Болалар боғчасида миқдор ва сон тасаввурларини таркиб топтириш



Yüklə 1,35 Mb.
səhifə53/73
tarix05.06.2023
ölçüsü1,35 Mb.
#124897
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73
dd89206580514d6fe27fa9ea2b98f50f MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA METODIKASI

Individuallashuv - o‘ta muhim masala, chunki yondashuv qay darajada individual bo‘lsa, har bir bola shu darajada mo‘ljaldagi ta’lim natijalariga erishishining ehtimoli ortadi va shu tufayli dasturning amalga oshirilishi oson kechadi, muayyan fan bilan bog‘liq muammolar kamayadi, o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar oshadi.
Individuallashtirish ta’lim jarayonini bolaning yosh xususiyatlari, qobiliyati va talab - ehtiyojlari bilan moslashtirish imkoniyatini beradi. Bu jarayonda bolalarning bilim doirasi kengayib, o‘ziga nisbatan hurmati oshadi. Ularda yanada murakkabroq masalalarni hal etishga tayyorgarlik hissi paydo bo‘ladi.
Pedagog o‘zgaruvchan vazifalar va faoliyatning qiziqarli turlarini rejalashtirishi, bolalarni diqqat bilan kuzatishi, zarur hollarda, material va vazifalarni almashtirishi va moslashtirishi lozim. Bolalarni kuzatish va ota-onalar bilan suhbat natijasida pedagoglar har bir bolaning kuchli va zaif jihatlari hamda qiziqishlarini o‘rganadi. Pedagogik strategiya - bu bolalarning qo‘yilgan maqsadlarga erishishiga yordam beradigan pedagog qo‘llaydigan muayyan uslublar yig‘indisi. Uning asosini bolaning qiziqishlari, uning kuchli va zaif jihatlari, ta’lim uslubi, yosh xususiyatlari va shaxsiy sifatlarni e’tiborga olish tashkil etadi.

  1. Rivojlantiruvchi o„qitish muhiti

Bu faollikning har xil turlari bilan to‘ldirilgan ta’lim jarayonini amalga oshirish bo‘lib, u funksionallik, bolalar uchun qo‘llanmalar va materiallarning ommabopligi, ko‘p bo‘g‘inlilik (turlicha rivojlanish darajasiga ega bolalarning o‘z-o‘zini yuzaga chiqarishlarini ta’minlaydi) va ko‘p funksionallilik (bolalarning har xil faoliyat turlariga jalb etilishini ta’minlaydi) bilan ajralib turadigan rivojlantiruvchi muhitning ratsional tashkil etilishini talab qiladi. Bu ayniqsa, katta maktabgacha yoshdagi bolalarning mazmunli mustaqil faoliyati uchun o‘ta muhimdir.
Guruh xonasida bolalarning o‘z qiziqishlari bo‘yicha erkin mustaqil faoliyat uchun maydoncha ajratiladi. Bu syujetli o‘yin, tajriba va sinovlarni o‘tkazish, stol ustidagi va didaktik o‘yinlar,
konstruksiyalarni yasash, qo‘l mehnati va badiiy faoliyat uchun ajratilgan past stellajlar, shkafchalar, shuningdek, kitoblar va albomlarni bemalol tomosha qilish, o‘qish mumkin bo‘ladigan kitoblar burchagi bodishi mumkin.
Guruh xonasining jihozlanishi o‘z ichiga bolalarning ko‘z bilan yaxshi ko‘ra oladigan, yaqin kelib, ko‘rib chiqish mumkin bo‘ladigan balandlikda osilgan yarim sharlar xaritasini, O‘zbekiston xaritasini, globuslarni, harakatlanadigan ikki tomonlama yozuv taxtasini olishi lozim bo‘lib, ulardan rasm chizish, yozish uchun mashg‘ulotlarda hamda sxemalarni, illyustrativ materiallarni va shu kabilarni namoyish qilish uchun stend sifatida foydalanish mumkin. Yozuv taxtasidan barcha bolalar har doim foydalana oladigan bo‘lishi kerak.
Guruhlar xonalaridagi stenlarda va foyeda bolalarning ishlari ekspozitsiyalarini, shuningdek, ular mashg‘ulotlarda katta yoshlilar bilan birgalikda tayyorlagan jadvallar, pannolar va shu kabilarni joylashtirish imkoniyatini ko‘zda tutmoq kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotchi hududidagi guruhlardagi holat shunday yaratiladiki, bunga ko‘ra u bolaning tanlovni mustaqil amalga oshirishi imkonini berishi lozim. Har bir guruhning xonasi bi nechta markazlarga ajratilishi mumkin bo‘lib, ularning har birida o‘rganish va o‘ynash, tajriba va sinov o‘tkazish, boshqa bolalar va kattalar bilan o‘zaro harakat qilish uchun etarlicha miqdordagi materiallar mavjud bo‘ladi. Har xil guruhlarda markazlardagi to‘plamlar bolalarning yoshi, qiziqishlari, ehtiyojlariga bog‘liq holda turlicha bo‘lishi, vaqt o‘tishi bilan ular almashtirilishi, bir markaz boshqasiga transformatsiyalanishi mumkindir. Masalan, syujetli-rolli markazi bir vaqtning o‘zida tasviriy faoliyat markazi bo‘lishi, boshqa vaqtda esa kitoblarni tomosha qilish va o‘qish markazi bo‘lishi mumkin. Lekin kitoblarni toza havoda ham o‘qish mumkin, shuning uchun maktabgacha ta’lim markazi hududini ham rivojlantiruvchi muhitning muhim tarkibiy qismi sifatida olib qarash kerak bo‘ladi. Maktabga tayyorlash bo‘yicha guruhlarda 5 tadan kam bo‘lmagan turli xil faoliyat markazlarini ko‘zda tutish tavsiya qilinadi9.
Mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarini ham yoddan chiqarmaslik lozim, shuning uchun pedagog bolalar bilan muzey, park, fermaga, tomorqaga sayohatlarni tashkil etishi, mehmonga chaqirishni rejalashtirishi lozim bo‘ladi.
Dastur rivojlantiruvchi muhit deganda nafaqat maktabgacha ta’lim tashkiloti xonalarini, balki unga yondosh hududlarning, shuningdek, mahalliy xudud (mahalla)ning resurslarining ham tushunilishini taklif qiladi.

  1. Maktabgacha ta’lim tashkilotida o„yin faoliyatning etakchi turi
    sifatida


Tadqiqotlar natijalariga ko‘ra (K. Groos, V Shtern, F. Bontendayk, J. Piaje, E.Erikson, L. Vugotskiy, D.B. Elkonin i dr.), o‘yin kichik bolalar hayotining muhim qismi bo‘lib, o‘yin bilan rivojlanish uzviy bog‘liq jarayonlardir. Ekspertlarning fikricha, «O‘yin bolalarga bilim doirasi va harakat ko‘nikmalarini rivojlantirish, ularni qurshab odamlar dunyosi va undagi o‘zining o‘rnini anglash uchun zarur» (Frost i YAkob, 1995g.). O‘yin jarayonida bolalar hamkorlik qilishga o‘rganadi, qoidalar bilan tanishadi va yangilarini ishlab chiqadi, o‘ziga va boshqalarga baho berishi ko‘nikmalarini rivojlanadi, shaxsiy, jismoniy, intellektual va ijtimoiy muammolarni hal etadi.
«Ilm yo‘li»variativ dasturi kuzatish va izlanish, tajriba o‘tkazish va loyihaviy faoliyat kabi muhim turlarlarning ahamiyatini inkor etmagan holda, faoliyatning etakchi turi - o‘yinga pedagoglarning diqqat- e’tiborini jalb etadi. Aynan o‘yin jarayonida ma’lum darajada faoliyatning mazkur turlarining barchasida albatta ishtirok etadi.
4.7.Inklyuziv ta’lim tamoyillari

Yüklə 1,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   73




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin