Бойсун туман ҳокимлиги томонидан


III. MAKTAB TA’LIM -TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI



Yüklə 365 Kb.
səhifə4/16
tarix02.02.2022
ölçüsü365 Kb.
#51976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Устав ва Пед кенгаш36

III. MAKTAB TA’LIM -TARBIYA JARAYONINING MAZMUNI

VA UNI TASHKIL ETISH

3. 1. Maktabdagi ta’lim jarayoni umumta’lim dasturining ikki bosqichiga muvofiq amalga oshiriladi:

a) boshlang’ich ta’lim I – IV sinflar

b) umumiy o’rta ta’lim I– IX sinflar

3.2. Boshlang’ich ta’lim:

o’quvchilarning o’qish, yozish, hisoblashga oid dastlabki bilim ko’nikmalarini, nazariy fikrlash elementlarini, nutq va xulq madaniy asoslarini shakllantiradi, shaxsiy gigiena va sog’lom turmush tarzini ta’minlashga asos yaratadi.

3.3. Birinchi sinfga 7 yoshli o’g’il-qizlar to’la va 6 yoshli bolalardan esa ruhan va jismonan tayyor, tibbiy-pedagogik komissiya va maktab ruhshunoslik xizmat ko’rigidan o’tgan bolalar Boysun tuman Xalq ta’limi muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limidagi tashxis komissiyasining xulosasiga binoan qabul qilinadi. Bolalarni qabul qilish o’quv yili boshlangunga qadar amalga oshiriladi va buyruq bilan rasmiylashtiriladi.

3.4. Maktab ta’limi O’zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan o’quv rejasi va dasturlariga muvofiq amalga oshiriladi.

3 .5. Maktabdagi ta’lim tili O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili to’g’risida” va “Ta’lim to’g’risida”gi Qonunlariga muvofiq belgilanadi. Ta’lim tilini tanlashda mazkur maktab hududida istiqomat qiladigan ota-onalarning hohish – istaklari inobatga olgan holda o’zbek tilida olib boriladi.

3.6. Davlat ta’lim standartlari talablari doirasida o’quv dasturini o’zlashtira olmagan o’quvchilarga yordam ko’rsatish uchun boshlang’ich va V-IX sinflarda pedagogik qo’llab-quvvatlashning turli shakllari (korrekstiya sinflari, tenglashtiruvchi sinflar va hokazo), ruhiy va jismoniy rivojlanishida nuqsoni bor bolalarni o’qitish va tarbiyalash uchun maxsus sinflar hamda uyda ta’lim berish tashkil qilinishi mumkin.

3.7. Maktab o’quvchilariga tibbiy xizmat ko’rsatish, maxsus biriktirilgan tibbiy xodim tomonidan amalga oshiriladi va tibbiy xodim ma’muriyat bilan teng ravishda bola sog’ligi uchun mas’uldir.

3.8. Maktabda o’quvchilarni sinfdan-sinfga ko’chirish, yakuniy attestastiyalarni o’tkazish Xalq ta’limi vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan hujjatlar (nizom, yo’riqnoma)ga asosan amalga oshiriladi.

3.9. O’quvchilarni tibbiy komissiya xulosasiga asosan sinfdan-sinfga ko’chirish yoki yakuniy attestastiyadan ozod qilish masalasi Xalq ta’limi vazirligi va Sog’liqni saqlash vazirligi qo’shma buyrug’iga asosan hal etiladi.

3.10. O’quvchilarga maktabni tamomlaganligi haqidagi xujjatlarning berish tartibi, yakuniy attestastiyaning belgilangan tartibidan istisnolar Xalq ta’limi vazirligi tomonidan belgilanadi.

3.11. Maktabning yakuniy attestastiyalardan muvaffaqiyatli o’tgan o’quvchilarga davlat namunasidagi shahodatnoma, ta’limda alohida muvaffaqiyatlarga erishganlarga imtiyozli shahodatnoma topshiriladi.

3.12. Maktab o’z hududida (mikrohudud) yashovchi maktab yoshidagi I-IX sinflarda o’qishi lozim bo’lgan barcha bolalarni majburiy ta’lim olishga to’liq jalb etishni amalga oshiradi.

3.13. Maktablardagi darsning o’quv choragi va o’quv yilining davom etish muddati, kunlar va haftalar bo’yicha darslar jadvali, sinflarning to’ldirilishi va o’quvchilarga beriladigan o’quv yuklamalari umumiy o’rta ta’lim davlat standartlariga muvofiq belgilanadi.

3.14. Maktablarda o’quv yili 1 sentyabrdan boshlanadi va 31 avgustda tugaydi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari 2 sentyabrda boshlanadi va 25 mayda tugaydi.

O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlar 4 chorakka (2 yarim yillikka) bo’linadi, ularning boshlanishi va oxiri o’quv rejasi bilan belgilanadi. O’quv yilidagi o’quv mashg’ulotlari amaliy mashg’ulotlarni hisobga olmaganda 34 hafta, 1-sinflarda esa 33 hafta davom etadi, ularga maktab pedagogika kengashi qarori bilan fevral oyining ikkinchi o’n kunligida bir hafta ta’til beriladi.

O’quv yili davomida kuzgi, qishki, bahorgi ta’tillar kamida 30 kalendar kuni qilib belgilanadi va Xalq ta’limi vazirligining buyrug’i (tayanch o’quv rejasini tasdiqlash vaqtida) bilan tasdiqlanadi.

Yozgi ta’til o’quv yili mashg’ulotlari (imtihonlari) tugagan kundan boshlab 31 avgustgacha davom etadi.

3.15. Maktabda o’quv ishlari va mashg’ulotlari bayram kunlari o’tkazilmaydi.

1 yanvar - Yangi yil

8 mart - Xotin-qizlar kuni

21 mart - Navro’z bayrami

9 may - Xotira va qadrlash kuni

1 sentyabr - Mustaqillik kuni

1 oktyabr - O’qituvchilar va murabbiylar kuni

8 dekabr - Konstitustiya kuni

Ramazon va Qurbon Hayiti bayramlarining 1-kuni.

3.16. Kundalik o’quv mashg’ulotlari soni va tartibi maktab direktori tomonidan tasdiqlangan dars jadvali bilan belgilanadi. Darslar orasida tanaffuslarning davom etishi o’quvchilarning faol dam olishlari va issiq ovqat tanovul qilishlarini hisobga olgan holda belgilanadi.

3.17. Birinchi sinf o’quvchilariga uy vazifasi berish majburiy emas. II-IX sinf o’quvchilariga pedagogik talablar va har bir bolaning shaxsiy xususiyalarini hisobga olgan holda uy vazifalari beriladi.

3.18. Maktab o’quvchilarining bilimlari Xalq ta’limi vazirligi tomonidan tasdiqlangan baholash tizimi asosida amalga oshiriladi.

3.19. Maktablar uchun iqtidorli bolalarni izlash, tanlab olish, ixtisoslashtirilgan sinflar tashkil etish, iqtidorli o’quvchilardan tashkil qilingan ixtisoslashtirilgan sinf o’quvchilari maxsus, shu jumladan mualliflik (variativ) o’quv dasturlari va yakka tartibdagi dasturlar asosida ta’lim olishlari mumkin.

3.20. Maktablardagi sinfdan tashqari mashg’ulotlar va to’garak ishlari o’quvchilar va ota-onalar hohish istaklarini, o’quvchilarni qiziqishi va qobiliyatini hisobga olgan holda o’tkaziladi.


Yüklə 365 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin