Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/29
tarix26.06.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#135205
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29
Innovatsiyaning maqsadi – sarflanayotgan mablag‗ va kuchdan eng yuqori 
va sifatli natija olishdan iborat. Innovatsiya – boshqariluvchi va nazorat qilinuvchi 
o‗zgarishlar mexanizmini tashkil etadi.
Innovatsion muhitbu pedagogik jamoada, umuman ta‘lim muassasasida 
shunday ijodiy, samimiy, do‗stona sharoit tug‗diradiki, unda o‗qituvuchi o‗zini 
erkin xis qiladi, jamoada ichki intilish, moddiy, ma‘naviy qiziqish yuqori darajada 
bo‗ladi. U muhitda o‗qituvchi ijodiy fikr yuritishga, ishlashga tayyor bo‗ladi.
Novatsiya – agar islohat faoliyatining shakli, mazmuni va ko‗lami qisqa 
muddatli bo‗lsa va yaxlit tizim xususiyatiga ega bo‗lmasa, u o‗z oldiga muayyan 
mavjud tuzumdagi faqat ba‘zi elementlarni o‗zgartirishni vazifa qilib qo‗ygan 
bo‗lsa, u holda biz novatsiya bilan muloqat qilayotgan bo‗lamiz.
Novator – yangilikni qabul qilish va amalga oshirishga tayyor shaxs. O‗z 
shaxsiy ped amaliyotida doimiy yangilik izlaydi, o‗zlashtiradi, qo‗llaydi. 
Innovatorlar yangilklardan yaxshi xabardor va ular bilan kommunikativ muloqot 
o‗rnatadi. Ishni yaxshilash maqsadida tavakkal shaklda ish tutadi. O‗quv 
jarayonini taraqqiyoti va rivojlanishi uchun yangiliklarni loyihalaydi, zarur 
hollarda izlab, tanlay oladi. 
O‘zgarish – biror bir mavjud narsani boshqasiga almashtirish (o‗zgartirish 
va variatsiyalash), ilgari mavjud bo‗lganidan boshqacharoq ko‗rinishda (avvalgiga 
ko‗ra yaxshi tomonga o‗zgargan, ya‘ni yangicha ko‗rinishda). 
Islohat keng masshtabli, butun sistemani qamrab oladi. Natijada sistema 
yangi ko‗rinish oladi. 
Yangilik – ilmiy tadqiqotning yakuniy baholash mezonidir. Yangilikning 
qiymati va xususiyati aniq mantiqiy ketma – ketlikdagi rivojiga ega bo‗lib, u 
butunlay yangilanadi yoki nisbatan yangilangan bo‗ladi. 
Innovatsiyalarning belgilari: 


38 
a) 
Aktual 
muammolarni hal 
etishga qaratilganligi 
(pedagogik 
innovatsiya muammolarini mazmunini yangicha yechimini amalga oshirishga 
qaratiladi). 
b) 
Pedagogik amaliyotda keng qo‗llanish imkoniyati ochiladi.
Pedagogik innovatsiyalar jarayonining o‗zgarishi yangilanishga olib keladi. 
Natijada yangi (stabil) sifatga ega bo‗lgan natijalar qo‗lga kiritiladi. Innovatsiyani 
sistemaning turli predmetlariga ta‘siri yangi samaradorlikka olib keladi. 
c) Moslashuvga (qanday sharoitda bo‗lishidan qat‘iy nazar). 
d) Ishning poyoniga yetishiga (innovatsiya to‗liq potensialli tatbiq etish 
darajasiga yetadi). 

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   29




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin