Бойсун туман ҳокимлиги томонидан


V. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI



Yüklə 365 Kb.
səhifə7/16
tarix02.02.2022
ölçüsü365 Kb.
#51976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Устав ва Пед кенгаш36

V. MAKTAB PEDAGOGIK XODIMLARI

5.1. Maktab ishiga tegishli ma’lumotga, kasb tayyorgarligiga ega bo’lgan kadrlar, maktab ehtiyojiga ko’ra, direktorning buyrug’i asosida, shartnomaga binoan qabul qilinadi;



    1. Pedagogik xodimlarning huquqlari, burchlari va vazifalari, ularni ijtimoiy himoya qilish O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” Qonuni va Mehnat kodeksi bilan belgilanadi.

    2. Maktab pedagogik xodimlari:

  • pedagog-o’qituvchi o’zi dars beradigan fanini yaxshi bilishi;

  • maktabda, jamoat orasida o’z bilimi, yurish-turishi, yuksak manaviy-axloqiy fazilatlari, ichki va tashqi madaniyatliligi, namunaviy turmush tarzi, kiyinish odobi bilan boshqalarga o’rnak bo’lishlari;

  • ijtimoiy hayot uchun maqbul bo’lmagan hatti-harakatlar qilishdan saqlanishlari, o’quvchilarining ham xatti-harakatlaridan xabardor bo’lishlari;

  • maktab obro’si, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshirish yo’lida faollik ko’rsatishlari;

  • kasb mahoratining yuksak darajada bo’lishi, ta’lim oluvchilarning o’quv dasturlarini davlat ta’lim standartlari darajasida o’zlashtirishlarini ta’minlashlari;

  • o’quvchilar shaxsini hurmat qilishlari, ularni mavjud qonunlarga, mehnatga, ota-onalarga, ma’naviy, tarixiy, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashlari;

  • o’sib-ulg’ayib kelayotgan yosh avlodni bir-birini tushunish, Xalqlar, millatlar va el-elatlar o’rtasidagi tinchlik, ahillik va inoqlik ruhida tarbiyalashlari va ularni zo’ravonlikning barcha ko’rinishlaridan himoya qilishlari;

  • o’zlarining kasbiy mahoratlarini doimo takomillashtirib borishlari talab etiladi.

    1. Pedagog-o’qituvchilar maktab ustavi, ichki tartib qoidalarida belgilangan kiyinish madaniyati talablariga amal qilishlari lozim.

    2. Maktab ta’lim-tarbiya ishlarida yuqori natijalarga erishgan o’qituvchilar amaldagi qonun va qoidalarga binoan moddiy va ma’naviy jihatdan rag’batlantirilib boriladi.

    3. Maktabda har bir fan yo’nalishida metod birlashmalar tuzilib, ular reja asosida faoliyat ko’rsatadi va ta’lim-tarbiyaning sifati va samaradorligini oshirishga xizmat qiladi.


    4. Yüklə 365 Kb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin