Maktab direktori:
6.5.1. Maktab Direktori o’quv-tarbiya jarayoniga va maktabning kundalik faoliyatiga bevosita rahbarlik qiladi, maktabda ta’lim berish (o’quv-tarbiya) ishini tashkillashtiradi, maktabning ma’muriy-xo’jalik (ishlab chiqarish), moliyaviy ishini ta’minlaydi, maktabda xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilish tartibini yaratadi.
6.5.2. Maktab direktori Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudirlarining tavsiyasiga ko’ra Surxondaryo viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi boshlig’i tomonidan lavozimiga tayinlanadi va bo’shatiladi. Maktab direktori ish faoliyatida bevosita Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudiriga bo’ysunadi.
6.5.3. Maktab direktori mehnat ta’tilida yoki vaqtinchalik mehnatga layoqatsiz bo’lgan davrda uning vazifalari direktorning o’quv-tarbiya ishlari bo’yicha o’rinbosari zimmasiga yuklanishi mumkin. Bu kabi hollarda vazifalarni ijro etish direktor buyrug’i yoki ob’ektiv sabablarga ko’ra tegishli buyruq chiqarish uchun imkon bo’lmasa Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi mudirining buyrug’i asosida amalga oshiriladi.
6.5.4. Maktab direktori o’z ixtisosligi bo’yicha oliy ma’lumotga va pedagogik yoki rahbarlik lavozimlarida kamida 5 yil ish stajiga ega hamda tegishli attestastiyadan o’tgan kamida 1-toifali o’qituvchi bo’lishi lozim.
6.5.5. Maktab direktori maktab ichida yoki undan tashqarida o’rindoshlik asosida boshqa rahbarlik lavozimlarida (ilmiy va ilmiy-uslubiy rahbarlikdan tashqari) ishlashiga yo’l qo’yilmaydi.
6.5.6. Maktab direktorining mansab vazifalari o’rindoshlik asosida ijro etilishi mumkin emas.
6.5.7. Maktab direktoriga uning o’rinbosarlari bevosita bo’ysunadi. Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida maktabning har bir xodimi va o’quvchisiga ular uchun bajarilishi majburiy bo’lgan ko’rsatmani berishga haqli. Maktab direktori maktabdagi har qaysi boshqa xodim (uning o’rinbosari yoki boshqalar)ning farmoyishini bekor qilishga haqli.
6.5.8. Maktab direktori o’z vakolatlari doirasida quyidagi mansab vazifalarini bajaradi:
Maktab Ustavi va O’zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq maktab faoliyatining barcha yo’nalishlari yuzasidan umumiy rahbarlikni amalga oshiradi.
Pedagogik kengash bilan birgalikda maktabni rivojlantirish strategiyasi, maqsadlari va vazifalarini belgilaydi, uning ishini dasturiy rejalash to’g’risida qarorlar qabul qiladi.
Muassasaning rivojlanish dasturlarini, maktabdagi ta’limiy dasturlar, o’quv rejalari, kurslar, fanlar, o’quv-uslubiy hujjatlar, Ustav va ichki tartib qoidalarini ishlab chiqish, tasdiqlash va joriy etish ishlarini amalga oshiradi, Maktabning boshqa ichki me’yoriy hujjatlarini ishlab chiqishda ishtirok etadi.
Maktabni yangi o’quv yiliga, kuz-qish mavsumiga tayyor bo’lishini tashkil etadi va ta’minlaydi, maktabda obodonlashtirish, ko’kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshiradi, qabul qilish dalolatnomalarini imzolaydi;
Maktab faoliyati jarayonida yuzaga keladigan o’quv-uslubiy, ma’muriy, moliyaviy, xo’jalik va boshqa masalalarni hal qilishda ishtirok etadi.
Maktabning pedagog va boshqa xodimlari ishini rejalashtiradi, muvofiqlashtiradi va nazorat qiladi.
Kadrlarni saralash, ishga qabul qilish va joy-joyiga qo’yish ishlarini amalga oshiradi, xodimlarning mansab vazifalarini belgilaydi, ularning kasbiy mahoratini oshirish uchun shart-sharoit yaratadi.
O’quvchilar uchun mashg’ulotlar jadvalini, maktab xodimlarining ish jadvallari va pedagogik yuklamasini, tarifikastion ro’yxatlar va mehnat ta’tillari jadvallarini tasdiqlaydi.
Xodimlarning ijodiy tashabbusini qo’llab-quvvatlaydi va rag’batlantiradi, jamoada ijobiy ma’naviy sof muhitni shakllantiradi. .
Maktab o’quvchilari va xodimlarining salomatligini muhofaza qilish va mustahkamlash maqsadida maktabda umumiy ovqatlanish tashkilotlari va tibbiy muassasalar faoliyat ko’rsatishi uchun kerakli shart-sharoitlar yaratilishini ta’minlaydi, ularning ishini nazorat qiladi.
Jamoa shartnomasi bajarilishini ta’minlaydi, maktab pedagoglar jamoasi, kasaba uyushmasi tashkilotiga mo’’tadil ishlash uchun kerakli sharoitlar yaratadi.
Davlat, jamoat va boshqa organlarda, tashkilotlarda va muassasalarda maktab manfaatlarini himoya qiladi.
Jihozlarning muhandislik - texnikaviy kommunikastiyalari xavfsiz foydalanishini ta’minlaydi, ularni mehnat muhofazasi bo’yicha amal qilayotgan standartlarga, qoidalarga va me’yorlarga muvofiq bo’lgan holatga keltirish choralarini ko’radi, ta’lim muassasasining binosi ko’rikdan o’tkazilishi va ta’mirlanishini o’z vaqtida tashkil etadi.
O’zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksida va maktab ichki mehnat tartib qoidalarida belgilangan tartibda yangi xodimlar qabul qilinishini rasmiylashtiradi;
Ishga yangi qabul qilingan shaxslar bilan o’rnatilgan tartibda shartnomalarni imzolaydi, mehnat muhofazasi, texnik xavfsizligi bo’yicha dastlabki ko’rsatma berish, ta’lim muassasasi xodimlari bilan ish joyida ko’rsatma berish tadbirini o’tkazadi, ko’rsatma berish tadbiri o’tkazilganini daftarda rasmiylashtiradi.
Xodimlar va o’quvchilarning jarohatlanishi hollarini oldini olish va ular o’rtasida kasallanish darajasini kamaytirish bo’yicha profilaktik ishlarni tashkil etadi va olib boradi;
Tibbiy xodimlar bilan hamkorlikda tibbiy xizmat ko’rsatilishini va sog’lomlashtirish ishini yaxshilash choralarini ko’radi;
Kasaba uyushmasi, Ota-onalar ko’mitasi va Vasiylik kengashi bilan hamkorlikda ovqatlanish tashkil etilishini yaxshilash, maktab oshxonasida sifatli ovqat tayyorlanishi uchun sharoit yaratish choralarini ko’radi;
Ishlayotganlar va o’quvchilarning o’quv-mehnat yuklamasini, ularning ruhiy-jismoniy imkoniyatlarini e’tiborga olgan holda, ta’minlaydi, oqilona mehnat va dam olish tartibini tashkil etadi.
O’quvchilar va ishlayotganlarning salomatligi uchun xavfli sharoitlar yuzaga kelganida ta’lim jarayoni o’tkazilishini taqiqlashga haqli.
Dostları ilə paylaş: |