VII. OTA-ONALAR YoKI ULARNING O’RNINI BOSUVChI ShAXSLARNING HUQUQLARI,
MAJBURIYaT VA MAS’ULIYaTLARI
7.1. Ota-onalar va ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
o’zlarining balog’atga etmagan bolalari uchun ta’lim shakllarini umumiy ta’lim muassasasi turi va o’qish turini tanlash;
ta’lim muassasasi ma’muriyatidan maktab Ustavi asosida shart-sharoitlar yaratilishini, bolaga hurmat bilan munosabatda bo’lishini talab qilish;
ta’lim muassasasi faoliyatini boshqarishda ishtirok etish huquqiga egadirlar.
7.2. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar:
bolalarning jismoniy va ruhiy jihatdan sog’lom bo’lishi to’g’risida g’amxo’rlik qilishlari;
b olaning qadr-qimmatini hurmat qilishlari, bolada mehnat-sevarlik, yaxshilik, muruvvat tuyg’ularini, davlat tili va ona tiliga, madaniy qadriyatlarga nisbatan hurmat fazilatlarini tarbiyalashlari ;
bolalarini maktabda o’qitish uchun yoki belgilangan talablar xohishida (shartnoma asosida) pullik ta’lim olishlari uchun zarur shart-sharoitlarini yaratishlari shart.
7.3. Ota-onalar yoki ularni o’rnini bosuvchi shaxslar maktabda o’quvchilarni manfaatlariga taalluqli masalalar muhokama qilinayotganda, ushbu muhokamada qatnashish huquqiga egadirlar.
7.4. Ota-onalar yoki ularning o’rnini bosuvchi shaxslar farzandlarning maktabda DTS talablari doirasida ta’lim-tarbiya olishlari uchun amaldagi qonunlarga binoan maktab bilan barobar mas’uldirlar.
Dostları ilə paylaş: |