Boshlang'ich sinf o'quvchilarida nutq madaniyatini shakllantirish mundarija kirish


II.BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH VA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAKIL ISHLAR ORKALI OQUVCHILAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI



Yüklə 296,5 Kb.
səhifə5/8
tarix30.09.2023
ölçüsü296,5 Kb.
#150700
1   2   3   4   5   6   7   8
Tojimuhammedova Ziyodaxon

II.BOB. BOSHLANG'ICH SINFLARDA O'QISH VA ONA TILI DARSLARIDA MUSTAKIL ISHLAR ORKALI OQUVCHILAR NUTQI VA TAFAKKURINI RIVOJLANTIRISHNING NAZARIY VA AMALIY ASOSLARI
2.1. Nutq o‘stirishda til va tafakkur uyg‘unligi
Inson hayotida nutq va tafakkurning o‘rni va roli qadimdan ko‘pchilikni qiziqtirib keladi. O‘tmish mutafakkirlari ijodida nutqning ma’naviy kamolot belgilaridan biri sifatida qayd qilinishi bejiz emas. Jumladan, Kaykovus “Suxandon kishilar bila ham suhbatda bo‘lgil va qanday qilib so‘zlash shartlarini ham bilgil”]; Yusuf Xoshojib “Uquv va bilimning tilmochi tildir... Agar tilga e’tibor bermasa, uni noo‘rin qo‘llasa, odam boshi yorilishi hech gap emas” [Forobiy so‘zning inson hayotida tutgan o‘rni va roli haqida: “…so‘zlash quvvati shunday quvvatki, uning yordamida inson bilim va hunar egallaydi, uning yordamida xulq-atvoridagi xunuk va go‘zal harakatlarni ajrata biladi va bajarilishi zarur bo‘lgan-bo‘lmagan ishlarni ado etadi, shu bilan birga, zararli va foydali narsani, lazzatli va achchiq narsalarni fahmlaydi” deb yozgan bo‘lsa, M.Koshg‘ariyning «Devonu lug‘otit- turk» asarida «Adab boshi – til» maqolning keltirilishi, A.Navoiyning “Bir bo‘lu, bir ko‘r, bir de, bir tila, Mayl qilma munda ikkilik bila” misralarida bir so‘zlilik, fikriy sobitlik, so‘z va fikr birligi –chin inson uchun bosh dasturdir degan fikr ilgari suriladi [45;12]. Yuqoridagi fikrlar buyuk ajdodlarimizning inson ma’naviyatining shakllanishi va rivojlanishida tilning nechog‘li ahamiyatli ekanligiga urg‘u berganini ko‘rsatadi.
Buyuk mutafakkirlarning mazkur fikrlari yosh avlodning nutqini o‘stirish, mantiqiy tafakkurini rivojlantirish masalasi qadimdan jahon pedagogikasida dolzarb masala bo‘lib kelganidan dalolat beradi.
Biz tilini jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas rivojlantirib, boyitib kelgan ajdodlarning vorislarimiz. O‘quvchilarni tilning mavjud imkoniyatlaridan nutq jarayonida maqsadga muvofiq foydalana olishga o‘rgatish maktab ona tili ta’limi oldida turgan mas’uliyatli vazifalardan sanaladi.
Umumiy o‘rta ta’lim tizimida mazkur muammo o‘quvchilarni mustaqil faoliyatga yo‘llash usuli bilan bog‘lab e’tirof etiladi. shu tufayli ta’lim jarayonida mustaqil ishlar va ularni tashkil etish metodikasi bo‘yicha ko‘pgina ishlar amalga oshirilgan.
V.V.Davidov N.G.Dayri], M.A.Danilova ], B.P.Yesipov], N.A.Menchinskiy [, I.T.Ogorodnikov kabi pedagog-psixologlarning izlanishlarida mustaqil ishlarga didaktikaning asosiy konsepsiyalaridan biri sifatida qaraladi.
V.K.Buryak [L.V.Jarovalar [mustaqil ishni metod sifatida talqin qiladi. B.P.Yesipov [, M.M.Moro [], T.I.shamovalar [] mustaqil ishlar o‘quv faoliyatining shakli; P.I.Pidkasistiylar [o‘quvchilarning mustaqil bilish faoliyatining vositasi sifatida ko‘rsatadilar.
Taniqli ruhshunos olimlar: A.N.Leontev], P.Ya. Galperin ], I.A.Zimnyaya [D.B. Elkonin , N. Boymurodovlar ishlab chiqqan mustaqil faoliyatni shakllantirishning psixologik konsepsiyasida mustaqil ishlarga shaxsning bilish faolligini oshiruvchi omil sifatida qaraladi.
Adabiyotlarning nazariy tahlili mustaqil ishlarga uch xil qarash mavjudligini ko‘rsatdi. Ya’ni mustaqil ishlar ta’lim metodi, o‘quv faoliyatini tashkil etish shakli, o‘quvchilarning bilish faolligini oshiruvchi vosita sifatida talqin etilgan.
shunga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim tizimidagi mustaqil ishlarning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ko‘rsatish mumkin:
-o‘quvchilarning berilgan topshiriqlarni bajarishlarida, o‘z ishlarini rejalashtirishi, o‘qituvchining yordamisiz bajargan ishlarining natijasini baholay bilishi;
-o‘quvchilarning topshiriqni bajarish usullarini to‘g‘ri tanlashi va amalda tatbiq eta bilishi;
-bilishga rag‘bat uyg‘otilishi, o‘quvchilarni mustaqil intellektual faoliyatga undovchi muammoli vaziyatlar yaratilishi;
-o‘quvchilarning mustaqil ijodiy faolligini namoyon qilishi.
Mustaqil ishlar o‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qilishi tufayli boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida keng miqyosda qo‘llashni taqozo etadi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini til materiallarini tahlil qilish, mustaqil fikrlash, olingan bilimlarni ko‘nikma va malakaga aylantirish, o‘zini o‘zi boshqarishga o‘rgatishda mustaqil ishlar muhim o‘rin tutadi.
Mustaqil faoliyatga yetarli darajada o‘rganmagan o‘quvchi ta’limning keyingi bosqichlarida bilimlarni o‘zlashtirishda qiynalishi shubhasiz.
O‘quvchilarning ta’lim jarayonidagi mustaqil faoliyati o‘quv-biluv vazifalarini bajarishga yo‘naltirilishi bilan ahamiyatlidir.
Mustaqil ishlar, bir tomondan, ta’lim vositasi sifatida o‘zida bir qancha topshiriqlarni mujassamlashtiradi, ikkinchi tomondan esa bilishga yo‘naltirilgan amaliy vazifalarni ifodalaydi, o‘quv-biluv faoliyatida o‘ziga xos tarzda yuqori darajadagi intilishni yuzaga keltiradi.
Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida o‘quvchilarning muayyan darajada bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishlariga, nutq va tafakkurini rivojlantirishga qaratilgan mustaqil ishlarni didaktik maqsadi, mazmuni va murakkablik darajasi hamda ijodiy yondashilishiga ko‘ra quyidagicha tasniflash mumkin:
1. Namuna asosidagi mustaqil ishlar.
2. Konstruktiv mustaqil ishlar.
3. Variativ mustaqil ishlar.
4. Ijodiy mustaqil ishlar.
Namuna asosidagi mustaqil ishlar o‘quvchilarni ona tili ta’limi bilan bog‘liq ko‘nikma, malakalarni shakllantirish va mustahkamlash orqali mustaqil faoliyatga tayyorlaydi.
Konstruktiv mustaqil ishlar til hodisalarini nutq o‘stirish nuqtai nazaridan tahlil qilish, bilishga doir metod va usullarni shakllantirish, bilishga bo‘lgan ichki motivlarni rivojlantirishda qulaylik yaratadi.
Variativ mustaqil ishlar topshiriqlarni to‘g‘ri bajarish orqali o‘quvchilarning so‘z zahirasini boyitishga doir ko‘nikma va malakalarini shakllantiradi.
Ijodiy mustaqil ishlar nutq va tafakkurni rivojlantirishga doir bilimlarni mustaqil o‘zlashtirish malakalarini mustahkamlashi jihatidan ijodkorlikni shakllantiruvchi samarali vosita sanaladi.
Bilimlarni faollashtirishga yo‘naltirilgan mustaqil ishlarda yangi material ustida ishlash va mustahkamlash oldidan tayanch bilim va ko‘nikmalarni takrorlashga qaratilgan topshiriqlar namunaviy va konstruktiv-variativ xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Namunaviy xarakterdagi ishlar shartlari to‘liq berilgan ko‘p sonli mashqlardir. Bu ish turini o‘quvchilar tartib bilan berilgan ko‘rsatmalar asosida bajaradilar. Konstruktiv-variativ xarakterdagi ishlar o‘quvchilardan oldin o‘zlashtirilgan bilim va ko‘nikmalar yordamida har xil umumlashtiruvchi xulosalar chiqarishni talab etadi. Bular, o‘z navbatida, o‘quvchilarning nutqini boyitadi, bilimlarini chuqurlashtiradi, fikrlash doirasini samarali faoliyat darajasiga ko‘taradi.
Yangi bilimlarni o‘zlashtirishga doir mustaqil ishlar mavzuning murakkabligi va o‘quvchilarning tayyorgarligiga bog‘liq bilish faolligi va nutqiy faolligining har xil darajasida namuna yoki batafsil ko‘rsatma asosida bajariladi. Rekonstruktiv-variativlik xarakteridagi ishlarda o‘quvchilarning nutq o‘stirishga doir tayanch bilim va ko‘nikmalarini tatbiq eta bilishi talab etiladi. Buning uchun tayyorlangan savol-topshiriqlar oldingi mustaqil ishlardan izlanish xarakterida bo‘lishi bilan farqlanadi. Tayyorlov mashqlari muhim rol o‘ynaydigan bu xildagi ishlar muammoni hal qilish, topshiriqni bajarish tartibini belgilash va umumlashtirishni taqozo etadi.
O‘rganilgan mavzularni takrorlash, mustahkamlash hamda ko‘nikmalarni rivojlantirish maqsadiga yo‘naltirilgan mustaqil ishlarda nazariy tushunchalarni tizimlashtirish, umumlashtirish, bilim va ko‘nikmalarni amalda qo‘llash, nutq o‘stirishga doir tushuncha va bilimlarni mustahkamlash - uzoq muddat davom etadigan jarayon bo‘lib, muayyan izchillikda bajariladigan topshiriqlar asosida o‘zlashtirilgan bilimlar yangi sharoitda tatbiq etiladi va oldin o‘rganilgan bilimlar doirasiga kiritiladi.
Bilim va ko‘nikmalarini nazorat qilishga doir mustaqil ishlar orqali o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish darajasi aniqlanadi. Nazoratning natijasi baholash bilan yakunlanadi. Bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash bosqichida mustaqil ishlar namuna va konstruktiv-variativ xarakterda bo‘ladi. Ta’lim jarayonida, mustaqil ishlarning har xil turlarini amalda qo‘llash o‘quvchilarning mustaqil ishlash ko‘nikmalarini rivojlantiradi.
Boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limida mustaqil ishlarning samaradorligi mustaqil ish tizimini rejalashtirish va tashkil etish, boshqarish va nazorat qilish shartlariga bog‘liq. U o‘quv-tarbiyaviy jarayonda o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini boshqarish metodlari hamda ular egallagan bilim va ko‘nikmalarni boshqarish metodlarini parallel ishlatishga imkon beradi. Tabiiyki, bunday sharoitlarni yaratish o‘qituvchidan mustaqil ishlarni bajarish jarayonida o‘quvchilarning bilish faoliyatini to‘g‘ri boshqarish metodlarining psixologik-pedagogik xususiyatlariga doir bilimlarni talab etadi.
Tadqiqot muammosi yuzasidan olib borilgan izlanishlar asosida ona tili darslarida mustaqil ishlarni tashkil etish bo‘yicha quyidagicha metodik tavsiyalarni berish mumkin:
1. O‘quvchilarga beriladigan bilim, ko‘nikma va malakalarning mustahkam bo‘lishiga yo‘naltirilgan mustaqil ishlarni tizimli tarzda tashkil qilish.
2. Mustaqil ishlarning aniq maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lishi. Bu talabni bajarmaslik o‘quvchilarni topshiriqning maqsadini tushunmaslikka olib keladi. Natijada ishni bajarish jarayonida o‘qituvchiga bir necha marta murojaat qilinadi. Bu esa, vaqtning ko‘p sarflanishi va mustaqillik darajasining pasayishiga olib keladi.
3. Mustaqil ishlarning hajmi va mazmuni qat’iy belgilangan bo‘lishi, topshiriqni mas’uliyat bilan bajarishga qaratilishi.
4. Mustaqil ishlarning ko‘rgazmalilik xarakterida bo‘lishi.
5. Mustaqil ish uchun beriladigan topshiriqning bir qolipga tushgan va retsept asosida bajariladigan bo‘lmasligi, o‘quvchilarning bilimlarini yangi vaziyatda tatbiq eta oladigan bo‘lishi, bilish qobiliyati va tashabbusini shakllantirishi.
6. Mustaqil ish topshirig‘i o‘quvchilarda qiziqish uyg‘otishi, turli vaqt oralig‘ida bajarilishining hisobga olinishi.
7. Mustaqil ishlarni tashkil etishda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarining turli darajada bo‘lishini hisobga olgan holda ularga differensial yondashilishi. (Ancha murakkab topshiriqlarni bajarayotgan o‘quvchilarga shu xildagi yangi topshiriqlarni tavsiya etish ularda tashabbuskorlikni oshiradi.)
Mustaqil ishlarni bajarishda xatoga yo‘l qo‘yilishi sabablari tushuntirib borilsa, o‘zlashtirilgan bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga zamin yaratiladi.
Ko‘rinadiki, boshlang‘ich sinflarning ona tili ta’limi jarayonida tashkil qilinadigan mustaqil ishlarda maqsad va topshiriqni bajarish tartibining aniqligi, o‘quvchilarning o‘quv imkoniyatlariga mos bo‘lishi, turli faoliyat uyg‘unlashishi, o‘quvchilarning bilish qobiliyatini rivojlantirishi muhim o‘rin tutadi. Boshqacha aytganda, shu jarayondagi ta’lim samaradorligi darsda o‘quvchilarning mustaqil ishlarni bajarishdagi individual imkoniyatlarining hisobga olinishiga bog‘liq.
K. E. Bezukladnikov boshlang‘ich sinflarda ingliz tilidan sinfdan tashqari mustaqil ishlarni tashkil etish[55], G.I. shayxutdinova tatar tili morfologiyasini o‘rganishda o‘quvchilarning didaktik sistema sifatida mustaqil ishlarini tashkil etish[, E.A.Saribekova xorijiy tillarni o‘rganishda talabalarning mustaqil ishlarga doir ko‘nikma va malakalarini shakllantirish[T. P. Malyavina orfografiyani o‘rganishda o‘quvchilarning mustaqil ishlari[], L. V. Abakumova o‘quv jarayonida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘z-o‘zini nazorat qilish ko‘nikma va malakalarini shakllantirish nomli tadqiqotlarida mustaqil ishlarga doir kuzatishlarini keltirib o‘tishgan bo‘lsa, A.F.Boysova lug‘at ishini tashkil etishda so‘zlar orasidagi semantik aloqadorlikka asoslanish g‘oyasini ilgari suradi[]. N.F.Titova nutq o‘stirish uchun o‘quvchilarning tafakkuri va fikrlash qobiliyatini tarbiyalash zarur degan masalani o‘rtaga tashlasaG.N.Pristupa so‘zlarning semantik tomoni ustida ishlamasdan turib nutqiy va fikrlash qobiliyatini o‘stirish mumkin emas deb hisoblaydi shuningdek, M.R.Lvov nutq fikrlashni rivojlantiruvchi vositasi deb ta’kidlaydi Psixolog N.I.Jinkin “Nutq –intellektni rivojlantiruvchi kanal. Til qancha erta o‘zlashtirilsa, bilimlar shuncha oson va to‘liq o‘zlashtiriladi A.A.Pronina matnning lingvistik tahlili nutq o‘stirishning materiali bo‘ladi deydi
Kuzatishlardan ma’lumki, ikki yoshli bola tilning qonun-qoidalaridan bexabar holda nutqida so‘zlarni to‘g‘ri turlab va tuslab qo‘llaydi, so‘z birikmalaridan to‘g‘ri foydalanadi, 6-7 yoshli bola esa tilning morfologik va sintaktik vositalarini so‘zlashuv nutqi orqali egallab oladi.
“Nutq o‘stirish metodikasida tilning leksikologiya va grammatika bo‘limlari alohida ahamiyat kasb etadi,- deb yozadi S.P.Redozubov - Leksikologiya – so‘z haqidagi ilm, grammatika – so‘z shakllarining o‘zgarishi va ularning gapda bog‘lanishi haqidagi ilm. O‘quvchilarning lug‘at zahirasi qanchalik boy bo‘lsa, nutqi shunchalik rivojlangan bo‘ladi
A.Sa’diy adabiyot o‘qitishda qahramonlarga og‘zaki va yozma tavsif berish, S.Dolimov yozma bayon va adabiy ijodiy ishlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalarida o‘quvchilar nutqiy boyligining ahamiyatini aytib o‘tganlar[70].
Q.Abdullaeva “1-sinfda nutq o‘stirish metodik qo‘llanmasida o‘quvchilarni tovush va so‘zlarni to‘g‘ri talaffuzga o‘rgatish, savod o‘rgatish davrida mantiqiy mashqlarni tashkil etish, didaktik materiallardan foydalanish usullarini yoritgan bo‘lsa, K.Qosimova «5-sinf ona tili darslarida lug‘at ustida ishlash»] qo‘llanmasida lug‘aviy mashqlarni tashkil etish metodikasi xususida so‘z yuritadi.
B. Turdievning “Yozma nutqni o‘stirish yuzasidan praktikum nomli qo‘llanmasida yozma nutqning umumiynazariy masalalari, yordamchi xarakterdagi yozma ishlar, kitob ustida mustaqil ishlash bilan bog‘liq yozma ishlar, ish qog‘ozlarini to‘ldirish, bayon va insho yozishga o‘rgatish masalalari yoritilgan.
A. G‘ulomov, M. Qodirovning “Ona tili o‘qitish metodikasiqo‘llanmasida nutq o‘stirishning nazariy va amaliy ahamiyati, nutq o‘stirishga doir mashqlarni tashkil etish bo‘yicha metodik tavsiyalar berilgan.
M.Asqarova rahbarligidagi bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan “Kichik yoshdagi bolalar nutqini o‘stirish” nomli o‘quv qo‘llanmada asosan bog‘cha yoshidagi bolalar nutqini o‘stirish masalalari o‘rganilgan.
B.To‘xliev, M. shamsieva, T. Ziyodovalar yaratgan “O‘zbek tili o‘qitish metodikasi qo‘llanmasida bo‘lg‘usi mutaxassislarni maktab ta’limiga tayyorlashda grammatik mavzularga bog‘liq holda o‘quvchilar nutqini o‘stirish, lug‘atini boyitish metodikasiga alohida diqqat qaratilgan.
Pedagogika fanlari doktori sh. Yusupovaning “Hozirgi o‘zbek adabiy tili darslarida o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishning falsafiy asoslari” nomli monografiyasida ona tili ta’limida o‘quvchilarning tilni amaliy o‘zlashtirishlariga erishishda mustaqil ish turlaridan foydalanish yaxshi samara berishi qayd etilgan.
Professor K.Qosimova boshliq bir guruh olimlar tomonidan yaratilgan “Ona tili o‘qitish metodikasi darsligida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning bog‘lanishli nutqini o‘stirish metodikasi alohida bo‘lim sifatida ajratilib, nutq o‘stirishning metodik shartlari, yo‘nalishlari va so‘z, gap hamda bog‘lanishli nutq ustida ishlash metodikasi yoritilgan.
K. Qosimova lug‘at ustida ishlashning to‘rt yo‘nalishini ko‘rsatadi: 1) o‘quvchilar lug‘atini boyitish, o‘quvchilar lug‘atidagi ayrim so‘zlarning yangi ma’nolari bilan tanishtirish; 2) o‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish; 3) o‘quvchilar lug‘atini faollashtirish; 4) adabiy tilda ishlatilmaydigan so‘zlarni o‘quvchilarning nofaol lug‘atiga o‘tkazish.
shuni ham aytib o‘tish kerakki, K.Qosimovaning lug‘at ustida ishlashning birinchi yo‘nalishi «o‘quvchilar lug‘atini boyitish» deb ko‘rsatishiga qo‘shilib bo‘lmaydi. Chunki lug‘at ustidagi har qanday ish o‘quvchilar lug‘atini boyitishga qaratiladi.
K.Qosimova o‘quvchilarning lug‘atini boyitish vazifalariga quyidagilarini kiritadi: 1) so‘z ma’nosini ochib berish (o‘z va ko‘chma ma’nolarini); 2) fikr ifodalashda zarur so‘zlarni tanlay olish va o‘rinli qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish (so‘zlarning ma’nosiga qarab boshqa so‘zlar bilan bog‘lash, talaffuzi, imlosini o‘zlashtirish). Fikrimizcha, o‘quvchilarning lug‘atini boyitish vazifalariga matnda qo‘llangan ma’nosi notanish so‘z va iboralarni mustaqil aniqlash ko‘nikmasini shakllantirishni kiritish maqsadga muvofiqdir. Negaki, so‘zlarning ma’nosi, talaffuzi, imlosi va nutqda qo‘llanishi ustida olib boriladigan kompleks mashqlar o‘quvchilar lug‘atini boyitishga olib keladi.[155;311]
K. Qosimova o‘quvchilar lug‘atiga aniqlik kiritish yo‘nalishida o‘quvchilarning «ayrim frazeologik birliklarning ma’nosini o‘zlashtirish»lariga erishish zarurligini alohida ta’kidlaydi, ammo metodik adabiyotlarda bunga yetarli darajada e’tibor berilmagan[155;292].
O‘qituvchi ona tili va o‘qish darslarida mashq topshiriqlarida so‘ralgan iboralar ustidagina ishlaydilar. Afsuski, o‘quvchilarni matnda qo‘llangan iboralarni mustaqil aniqlash va ularning ma’nosi ustida ishlashga o‘rgatilmaydi. O‘qituvchi o‘quvchilarni so‘z va iboralar ustida ishlashga o‘rgatishi uchun, avvalo, o‘zi o‘zbek tili lug‘ati tarkibini, umumxalq tilida qo‘llanadigan so‘zlarni, adabiy tilda va shevada ishlatiladigan so‘zlarni, yangi paydo bo‘lgan va eskirgan so‘z ma’nolarini, ko‘p ma’noli so‘zlar ma’nosini bilishi lozim. shundagina u so‘z va iboralarning ma’nosini izohlash, ma’nodoshlari, qarama-qarshi ma’nolarini topish kabi metodik ishlarni tashkil eta oladi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini o‘stirish bo‘yicha keyingi yillarda chop etilgan sh. Sarievning “Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida matn ustida ishlash orqali nutq o‘stirish” [124;6] metodik qo‘llanmasida o‘qish darslarida badiiy matnni tahlil qilish bilan bog‘liq savollarga javob qaytarish, matn mazmuni yuzasidan reja tuzish, yod olish, bayon, insho, tavsifnoma kabi turli mustaqil ish turlari nutq orqali amalga oshirilishi asoslangan va o‘qish darslarida matn ustida ishlash bilan bog‘liq nutq o‘stirish mazmuni va metodlari ishlab chiqilgan.
G. Mamatova “Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida adabiy tushunchalarni shakllantirish metodikasi nomli metodik qo‘llanmasida adabiy tushunchalar haqida kichik yoshdagi o‘quvchilarga ma’lumot berish bilan birga, badiiy asar tilini o‘rganishga alohida to‘xtalgan. Uning fikricha, badiiy asar tilini o‘rganish o‘quvchilar nutqini adabiy atamalar, tasviriy vositalar, badiiy til elementlari bilan boyitish demakdir.
M.Hamdamova[, A.Nisanbaevalar] o‘quvchilarning nutqini matn vositasida o‘stirish masalasiga to‘xtaladi.
U.Masharipova “Innovatsion ta’lim sharoitida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirish metodikasi” nomli ilmiy tadqiqot ishida boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq madaniyatini shakllantirishda ilg‘or texnologiyalardan foydalanish lozimligini ta’kidlaydi[99].
sh.S.shodmonovaT.Almamatov[ K.Qodirova S.Boysinov G‘.Nazarqulova[, M.Obidjonovalarning] maqolalarida adabiy ta’lim jarayonida o‘quvchilarning mustaqil fikrlash va nutqini o‘stirishga masalalari qalamga olingan.
S.Boysinov, H. Tojieva adabiy ta’lim jarayonida asar mohiyatini ochishda o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy faolligini savollar yordamida oshirish masalasiga to‘xtaladi
Ko‘rinib turibdiki, barcha metodik adabiyotlarda lug‘at ustida ishlash nutq o‘stirishning birinchi bosqichi sifatida qayd etiladi.
Islohotlar tufayli ona tili o‘qitish metodikasi tezkor taraqqiyot yo‘liga kirdi. Uzluksiz ta’lim tizimida til va nutqni farqlab o‘rganish, ona tili darslarida nutqni bilim, ko‘nikma va malakalar hamda ijodiy tafakkur integratsiyasini ta’minlovchi vosita deb qarash dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Nutqiy bilim, ko‘nikma va malakalarni uzviylik va uzluksizlikda ona tili sathlariaro aloqadorlikda izchil rivojlantirishga e’tibor qaratildi.
O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida“gi Qonunida ta’lim sohasidagi davlat siyosatining asosiy prinsiplari sifatida “ta’limning uzluksizligi va izchilligi; davlat ta’lim standartlari doirasida ta’lim olish” qayd etilgan Kuzatishlar uzluksiz ta’lim-tarbiya tizimining 1-4-sinflarida ona tili darslarida so‘z va iboralar ustida ishlashning mazmuni va tashkil etish shakllarida uzviylik va uzluksizlik ta’minlanmaganligi, leksik-grammatik mashqlar bir tizim sifatida mukammallik kasb etmaganligini “Ona tili“ darsliklarining savol-topshiriqlarida va metodik qo‘llanmalarda ham, o‘qituvchi faoliyatida ham ayon bo‘lib qoldi. Ona tilidan didaktik materiallar o‘ta darajada kam va ularning borlarini ham mazmunan talab darajasida yaratilgan deb bo‘lmaydi. O‘qitish usullarining to‘g‘ri belgilab olinmasligi, ona tili o‘qitishda darslikdagi mashq shartlarinigina bajarish, uni ham talab darajasida o‘quvchilarning mustaqil fikrlashi asosida bajartirilmasligi o‘quvchilarning tilni amaliy o‘zlashtirishlariga salbiy ta’sir etmoqda. Boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy saviyasining pastligi, boz ustiga darsga alohida tayyorgarlik ko‘rmasligi ona tili o‘qitish darajasini pasaytirib yuborayotganidan ko‘z yumib bo‘lmaydi. Holbuki, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi“da ta’lim oluvchilarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish“ vazifalari aniq-ravshan belgilab berilgan.
O‘quvchilarning matnni tushunish darajasini psixolog V.P.Belyanskiy 3 darajaga ajratgan edi. 1.Boshlang‘ich daraja. Tinglovchining nutqiy bayonning asosiy predmeti va gap nima haqda ekanini tushunishidir. 2.Mazmun-mundarijani tushunish darajasi. Bunda tinglovchi so‘zlovchi bayon qilayotgan nutqning nima haqda ekanini anglaydi. 3.Eng yuqori daraja. U nutqda bayon qilinayotgan fikr nima uchun va qanday lisoniy vositalar bilan berilganining tushunilishi bilan xarakterlanadi[
Xulosa qilib aytganda, so‘z ustidagi ishlarni o‘quvchilarning lug‘aviy birliklarni o‘zlashtirish, fikr bayonida maqsadga muvofiq so‘z qo‘llash madaniyatini egallash tarzida umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarida barcha fanlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirish omili sifatida belgilash mumkin.

Yüklə 296,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin