T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
412
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
Bir guruh iqtisodchi olimlarning fikriga ko‘ra, korxonaning likvidliligini oshirish usullariga quyidagilar kiradi:
– ishlab chiqarishni aylanma mablag‘larni qayta taqsimlash, zaxiralarni kamaytirish, likvidli aktivlarni
ko‘paytirish hisobidan optimallashtirish uchun resurslarni boshqarishning samarali tizimini yaratish;
– moliyaviy majburiyatlarni kamaytirish va ularni ta’minlash uchun zarur bo‘lgan pullik likvidli aktivlarni
ko‘paytirish imkonini beradigan moliyaviy barqarorlashtirish mexanizmini qo‘llash;
– debitor qarzdorlikni qayta moliyalash va buning hisobidan faktoring, forfeytingni qo‘llash asosida pul
mablag‘larini ko‘paytirish, debitor qarzdorlikni aylanish tezligini oshirish;
– foydani, rentabellikni, tushumni ko‘paytirish uchun aylanma aktivlardan intensiv foydalanish;
– debitor qarzdorlikni so‘ndirish va aylanmadan tashqari aktivlarning o‘sishini cheklash [4].
V.Kovalyovning fikriga ko‘ra, kompaniyaning likvidlilik ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun variantlarni tan-
lashda, avvalo, ularning samaradorligini miqdoriy baholash kerak, ya’ni ularni amalga oshirish bilan bog‘liq
bo‘lgan xarajatlarni foydaning prognoz hajmi bilan taqqoslash kerak [5].
Ye.Zubovaning xulosasiga ko‘ra, korxonaning likvidliligi va to‘lovga qobilligini yaxshillashga qaratilgan
standart choralar mavjud. Ularning mohiyati foydaning o‘sishini ta’minlashda, moddiy aktivlar qiymati va debitor
qarzdorlikning hajmini kamayishida, kapitalning optimal tarkibini tanlashda namoyon bo‘ladi [6].
V.Borodinning xulosasiga ko‘ra, faktoring korxonalarning likvidliligini ta’minlashda muhim o‘rin tutadi,
chunki, debitor qarzdorlikni yon berish uchun debitor qarzdorlik mavjud bo‘lishi kerak. Yoki hech bo‘lmasa, kel-
gusida yuzaga kelishi aniq bo‘lgan debitor qarzdorlik to‘g‘risida ishonchli ma’lumot bo‘lishi lozim [7].
Sh.Abdullayevaning xulosasiga ko‘ra, “xaridordan qarzni undirish va kredit riskining oldini olish bilan birga,
faktoring kompaniyasi sanoat firmasi eksport operatsiyalari bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarni tijorat banki va
sug‘urta kompaniyasi qaysi funksiyalarini ham bir paytda bajaradi” [8].
T.Bobakulovning xulosasiga ko‘ra, “monetizatsiya koeffitsiyentining past ekanligi iqtisodiyotda o‘zaro
to‘lovsizlik muammosini chuqurlashtiradi, xujalik yurituvchi subyektlarning pul oqimini zaiflashtiradi, to‘lov qo-
biliyatini rag‘batlantirishga to‘sqinlik qiladi va pulning aylanish tezligi nisbatan salbiy ta’sirni yuzaga keltiradi” [9].
Tadqiqot metodologiyasi
Tadqiqot metodologiyasi mahalliy va xorijiy mualliflarning xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini
ta’minlash ular faoliyatini moliyalashtirishga oid tadqiqotlari, O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari va bosh-
qa normativ-huquqiy hujjatlarni, shuningdek, ushbu masalalar bo‘yicha ilmiy-amaliy anjumanlarni o‘z ichiga
oladi. Tadqiqot ilmiy usul yordamida o‘tkazildi. Quyidagi matematik amallarga oid masalalarni yechish uchun
mantiqiy, qiyosiy va statistik tahlil usullaridan foydalanilgan.
Tahlil va natijalar
Respublikamiz amaliyotida yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lgan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidlili-
giga baho berishda asosan, quyidagi uchta ko‘rsatkidan keng foydalaniladi:
*likvidlilik koeffitsiyenti;
*qoplash koeffitsiyenti;
*debitor qarzdorlikning aylanish tezligi.
Quyidagi jadval ma’lumotlari orqali “O‘zmetkombinat” AJning likvidliligiga baho beramiz. (1-jadvalga qa-
rang).
1-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning likvidlilik
koeffitsiyenti pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Buning ustiga, mazkur davrda qoplash koeffitsiyenti ham
pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan. Bu esa, uning likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat his-
oblanadi.
1-jadval
“O‘zmetkombinat” AJning likvidlilik koeffitsiyenti, qoplash koeffitsiyenti va debitor qarzdorlikning aylanish tezligi
Dostları ilə paylaş: