50
III-BOB. Boshlang’ich sinf darslarini integratsiya va innovatsion tizimi
bo‘yicha metodik tavsiyalar.
3.1.Boshlang‘ich sinflarda integratsiyalashgan va innovatsion darslardan
namunalar..
Ta‘limda moddiy baza, standart, o‗quv rejalar, dastur va darsliklar qanchalik
takomillashtirilmasin, kutilgan asosiy natijaga erishish, chuqur va puxta bilim
berish, yuqori sifatdagi o‗zlashtirishga erishish bevosita nazariy va amaliy
mashg‗ulotlarni olib boruvchi o‗qituvchining ijodkorligi, izlanuchanligi,
malakasiga pedagogik mahoratiga bog‗lanib qolaveradi, o‗quv-biluv markazida
esa o‗quvchi turmog‗ini taqozo etadi.
Har qanday ta‘lim o‗quvchi shaxsiga, uning qiziqish, xohish istagiga, htiyojiga
qaratilmog‗i kerak. Ya‘ni ta‘limni individuallashtirishga qaratmog‗ini talab etadi.
ta‘lim jarayonini individuallashtirish shunday o‗qitish usuliki, bunda har bir
o‗quvchi o‗quv jarayonida faol ishtirok etib, o‗quv-biluv jarayoniga shaxsiy
xissa qo‗shishi hisobga olinadi;
ta‘lim jarayonini tashkil etishda o‗qituvchining uslubiy yondashuvi,
tezkorligi, o‗quvchining shaxsiy xususiyatlari hisobga olinadi;
o‗quv-metodik, psixologik, pedagogik tashkiliy boshqaruv ishlarini olib
borishda o‗quvchi shaxsi o‗quv-biluv markazida bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: