413
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
2-jadval
“O‘zmetkombinat” AJ joriy aktivlarining tarkibi, foizda
2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning joriy aktivla-
rining hajmida pul mablag‘larining salmog‘i kichik bo‘lgan. Buning ustiga, ushbu ko‘rsatkich 2022 yilda 2018
yilga nisbatan sezilarli darajada pasaygan. Bu esa, uning likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat
hisoblanadi.
2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinadiki, 2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning joriy aktivla-
rining hajmida eng yuqori salmoqni debitor qarzdorlik egallagan.
O‘zbekistonda xo‘jalik yurituvchi subyektlar o‘rtasida debitor qarzdorlik miqdorining katta ekanligi, fikrim-
izcha, mamlakat iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasining past ekanligi va
tijorat banklari
kreditlarining foiz stavkalarini yuqori ekanligi bilan izohlanadi.
3-jadval
O‘zbekiston iqtisodiyotini pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar
Ko‘rsatkichlar
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, O‘zbekiston iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik dara-
jasi 2022 yilda 2018 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Ammo, tahlil qilingan davr mobaynida mamlakat
iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi past darajada qolgan.
3-jadval ma’lumotlaridan ko‘rinadiki, respublikamizda inflyatsiya darajasi 2018-2021-yillarda pasayish ten-
densiyasiga ega bo‘lgan, ammo, 2022 yilda 2021 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Respublikamizda
YAIMning o‘sish sur’ati 2022 yilda 2018 yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan. Respublikamiz tijorat banklari
tomonidan milliy valyutada berilgan kreditlarning foiz stavkasi tahlil qilingan davr mobaynida yuqori bo‘lgan.
Xulosa va takliflar
Tadqiqot jarayonida quyidagi xulosalarni shakllantirdik:
*korxonaning mulkdorlari uchun likvidlilikni yetarli bo‘lmasligi foydaning kamayishini, nazoratni yo‘qotil-
ishini, kapital quyilmani qisman yoki to‘liq yo‘qotilishini anglatsa, kreditorlar uchun likvidlilikni yetarli bo‘lmasligi
qarzning asosiy summasini va foizini to‘lashni kechiktirilishini, qarzga berilgan qiymatni qisman yoki to‘liq yo‘qo-
tilishini anglatadi;
*2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning likvidlilik koeffitsiyenti pasayish tendensiyasiga ega bo‘lgan-
ligi va mazkur davrda qoplash koeffitsiyentini ham pasayish tendensiyasiga ega bo‘lganligi uning likvidliligini
ta’minlash nuqtai-nazaridan
salbiy holat hisoblanadi;
*2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning debitor qarzdorligining aylanish tezligini sekinlashganligi un-
ing likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi;
*2020-2022-yillarda “O‘zmetkombinat” AJning joriy aktivlarining hajmida pul mablag‘larining salmog‘ini
kichik bo‘lganligi va ushbu ko‘rsatkichni 2022-yilda 2018-yilga nisbatan sezilarli darajada pasayganligi uning
likvidliligini ta’minlash nuqtai-nazaridan salbiy holat hisoblanadi.
Joriy aktivlar
yillar
2018
2019
2020
2021
2022
Tovar-moddiy
zaxiralar
48,2
42,5
28,5
28,2
28,6
Debitor qarzdorlik
43,8
55,9
57,5
56,9
68,2
Pul mablag‘lari
8,0
1,6
14,0
14,9
3,2
Joriy aktivlar – jami
100,0
100,0
100,0
100,0
100,0
Ko‘rsatkichlar
yillar
2018
2019
2020
2021
2022
Iqtisodiyotni pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik dara-
% ,
jasi
20,5
17,8
18,5
19,6
21,2
% ,
Inflyatsiya darajasi
14,3
15,2
11,1
10,0
12,3
% ,
YAIMning o‘sish sur’ati
5,5
6,0
2,0
7,4
5,7
Tijorat banklarining milliy valyutadagi kreditlarining o‘rt-
% ,
acha yillik foiz stavkasi
20,5
24,2
22,3
20,8
21,9
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
414
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.
№
7-son.
*O‘zbekiston iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganlik darajasi 2022-yilda 2018-yilga nisbatan
sezilarli darajada oshga, ammo, ushbu davrda mamlakat iqtisodiyotining pul mablag‘lari bilan ta’minlanganligi
past
darajada qolgan;
* respublikamiz tijorat banklari tomonidan milliy valyutada berilgan kreditlarning foiz stavkasi 2018-2022
yillarda yuqori bo‘lgan.
Fikrimizcha, respublikamizda xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini ta’minlash maqsadida quyidagi
tadbirlarni amalga oshirish lozim:
1. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning joriy likvidliligini ta’minlash uchun, birinchidan, iqtisodiyotning pul mab-
lag‘larini bilan ta’minlanganlik darajasini oshirish va banklarning overdraft kreditlaridan foydalanish ko‘lamini
kengaytirish hisobidan debitor qarzdorlikning aylanish tezligini oshirish kerak; ikkinchidan, likvidli aktivlarning
o‘sish sur’ati bilan joriy majburiyatlarning o‘sish sur’ati o‘rtasidagi mutanosiblikni ta’minlash lozim; uchinchidan,
yuqori likvidli qisqa muddatli qimmatli qog‘ozlarga qilinadigan investitsiyalarning joriy aktivlar hajmini salm-
og‘ining barqarorligini ta’minlashga erishish zarur.
2. Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning likvidliligini baholash tartibini takomillashtirishsh maqsadida likvidlilikni
baholash maqsadida qo‘llanilayotgan ko‘rsatkichlar (joriy likvidlilik koeffitsiyenti, qoplash koeffitsiyenti, debitor
qarzdorlikni aylanish koeffitsiyenti) tarkibiga qo‘shimcha ravishda quyidagi ko‘rsatkichlarni kiritish lozim:
*tezkor
likvidlilik koeffitsiyenti;
*muddatli likvidlilik koeffitsiyenti;
*tovar zaxiralarining aylanish koeffitsiyenti;
*kreditor qarzdorlikning aylanish koeffitsiyenti.
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining ekspertlari tomonidan tavsiya etilgan metodika bo‘yicha mutlaq
likvidlilik koeffitsiyenti quyidagicha aniqlanadi:
(PM + QMMQ) : JP
(1)
Bu yerda:
PM – pul mablag‘lari
QMMQ – qisqa muddatli
moliyaviy quyilmalar
JP – joriy passivlar
Ushbu ko‘rsatkich 0,2 dan 0,5 gacha oraliqda bo‘lishi kerak.
Muddatli likvidlilik koeffitsiyenti quyidagi formula orqali aniqlanadi:
(PM +QMMQ+DQ) : JP
(2)
Bu yerda:
PM – pul mablag‘lari
QMMQ – qisqa muddatli moliyaviy quyilmalar
DQ – debitor qarzdorlik
JP – joriy passivlar
Ushbu ko‘rsatkich 0,7 dan 1,0 gacha oraliqda bo‘lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: