VIII. MAKTABNING MODDIY VA MOLIYaVIY XO’JALIK TA’MINOTI
8.1. Maktabning moliyaviy ta’minoti O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2007 yil 26 fevraldagi PF-3857-sonli “Xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish mexanizmini takomillashtirish to’g’risida”gi Farmoni, 2007 yil 29 martdagi PQ-609-sonli “Umumta’lim maktablarining namunaviy shtatlarini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida”gi Qarori hamda Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli “Xalq ta’limi muassasalarining moliyaviy - iqtisodiy ta’minotini takomillashtirish chora-tadbirlarini amalga oshirish to’g’risida”gi qarori va ular asosidagi Xalq ta’limi vazirligining buyruq va qarorlari asosida tashkil etiladi.
Maktabni moliyaviy ta’minlash belgilangan tartibda byudjetdan ajratilgan mablag’lar, O’zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari va mazkur Ustav asosida tuzilgan shartnomalarning bajarilishidan, shuningdek byudjetdan tashqari mablag’lar hisobidan amalga oshiriladi.
8.2. Maktabni samarali faoliyat ko’rsatishi uchun zarur sarf-xarajatlar davlat tomonidan belgilangan xuquqiy me’yoriy hujjatlar asosida tartibga solinadi va mahalliy byudjet hisobidan amalga oshiriladi.
8.3. Malaka toifalari “Attestastiya haqidagi Nizom” ga muvofiq maktab xodimlarini attestastiyadan o’tkazish jarayonida beriladi.
8.4. Pedagog kadrlarga kasb mahorati va maktabdan tashqari faoliyatlari uchun ustamalar, moddiy rag’batlantirish va mukofotlash Vazirlar Mahkamasining 2005 yil dekabrdagi 275-sonli qarori asosida amalga oshiriladi.
8.5. Kuni uzaytirilgan guruh tarbiyachilariga tanlov bo’yicha yoki fakultativ mashg’ulotlar uchun o’quvchilar sonidan qat’iy nazar faqat alohida sinf yoki guruh o’quvchilari uchun o’tilgan soatlar miqdoriga qarab ish haqi to’lash amalga oshiriladi.
8.6. Maktabda amaldagi qonunchilik hujjatlariga muvofiq pullik xizmatlar ko’rsatishga ruxsat etiladi:
8.7. Maktabni moddiy -texnika negizi tarkibiga er, binolar, sport inshootlari, kommunikastiyalar, texnik vositalar, asbob-uskunalar, mebellar, o’quvchilarni o’qitish va tarbiyalash uchun foydalanadigan boshqa mulklar kiradi.
8.8. Maktab binosi texnika xavfsizligi va sanitariya – gigiena me’yorlariga muvofiq jihozlanadi va foydalaniladi. Maktabni moddiy texnika negizini mustahkamlash va rivojlantirish mahalliy byudjet hisobidan, shuningdek, moliyaviy ta’minlashning qo’shimcha mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
8.9. Maktabning buxgalteriya hisobi boshqa hisob-kitob ishlari maktab direktori, moddiy javobgar shaxs va buxgalterlar tomonidan amalga oshiriladi ya’ni Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 30 martdagi 63-sonli qarori asosida olib boriladi.
IX. MAKTABNI XALQARO HAMKORLIK FAOLIYaTI
9.1. Amaldagi qonunchilikka asosan umumta’lim maktabi halqaro faoliyatini amalga oshirish huquqiga ega.
9.2. Maktab xorijiy mamlakat o’quv muassasalari bilan o’qish, dam olish, olimpiadalarida, ko’rik-tanlovlari o’tkazish yuzasidan tarjiba almashish imkoniyatlari doirasida hamkorlik aloqalar o’rnatish mumkin.
54-umumiy o’rta ta’lim
maktab direktori: X.Nazarov
Бойсун туман Халқ таълими муассасалари фаолиятини методик таъминлаш ва ташкил этиш бўлими
Dostları ilə paylaş: |