali yetkazish, ommani jonlantirish,
kishilarning onggiga atrofda sodir bo’layotgan voqealarni singdirish, ularning
ijtimoiy qarashlarini shakllantirish uchun xizmat qiladi.
Ommaviy axborot vositalarida, Oliy Majlis yig’inlarida,
turli xil anjumanlarda
qo’llaniladigan nutq uslubi publitsistik uslub sanaladi. Publitsistik uslub ikki xil
shaklda namoyon bo’ladi:
1.Yozma:
a) ijtimoiy-siyosiy masalalarga
bag’ishlangan bosh maqolalar;
b)feleton;
d)pamflet;
e)murojaatnomalar;
f)chqiriq;
j)deklaratsiya.
2.Og’zaki: a)radio va televideniyeda ciqayotgan siyosiy sharhlovchilar;
b)notiqlarning nutqi.
Publitsistik uslubning o’ziga xos xususiyati shundaki, u muayyan ijtimoiy
masalalarga faol munosabatda bo’lishlik, hozirjavoblik, ta’sirchanlik belgilariga
ega. Bunday nutq uslubi ijtimoiy masalalarga harakatchanliligi tufayli unda
ijtimoiy-siyosiy tushunchalarni ifodalovchi so’zlar ko’proq qo’llaniladi:
isyon,
Dostları ilə paylaş: