42
Vujudga kelgan sharoit innovatsion jarayonga to‗sqinlik qilishi yoki
yangilikni tatbiq etishga olib kelishi mumkin.
Innovatsion jarayon stixiyali yoki oldindan puxta o‗ylangan reja asosida
ketishi mumkin. Shunga ko‗ra boshqaruv jarayoni yoki sekinlashishi yoki
jadallashishi kuzatiladi.
Innovatsion jarayonni tashkil etuvchi yangilik yaratish, o‘zlashtirish,
yangilikni qo‘llash – hamkorlikda innovatika ob‘ekti hisoblanadi. Pedagogik
didaktikada esa o‗qish jarayoni ilmiy tadqiqot ob‘ekti bo‗lib hisoblanadi. Ana shu
bilan ular bir – biridan farqlanadi.
Innovatsion faoliyat – ta‘limning u yoki bu bosqichida innovatsion
jarayonni amalga oshirishga yordam beruvchi kompleks choralar bo‗lib, u jarayon
ichida kechadi.
Innovatsion
faoliyatning
asosiy
funksiyasi
pedagogik
jarayonni
komponentlarini, ya‘ni ma‘no, maqsad, ta‘lim mazmuni, shakli, metodi,
texnologiyasi, ta‘lim vositalari, uni boshqaruvlarini o‗zgartirishdan iborat.
Innovatsion jarayonning o‗ziga xosligi shundaki, u siklik xarakterli bo‗lib,
quyidagi etapli strukturada, yangilikni kirishi, vujudga kelishi, opponentlar bilan
kurashda tezkorligi, yetilishi, o‗zlashtirilishi, tarqalishi, yoki krizis, yoki finalga
borishidan iborat.
Innovatsion faoliyat shunday vositalar yordamida kechadigan holatki, bunda
pedagogik yangilanish g‗oyasi paydo bo‗ladi. U sotsial holatga undan ta‘limdagi
yangilikni tug‗ilishi, paydo bo‗lishiga olib keladi.
Innovatsion jarayonning ba‘zi yangiliklari lokal tadqiqotlar o‗tkazish va
tajriba – sinovlar orqali tatbiq qilishdan farqlash kerak. Masalan maktabda
qo‗shimcha kursni innovatsion deb bo‗lmaydi.
Shunday qilib biror g‗oyani yangilik darajasida yaratib, faoliyatga olib kirib,
u jarayonni boshqarib borish mumkin bo‗lsa, innovatsion faoliyat hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: