Bosh muharrir: Sharipov Qo‘ng‘irotboy Avezimbetovich Bosh muharrir o‘rinbosari: Karimov Norboy G‘aniyevich


G‘aniyev Shaxriddin Abduvoxidovich



Yüklə 16,35 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə74/292
tarix16.09.2023
ölçüsü16,35 Mb.
#144053
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   292
YaIT jurnali 7-son.

G‘aniyev Shaxriddin Abduvoxidovich
ISFT Instituti professori, iqtisodiyot fanlari doktori professor
Qarshiyev Daniyar Eshpulatovich
ISFT Instituti katta o‘qituvchisi, iqtisodiyot fanlari falsafa doktori 
(PhD)
Annotatsiya:
Ushbu maqolada O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish subsidiyalash mexanizmlarini takomil-
lashtirishga qaratilagn samarali tadbirlarni tashkil etishga xizmat qiluvchi Eksportni rag‘batlantirish agentligi hamda O‘zek-
simbank va O‘zagroeksportbank faoliyatini tashkil etishga qaratilgan ma’lumotlar keltirilgan.
Kalit so‘zlar:
eksport faoliyati, eksport kreditlari, eksport subsidiyalari, eksport import banklari, qishloq xo‘jaligi sohasi ek-
sporti, yengil sanoat sohasi eksporti, eksportni moliyalashtirish mexanizmlari , eksport faoliyatida xorij tajribasi.
ДАЛЬНЕЙШЕЕ НАПРАВЛЕНИЯ СОВЕРШЕНСТВОВАНИЯ МЕХАНИЗМА ЭКСПОРТНОГО КРЕДИТОВАНИЯ 
В УЗБЕКИСТАНЕ
Аннотация:
В данной статье представлена информация, направленная на совершенствование механизмов суб-
сидирования финансирования экспортной деятельности в Узбекистане, а также организации деятельности Агент-
ства по продвижению экспорта и Узэксимбанка и Узагроэкспортбанка, которые служат для организации эффек-
тивной деятельности.
Ключевые слова:
экспортная деятельность, экспортные кредиты, экспортные субсидии, экспортно-импортные 
банки, экспорт сельскохозяйственного сектора, экспорт легкой промышленности, механизмы финансирования 
экспорта, зарубежный опыт экспортной деятельности.
FURTHER DIRECTIONS FOR IMPROVING THE MECHANISM OF EXPORT CREDIT IN UZBEKISTAN
Abstract:
This article provides information aimed at improving the mechanisms for subsidizing the financing of export 
activities in Uzbekistan, as well as organizing the activities of the Export Promotion Agency and Uzeximbank and Uzagro-
exportbank, which serve to organize effective activities.
Key words:
export activity, export credits, export subsidies, export-import banks, agricultural sector exports, light industry 
exports, export financing mechanisms, foreign experience in export activities.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
98
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
K I R I S H
Mamlakat eksport hajmini oshishi yalpi ichki mahsulot hajmining oshishiga bu esa o‘z navbatida mak-
roiqtisodiy o‘sishga sabab bo‘ladi. Eksport faoliyatini turli xil yo‘llar bilan davlat tomonidan qo‘llab quvvatlash 
mexanizmlari mavjud bo‘lib, rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga ko‘ra eksportni moliyalashtirish instru-
mentlari faoliyatini kengaytirish, ularni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlarini amalga oshirish 
orqali erishish mumkin. Iqtisodiy tarqaqqiyotga erisha boshlagan Xitoy va Hindiston kabi davlatlarda eksportni 
moliyalashtirish, sug‘urtalash va subsidiyalashni takomillashtirish orqali mamlakat eksport hajmini oshirishga 
erishilgan. Eksportni moliyalashtirish asosan Eksimbanklar tomonidan amalga oshirilib rivojlanayotgan dav-
latlarning ko‘pchiligida Eksimbank institutlari joriy etilgan. 
O‘zbekistonda eksport faoliyatini moliyalashtirish aynan eksport qiluvchilarni kreditlash jarayonida bir mun-
cha salbiy vaziyat mavjud bo‘lib, bugungi kunda tijorat banklarida savdo kreditlari bo‘yicha foiz stavkalari va 
garov ta’minoti miqdorining yuqoriligi hamda kredit shartlarining murakkablikligi sababli ko‘plab eksport qiluvchi 
korxona va tashkilotlar uchun eksport faoliyatlarini moliyalashtirishda qiyinchiliklar saqlanib qolmoqda
1

M A V Z U G A O I D A D A B I Y O T L A R TA H L I L I
Eksportni moliyalashtirish va unga moliyaviy xizmatlarni ko‘rsatishni takomillashtirish bo‘yicha MDH va 
xorijiy mamlakatlarda ko‘plab tadqiqot ishlari olib borilgan. Maqolani yozish avomida MDH mamlakatlari olim 
va mutaxassislaridan A. I. Priщepa, A. O. Petrov, N. N. Shekolinskiy, N. Petrakov
2
, shuningdek xorijiy olim va 
mutaxassislardan Patrik Messerlin, Xideki Funatsu va A. Karterning
3
bu boradagi ilmiy ishlarini tahlil qildik. 
TA H L I L VA N A T I J A L A R
Eksport kreditlarini ajratishning yangi mexanizmini shakllantirish va eksportchilarni moliyaviy qo‘llab-quv-
vatlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Eksportga ko‘maklashish va uni rag‘batlantirishni 
kuchaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2018-yil 20-dekabrdagi PQ–4069-son va “O‘zbekiston Respublikasi In-
vestitsiyalar va tashqi savdo vazirligining faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 28-yanvardagi PQ–4135-
son qarorlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.05.2019-yildagi 373-son qarori 
ishlab chiqildi, unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksport-
ni rag‘batlantirish agentligi tashkil etildi. Eksporni rag‘batlantirish agentligining asosiy vazifalaridan biri tijorat 
banklariga eksport bilan bog‘liq savdo operatsiyalari va eksportoldi moliyalashtirish kreditlari uchun Eksportni 
qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyaviy resurslar ajratish hamda xalqaro moliya institut-
lari, xorijiy hukumat moliya tashkilotlari, xorijiy banklar va moliya kompaniyalaridan eksportoldi moliyalashtirish 
uchun mablag‘lar jalb etish ishlarini tashkillashtirish hisoblanadi. Agentlik tomonidan eksport qiluvchi tashkilot-
larga moliyaviy yordam ko‘rsatishning asosiy yo‘nalishlari qilib quyidagilar belgilangan; standartlarni joriy qilish 
va muvofiqlik sertifikatlarini olish, mahalliy mahsulotlar va brendlarni (tovar belgilarini) tashqi bozorlarga olib 
chiqish maqsadida taqdimotlar va reklama kampaniyalarini o‘tkazish, xalqaro tender va tanlovlarda ishtirok 
etish. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Eksportni rag‘batlantirish 
agentligi asosiy vazifalari tahlil qilinsa unda aynan eksport kreditini ajratish instrumenti ko‘rinmaydi. Shuning 
uchun AQSh, Xitoy, Yaponiya va Rossiya davlatlaridagi kabi aynan faqat eksport qiluvchilarga eksport oldi va 
eksportdan keyingi faoliyat uchun kreditlarni ajratishni amalga oshiruvchi Eksimbankni tashkil etish O‘zbekiston 
iqtisodiyoti uchun juda zarur hisoblanadi. 
Yangi O‘zbekistonda eksport faoliyatini takomillashtirish maqsadida eksportga ko‘rsatilayotgan xizmatlar 
kengaymoqda. Eksportga moliyaviy xizmat ko‘rsatishning samarali ulublaridan biri eksport faoliyati uchun qisqa 
muddatli kredit liniyalarini ochish hisoblanadi. Mamlakatimizdagi bir qator banklarda jumladan, “O‘zbekiston 
Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” aksiyadorlik jamiyati, “O‘zbekiston sanoat-qurilish banki” ak-
siyadorlik tijorat banki, “Asakabank” aksiyadorlik jamiyati, “Ipak Yo‘li” aksiyadorlik innovatsiya tijorat banki, Chet 
el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat banklarida eksport faoliyati uchun turli eksport kredit-

https://review.uz/oz/post/eksportni-moliyalashtirish-eksport-oldi-kreditlari-va-eksport-jarayonlarini-sugurtalash O‘zbekiston Respub-
likasi Prezident Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi yetakchi ilmiy xodimi Xalilulloh Hamidov

Прищепа А.И.,Механизмы внешнеторгового финансирования экспортных операций в международной практике ведения 
торговли. Экономика и управление. – 2012. – № 2 (34); Петров А.О. Развитие внешнеэкономической деятельности малого и 
среднего бизнеса в различных странах мира. Научный журнал Донецкого национального университета, 2007; Шеколинский 
Н.Н. Экспортные кредитные агентства как механизм государственной финансовой поддержки. Диссертация на соискание 
ученой степени кандидата.

Patrick Messerlin. Export credit subsidies. Economic Policy. Vol 2, No 4. (Apr 1989) www.jstor.org; Hideki Funatsu. Export Credit 
Insurance. The Journal of Risk and Insurance. Vol 53, No 4. (Dec 1986) www.jstor.org; A. Carter. United States Export Subsidies in 
Wheat: Strategic Trade policy or Expensive Beggar – Thy – Neighbour Tactic? American Journal of Agricultural Economics. Vol 74, 
No 3. (Aug 1992) www.jstor.org


99
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
lari ajratilmoqda. Shu bilan birgalikda eksport faoliyatini kompleks sug‘urtalash bo‘yicha bir nechta sug‘urta 
kompaniyalari tomonidan eksport faoliyatidagi xavf-xatarlar kompleks sug‘urtalanmoqda. 
O‘zbekistonning eksport hajmi statistik tahlillarga ko‘ra yildan yilga oshib bormoqda.
1-rasm:
O‘zbekistonda 2018–2021-yillardagi eksport hajmi (mln. AQSh dollari)
4
Rivojlangan xorijiy davlatlarda eksport faoliyati asosan davlat aralashuvi yordamida kengaygan. Eksport 
faoliyati uchun moliyaviy va moliyaviy bo‘lmagan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari yaratilgan. Eksport faoliyatini 
moliyalashtirishga ko‘proq urg‘u berilgan. Iqtisodiy taraqqiyotga erishgan davlatlarda eksport faoliyatini moli-
yalashtirish maqsadida Eksimbank institutlari tashkil etilishi va ularning faoliyati turli davrlardan boshlab amalga 
oshirilib kelayotganligini ko‘ramiz.
AQSh da “AQSh Eksim banki” 1934-yilda eksport AQSh ni iqtisodiy tushkunlikdan olib chiqishi maqsadida 
tashkil etilgan.
AQSh Eksimbanki 2006-yilning o‘zida umumiy qiymati 12,1 milliard AQSh dollari miqdorida moliyalashtir-
ishni amalga oshirgan, jami moliyalashtirishda kichik biznesning ulushi 26 foizni tashkil etgan. Shu bilan birga-
likda moliyalashtirishning keng qamrovi, jumladan, 2677 ta eksport yetkazib berish va bitimlar amalga oshiril-
ganligini alohida ta’kidlash lozim. Eksportni rag‘batlantirish va byudjet mablag‘laridan foydalanish samaradorligi 
soliq to‘lovchining har bir dollari AQSh eksportini yaratishga 61 dollar hissa qo‘shganidan dalolat beradi. 
Yaponiyada “Yaponiya Eksimbanki” 1951-yilda Yaponiya eksport import banki to‘g‘risidagi qonunga asosan 
o‘rta va uzoq muddatli eksport operatsiyalarini moliyalashtirish maqsadida “mustaqil davlat moliya instituti” si-
fatida tashkil etilgan.
Dastlab u faqat zavod asbob-uskunalari va og‘ir mashinalarni eksport qilish uchun kreditlar bergan va 
“Yaponiya eksport banki” deb nomlangan. 1952-yildan boshlab uning faoliyati Yaponiya iqtisodiyoti uchun aso-
siy 10 turdagi resurslar temir va marganets rudalari, ko‘mir, neft va boshqalar importi uchun avans to‘lovlarini 
moliyalashtirish, shuningdek, boshqa moliya institutlari tomonidan eksportchilarga berilgan kreditlar bo‘yicha 
kafolatlar berishni o‘z ichiga olgan.
Eksimbank kreditlarining yillik hajmi qariyb 15 milliard AQSh dollarini tashkil etadi, Yaponiya Eksimbankini 
tashkil etishning asosiy maqsadi Yaponiyaning tashqi iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga qaratilgan bo‘lib, 
Yaponiya iqtisodiyoti uchun globallashuv muammolari, rivojlanayotgan mamlakatlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivo-
jlanishiga ko‘maklashish, qashshoqlikni kamaytirish, global isishning oldini olish va Yaponiya atrofida xalqaro 
barqarorlikni ta’minlash kabi keng ko‘lamli siyosat masalalarini qamrab oladi. 
Germaniyada eksportni moliyalashtirish funksiyalari federal hukumatga (80%) va federal shtatlarga (20%) 
tegishli bo‘lgan Kreditanstalt für Wiederaufbau (KfW) tomonidan amalga oshiriladi. KfW ning maqsadi uzoq 
muddatli va arzon kreditlar berish orqali kichik va o‘rta biznesni rivojlantirishga ko‘maklashishdan iborat. KfW 
shuningdek, innovatsiyalarni rag‘batlantiradi, atrof-muhitni muhofaza qilishga yordam beradi va shahar infra-
tuzilmasini yaratishni qo‘llab-quvvatlaydi. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi ma’lumotlari asosida.


T
ARA
QQIY
O
T
ПР
ОГРЕС
С
PR
OGRESS
100
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

7-son.
Rossiyada eksport faoliyatini moliyalashtirish va uni rivojlantirish maqsadida Roseksimbank (“Rossiya eks-
port-import banki” OAJ) – davlat ixtisoslashtirilgan banki 1994-yilda Rossiya Federatsiyasi Hukumatining 1993 
yil 7-iyuldagi 633-sonli “Rossiya eksport-importini shakllantirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq tashkil etilgan. 
“Roseksimbank” faoliyatining asosiy maqsadi eksport operatsiyalarini moliyalashtirish va eksport faoliyatini 
qo‘llab-quvvatlashda eksport qiluvchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qoplashni ta’minlash uchun Rossi-
ya eksportchilariga moliyaviy va kafolatli yordam ko‘rsatishdan iborat. 
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan Roseksimbank AQSh, Kanada, Ukraina va Avs-
traliya tomonidan iqtisodiy sanksiyalar ostida qolmoqda.
Eksport faoliyati yaxshi rivojlangan davlatlarda an’anaviy bank kreditlaridan tashqari savdoni moliyalasht-
irishning zamonaviy usullari, jumladan faktoring, forfeyting, ta’minot zanjirini moliyalashtirish metodlari faol 
qo‘llanib kelinmoqda.
Barcha iqtisodiy taraqqiyotga erishgan va erishayotgan davlatlar o‘zidagi iqtisodiy sharoitdan shuning-
dek, dunyodagi tashqi iqtisodiy, siyosiy vaziyatdan kelib chiqqan holda o‘z ichki iqtisodiy siyosatida eksportni 
rag‘batlantirishning turli metodlarini qo‘llayotganligini ko‘ramiz.
Eksport faoliyatini moliyalashtirish va turli xil vositalar orqali davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashning xo-
rijiy davlatlar tajribalaridan kelib chiqib shuni aytishimiz mumkinki, eksport faoliyati davlat aralashuvi asosida 
ko‘proq bozor mexanizmlariga tayangan holda rivojlantirilishi mumkin va aynan O‘zbekistonda eksportni moli-
yalashtirishni amalga oshirish instituti sifatida Eksportni rag‘batlantirish agentligi va Tashqi iqtisodiy faoliyat 
Milliy banki tomonidan eksport faoliyatini moliyalashtirishni amalga oshirish mexanizmlari tashkil etilgan lekin 
TIF Milliy bankining bosh maqsadi tijorat ya’ni daromad topish hisoblanadi shuning uchun O‘zbekistonda alohi-
da maqomga ega bo‘lgan “O‘zeksimbank”ni tashkil etish maqsadga muvofiqdir
X U L O S A VA TA K L I F L A R
O‘rganishlar shuni ko‘rsatadiki, eksportni rag‘batlantirish orqali mamlakat yalpi ichki mahsuloti hajmi osh adi 
va mamlakatda bo‘sh ish o‘rinlari yaratiladi shuningdek eksportga yo‘naltirilgan infratuzilma yaratiladi. Eksportni 
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi natijasida qulay makroiqtisodiy muhit va ishlab chiqaruvchilar uchun 
eksportga rag‘bat yaratish tizimi shakllanadi. Davlat tomonidan eksportni rag‘batlantirish chora-tadbirlari davlat 
darajasida ham hududiy bo‘linmalar doirasida ham amalga oshirilishi kerak. Davlat tomonidan turli xil xalqaro 
fondlardan olinayotgan tashqi qarzning ma’lum qismi albatta eksportga ko‘maklashuvchi institutlar tomonidan 
faqatgina eksport qiluvchilarga yo‘naltirilishi zarur.
Hindiston va Xitoy tajribasiga ko‘ra yirik eksport qiluvchilar bilan teng holatda kichik biznes va xususiy 
tadbirkorlik subyektlarini ham moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mamlakatning iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir 
ko‘rsatgan. O‘zbekistonda tarmoqlar va sohalar miqyosida eksport qiluvchilar faoliyatini tahliliga ko‘ra qishloq 
xo‘jaligi mahsulotlarini eksport qiluvchilarni moliyaviy qo‘llab quvvatlash mamlakat iqtisodiyoti o‘sishi uchun ul-
kan imkoniyatlar eshigini ochadi. O‘zbekistonda 2022-yil yakunlariga ko‘ra qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksporti 
hajmi 1134.3 mln AQSh dollarini tashkil etgan bo‘lib ushbu ko‘rsatkich 2021-yilga nisbatan 18.5 foizga oshgan
5
ushbu ko‘rsatkichni yanada oshirish imkoniyati mavjud bo‘lib buning uchun kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
subyektlarini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini amalga oshirish mexenizmlarini takomillashtirish aynan 
ular uchun qisqa muddatli eksport kreditlarini ajratish amaliyotini yo‘lga qo‘yish kerak.
O‘zbekistonda quritilgan meva mahsulotlarini eksporti uchun past foizdagi qisqa muddatli eksport kredit-
larini ajratish mexanizmini yaratish kerak masalan, Janubiy Koreya hukumati o‘rtacha har yilda qishloq xo‘jalik 
mahsulotlarini eksport qilishga 25.95 milliard Vonni tashkil qiluvchi subsidiya ajratadi. Ushbu subsidiyalar me-
valar, gullar, sabzavotlar, jenshen va qora mol mahsulotlariga tegishli bo‘ladi
6
.
Mamlakat eksport hajmini yanada kengaytirish imkoniyati bo‘lgan soha va tarmoqlarda ayniqsa yengil sa-
noat tekstil mahsulotlari va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini kengaytirish o‘rta va uzoq muddatli istiqbolda 
iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishi hisoblanadi.
O‘zbekistonda „O‘zagroeksport“ bank faoliyatini qayta tashkil etish qishloq xo‘jaligi mahsulotlari eksportini 
amalga oshiruvchi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga hududlar doirasida qisqa muddatli past 
foizli eksport qilinayotgan mahsulot hajmi doirasida 5000 AQSh dolllardan 30000 AQSh dollari miqdorigacha 
hajmdagi eksport kreditlari ajartish amaliyotini tashkil qilish orqali eksport tarkibini yanada diversifikatsiyalash 
imkoniyatiga ega bo‘linadi.

Manba O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligining 2022-yil hisobati. 

Kihwan K. “The Korean Economy: Past Performance, Current Reforms and Future Prospects” // Korean Development Institute. 2015.


101
YA S H I L I Q T I S O D I Y O T VA TA R A Q Q I Y O T
https://yashil-iqtisodiyot-taraqqiyot.uz
2023-yil, iyul.

Yüklə 16,35 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   292




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin