O’qituvchilar:
mashg’ulot o’tkazishga tayyorgarlik ko’radi, o’z kasbiy malakasini muntazam ravishda oshiradi, maktabda tashkil qilingan uslubiy birlashmalarning faoliyatida va boshqa shakldagi uslubiy ishlarda ishtirok etadi;
maktab Pedagogik kengash ishida va maktab ma’muriyati tomonidan o’tkazilayotgan majlislarda ishtirok etadi;
maktab Direktori va boshlang’ich kasaba uyushmasi tomonidan tasdiqlangan navbatchilik jadvaliga binoan maktab bo’yicha navbatchilik qiladi;
o’quvchilarning ota-onalari (ularning o’rnini bosuvchi shaxslar) bilan doimiy aloqada bo’ladi;
Maktab o’qituvchilari har 3 yilda yoki malaka oshirishga ehtiyoj tug’ilganda malaka oshirish institutlarida o’z kasbiy mahoratlarini va malakalarini takomillashtiradilar, yosh mutaxassislar esa o’quv yurtini bitirganlaridan keyin uch yildan so’ng malaka oshirishdan o’tadilar.
Pedagog xodimlarning malaka toifalari malaka komissiyasi tomonidan tuzilgan va attestastiya to’g’risidagi tegishli Nizomga binoan o’tkazilgan attestastiya natijalariga ko’ra belgilanadi.
Maktab pedagog xodimlari: (1) maktab Pedagogik kengashida, maktabning boshqa ichki birlashmalarda, (2) ishchilar jamoasining umumiy yig’ilishlarida qatnashish yo’li bilan maktabni boshqarishda ishtirok etadilar.
Maktab pedagog xodimlari o’z vakolatlari doirasida quyidagi vazifalarni amalga oshiradilar: (1) o’quvchilarga o’qitilayotgan fanning o’ziga xos xususiyatlarini va o’quvchilarning yoshini hisobga olgan holda ta’lim va tarbiya berish, (2) ularda umumiy madaniyatni shakllantirishga, o’quvchilar ixtisoslashtirilgan yo’nalishlarni ongli ravishda tanlashiga va o’zlashtirishiga ko’maklashish, (3) o’quv jarayonida xavfsizlik texnikasi me’yorlari va qoidalariga rioya qilinishi tartibini ta’minlash.
Dostları ilə paylaş: |