407
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
Hozirgi kunga qadar raqamli iqtisodiyot va raqamlashtirishga tegishli o‘tkazilgan tadqiqotlarda aynan raqa-
mli texnologiyalarni korxona va tashkilotlar faoliyatiga joriy etish samaradorligini baholashning nazariy asoslari
yetarlicha ishlab chiqilmaganligi hamda bu boradagi adabiyotlar soni kamligi sababli quyida sohalar (neft sa-
noati, innovatsion faoliyat, moliyaviy xizmat, qishloq xo‘jaligi, davlat boshqaruvi) faoliyatiga
raqamli texnologi-
yalarning ijobiy ta’sirlari aniqlangan tadqiqotlarda nazarda tutilgan samaradorlikni baholash usullaridan foyda-
lanib kelinmoqda.
Mazkur tadqiqotdan ko‘zlangan maqsad tijorat banklari faoliyatida raqamli texnologiyalaridan foydalanish
samaradorligini baholashning zamonaviy mexanizmlarini ishlab chiqishdir.
M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Rossiyalik iqtisodchilar Ye. V. Klokov va A. Denisovlarning (2006) axborot-kommunikatsiya texnologiyalar-
iga bergan ta’riflariga ko‘ra, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari – bu axborotni yaratish, uzatish va tarqa-
tish, xizmatlar ko‘rsatish (kompyuter uskunalari, dasturiy ta’minot, telefon liniyalari, uyali aloqa, elektron pochta,
uyali va sun’iy yo‘ldosh texnologiyalari, simsiz va kabel aloqa tarmoqlari, multimedia, shuningdek internet)
uchun qo‘llaniladigan raqamli texnologiyalarning keng doirasidir [2].
Rossiyalik iqtisodchi olim A. G. Gululyan (2017) tomonidan neft sanoatida raqamli texnologiyalardan foy-
dalanish samaradorligini baholash bo‘yicha modellarni to‘rt guruhga bo‘lishni taklif etgan, ular [3]:
■
Investitsiyaga yo‘naltirilgan modellar (Investment Oriented Models);
■
Xarajatga yo‘naltirilgan modellar (Cost-Oriented Models);
■
Atrof-muhit omillarini aks ettiruvchi modellar (Environmental/ Contextual Oriented Models);
■
Miqdorni aniqlash modellari.
Italiyalik iqtisodchilar A.Urbinati, D.Kyaroni, V.Keza, F.Frattinilar (2017) fikriga ko‘ra, raqamli texnologi-
yalardan foydalanish adabiyotda keng muhokama qilinadigan mavzu bo‘lib ko‘rinsa-da,
bugungi kunda kom-
paniyalar va ularning innovatsion faoliyatini tavsiflovchi muhim o‘zgarishlar tufayli menejment va innovatsiyalar
sohalarida ko‘proq ahamiyat kasb etmoqda [4].
TA D Q I Q O T M E T O D O L O G I YA S I
Tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholashga doir xorijiy tadqiqotlar
va uslubiyotlar o‘rganildi [5, 6]. Ishlab chiqilgan uslubiyotlar taqqoslandi hamda tahlil qilindi va natijada tijorat
banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholash mexanizmi ishlab chiqildi (1-rasm).
Tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini
baholashning metodikalari va elementlarini ishlab chiqish
4. Baholashning
maqsad va
vazifalarini
belgilash
5. Baholash
algoritmini
tuzish
6. Kiruvchi
ma’lumotlar va
omillarni aniqlash
7. Mezonlar va
ko‘rsatkichlarni
aniqlash
8. Baholash
metod va
modellarini
aniqlash va/yoki
ishlab chiqish
1. Raqamli texnologiyalar
samaradorligini
baholash
2. Raqamli texnologiyalar
rivojlanishini baholash
3. Tijorat banki taklif etgan
raqamli texnologiyalardan
foydalanish
11. Baholash natijalarini
umumlashtirish
9. Algoritm chizmasini
yaratish
10. Raqamli texnologiyalarni
joriy etish
samaradorligini baholash
13. Raqamli texnologiyalar rivojlanishining
prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish
12. Tijorat bankida raqamli texnologiya takliflarini
samarali rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish
1-rasm:
Tijorat banklarida raqamli texnologiyalarni joriy etish samaradorligini baholash mexanizmi
1
1
Tadqiqot muallifi tomonidan ishlab chiqilgan.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
408
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Mazkur maqolada mexanizmning raqamli texnologiyalar samaradorligini baholash metodikasi yoritildi.
Dostları ilə paylaş: