50
taraqqiyotiga mos, Vatan mustaqilligini mustahkamlovchi boshqaruv
tizimi vujudga keltirildi.
1991-yil noyabrida Oliy Kengash “O„zbekiston Respublikasining
Prezidenti saylovi to„g„risida”gi Qonunni qabul qildi.
Ushbu qonun bilan
birga Oliy Kengash 1991-yilda “O„zbekiston Respublikasi referendumi
to„g„risida”gi Qonunni ham qabul qildi. 1991-yil 29-dekabrida muqobillik
asosida O„zbekiston tarixida birinchi marta respublika prezidentligiga
saylovlar o„tkazildi.
Konstitutsiyamiz asosida 1993-yil 28-dekabrda qabul qilingan
“O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to„g„risida”gi, 1994-yil
5-mayda qabul qilingan “Xalq deputatlari viloyat,
tuman va shahar
kengashlariga saylov to„g„risida”gi, “Fuqarolar saylov huquqlarining
kafolatlari to„g„risida”gi qonun va nihoyat “O„zbekiston Respublikasi
Markaziy saylov komissiyasi to„g„risida”gi qonunlari o„zbek saylov
qonunchiligi tizimining huquqiy asoslarini tashkil qiladi.
Markaziy saylov komissiyasi to„g„risidagi alohida qonun qabul
qilinganligi saylovlarni to„g„ri
tashkil qilish, saylov qonunlarining to„la
ishlashiga
imkoniyat
yaratadi
va
qonunlarni
nazorat
qilishni
kuchaytirishda hamda saylovlarni tashkil etish va uni o„tkazishda davlat
hokimiyati organlarining ortiqcha aralashuvini cheklaydi.
Saylov to„g„risidagi qonunlarni tahlil qilsak, unda jahon saylov
tajribasida erishilgan eng demokratik tartiblarning huquqiy jihatdan
mustahkamlanishi
bilan birga, O„zbekiston saylov tizimiga xos bo„lgan
xususiyatlarning ham belgilanganligini ko„ramiz. Bu O„zbekiston saylov
tizimigagina xos xususiyatdir.
Saylov tizimini isloh qilish O„zbekiston Respublikasi Birinchi
Prezidenti I.A.Karimovning “O„zbekiston-kelajagi buyuk davlat” degan
siyosiy dasturida asoslanib, belgilangan maqsad
tomon harakatning yana
bir muhim bosqichi, deb tushunmoq kerak.
Bizning saylov qonunchiligimiz ko„pgina xalqaro tashkilotlar, xorijiy
davlatlar tomonidan o„rganilmoqda.
O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati
Konstitutsiyaning V bo„lim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentyabrda qabul
qilingan “O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to„g„risida”gi Qonunda
belgilangan. Bu qonunga ko„ra, Oliy Majlis
Oliy davlat vakillik organi
bo„lib, qonun chiqaruvchi hokimiyatni amalga oshiradi.
51
Sobiq Ittifoqdan qolgan qonunlarni o„zgartirish, mamlakat hayoti
uchun zarur o„zgartirishlarni amalga oshirish, demokratik tamoyillar
asosida Oliy Majlisni shakllantirish uchun 1994 yil 25-dekabrga saylovlar
belgilandi.
1993-yilni 28-dekabrida qabul qilingan
Dostları ilə paylaş: