Бойсун туман ҳокимлиги томонидан


Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari



Yüklə 365 Kb.
səhifə13/16
tarix02.02.2022
ölçüsü365 Kb.
#51976
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Устав ва Пед кенгаш36

6.8. Direktorning moliyaviy hamda moddiy masalalar bo’yicha vazifalari va majburiyatlari

Yuridik shaxs maqomiga ega Xalq ta’limi muassasasi, shu jumladan maktab Direktori fondining byudjet mablag’larining bosh boshqaruvchisi mazkur muassasa rahbari hisoblanadi.

Tuman Xalq ta’lim muassasalari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish bo’limi hamda tegishli moliya tashkilotlarining Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish bo’limlari bilan birgalikda quyidagi vazifalarni amalga oshiradi:

pedagog xodimlar tarifikastiyasini hisobga olgan holda maktab shtat jadvali va harajatlar smetasini tuzish va ularni moliya organlarida ro’yxatga olish;

belgilangan tartibda ro’yxatga olingan xarajatlar smetasini, tovarlar va xizmatlar etkazib berish bo’yicha shartnomalarni faqat O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi G’aznachiligining hududiy organlari orqali tuzishni hisobga olgan holda bajarish;

belgilangan standartlarga muvofiq umumta’lim maktabi buxgalterlik hisob – kitobi va hisobotini olib borishini ta’minlash;

to’lovlar, oylik maoshni belgilash va to’lash, nafaqa hamda unga tenglashtirilgan boshqa to’lovlarni o’z vaktida amalga oshirish, shuningdek maktabda moddiy boyliklarning hisob-kitobini olib borishini tashkil etish va amalga oshirish;

amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq tasdiqlangan shtatlar, smeta va moliya intizomiga qat’iy rioya qilishni ta’minlash.

Byudjetdan ajratilgan byudjet va byudjetdan tashqari topilgan mablag’lar xarajatlar smetasining tuzilishini tahlil qilish va tasdiqlash hamda ulardan samarali tejamkorlik bilan foydalanishni xodimlarga ish haqi “Direktor jamg’armasi”dan o’qituvchilarga ustamalarni xolisona tayinlanishi, mukofot va moddiy yordam pullarini asoslangan holda to’lanishi, noqonuniy xarajatlarga yo’l qo’ymaslik choralarini ko’rishi lozim.

Ta’lim muassasasining tovar moddiy-boyliklarining saqlanishini ta’minlash, rivojlantirish, ta’lim muassasasida Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 3 sentyabrdagi 414-sonli qaroriga asosan servis xizmati ko’rsatish faoliyatini tashkil etish, yuridik, jismoniy shaxslarning va chet el sarmoyadorlarining ixtiyoriy badallarini ta’lim muassasasining moddiy texnik bazasini rivojlantirishga yo’naltirish va undan belgilangan tartibda foydalanishni tashkil etadi.

Markazlashtirilgan tartibda ta’lim muassasasiga beriladigan (jihozlar, maktablarga beriladigan maktab hujjatlari, kam ta’minlangan oila farzandlariga beriladigan qishki kiyim-bosh, Prezident sovg’asi, ko’mir, va boshqa) moddiy boyliklar uchun ishonchnomalar beradi, qabul qiladi, har bir o’quvchiga etkazilishini ta’minlaydi hamda belgilangan tartibda rasmiylashtiradi.

Ta’lim muassasasi binolarining texnik holatini, ya’ni saqlanishini, barcha moddiy boyliklar (inventarlar, turli o’quv ko’rgazmali jihozlar)ning saqlanishini nazorat qiladi.

har o’quv yili boshlangunga qadar barcha jihozlarni ta’mirlash, har bir sinf xonasini, fan kabinetlarini, laboratoriyalarni ta’mirlash, jihozlash, yangi o’quv yiliga taxt qilib, ro’yxat bo’yicha jihozlash, mebellarni sinf rahbarlariga, kabinet mudirlariga, laboratoriya mudirlariga belgilangan tartibda (topshirish-qabul qilib olish dalolatnomalari tuzilgan holda) topshirish va o’quv yili yakunlanganda ularni butun holatda qabul qilib olishni;

kommunal xizmat ko’rsatadigan har bir tashkilot bilan ajratilgan limitlar asosida, belgilangan tartibda shartnomalar tuzish hamda hududiy g’aznachilik bo’limlaridan ro’yxatdan o’tkazish uchun muassasa hisobchisiga taqdim etilishini ta’minlaydi.

Kommunal to’lovlar (gaz, elektr energiya, suv va issiklik energiyasi) bo’yicha hisoblagichlarni kundalik ko’rsatkichlarini olib, tahlil qilgan holda, byudjetdan ajratilgan mablag’lardan tejamkorlik bilan foydalanishni;

telefon tarmoqlaridan foydalanishda, aloqaning uzluksizligini, sifatini nazorat qilish hamda aloqa buzilgan hollarda hududiy telefon tarmoqlari bo’linmalariga xabar berib, aloqani tiklash choralarini ko’rishni;

ta’lim muassasasining sanitariya holatini talab darajasida bo’lishida farroshlar, binoni qo’riqlashda qorovullar, atrof-muxitni obodonlashtirishda bog’bonlar ishining to’g’ri tashkil qilinishini;

muassasada xodimlar o’rtasida shanbaliklarni, ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish ishlarini tashkil etishni;

qish mavsumida issiqlik tizimidan foydalanishda xizmat ko’rsatuvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga asosan issiqlik bosimining etarli darajada bo’lishini, uning davomiyligini, issiqlik etarli darajada bo’lmagan kunlarda xizmat ko’rsatuvchi tashkilotga ma’lum qilish hamda ushbu kunlarni ro’yxatga olib, muassasa hisobchisiga issiqlik uchun to’lab beriladigan mablag’larni qayta hisob-kitob qilishi haqida ogohlantirishini;

kuz-qish mavsumiga muassasa binosi tomlarini, oyna va romlarini, issitish tizimini, kanalizastiya quvurlarini ta’mirlab, tayyor holga keltirilishini ta’minlaydi.




Yüklə 365 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin