4.2. Maktab o’quvchilari:
O’zbekiston Respublikasi Konstitustiyasi va qonunlariga, milliy axloq-odob qoidalariga rioya qilish, respublikaning munosib fuqarosi bo’lish, O’zbekiston Respublikasining Gerbi, Bayrog’i va Madhiyasini bilish va hurmat qilish, ular bilan bog’liq bo’lgan marosimlarni ado etish;
- ta’lim muassasalarining ustavi va ichki tartibi qoidalarini so’zsiz bajarishlari;
Davlat ta’lim standartlari hajmida umumiy ta’lim olish uchun intilishlari;
maktabga dars jadvali asosida o’z vaqtida kelishi, barcha darslarda ishtirok etishi, sababsiz dars qoldirmasliklari;
o ’quv jarayoni uchun kerak bo’lgan barcha jihozlarni, kundalik daftari, darslik, o’quv qo’llanmalari, daftarlarini to’liq olib kelishlari;
maktabda kiyinish madaniyatiga qo’yilgan talablarga rioya kilishlari;
o’qituvchilar tomonidan berilgan topshiriqlarni o’z vaqtida bajarishlari;
o’z bilimi va amaliy ko’nikmalarini mustaqil ravishda oshirib va mustahkamlab borishlari hamda umumlashtirish saviyalarini yuksaltirishlari;
maktab va jamoat topshiriqlarini bajarishda faollik ko’rsatishlari;
maktab va jamoat mulkini avaylab asrashlari talab etiladi.
4.3. O’qituvchilar va o’quvchilar o’rtasidagi murakkab vaziyatlarni va muammolarni hal qilish maqsadida maktabda adolat komissiyasi tuziladi. Unda ota-onalar tomonidan yozma yoki og’zaki holda berilgan arizalar ko’rib chiqiladi va hal etiladi.
4.4. Jamoat tartib qoidalarini buzgan, maktab jihozlarini va mulkini ishdan chiqargan, tizimli ravishda o’qituvchilar va maktab rahbariyatining shaxsiyatiga tegadigan xatti-harakatlar sodir etadigan o’quvchiga nisbatan mahaliy hokimlik qoshidagi voyaga etmagan yoshlar bilan ishlash komissiyasi bilan kelishgan holda tegishli choralar qo’llaniladi.
4.5. Ayrim fanlar bo’yicha chuqurlashtirilgan ta’lim berish sinflarida o’qib muntazam ravishda qoniqarsiz baholarni olayotgan o’quvchilar oddiy umumiy ta’lim sinflariga o’tkazilishi mumkin.
4.6. Maktabda amaldagi qonunchilikka asosan o’quvchilar uyushmasi va boshqa jamoat tashkilotlari faoliyat ko’rsatish huquqiga ega.
Dostları ilə paylaş: |