Boshlang'ich sinf o’quvchilariga ona haqidagi asarlarni o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan. Reja: kirish


I-IV sinflarda hadislarni o'qitishda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o'yinlar



Yüklə 449,37 Kb.
səhifə12/15
tarix13.02.2023
ölçüsü449,37 Kb.
#84159
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
2 5199617163794586071

I-IV sinflarda hadislarni o'qitishda qo'llash mumkin bo'lgan didaktik o'yinlar

Poezddagi sayohat” o'yini


Ushbu didaktik o'yinda sinf o'quvchilari uch guruhga ajratiladi va har bir guruh biror chiroyli nom bilan nomlanadi. Albatta nomlar ham mazmunan hadislarga yaqinroq bo'lishi yoki istiqlolni ifodalovchi, milliylikni aks ettira oladigan bo'lishi kerak. Masalan, “Sahobalar”, “Muhaddislar”, “Kelajak”, “Humo”, “Istiqlol” kabi nomlarni berish. Bu uch guruh bitta poezddagi uchta vagonga oldinma ketin joylashib, sayohat qilishlari lozim. Lekin, kim birinchi vagonda ketishi noaniq. Bu noaniqlikka aniqlik kiritish uchun o'quvchilar quyidagi to'rtta shartni bajarishlari va birinchi vagonga harakat qilishlari lozim. Shartlar esa quyidagicha:

  1. Shart. “Odob inson ko'rki”.

Bu shartda har bir guruh bir-biriga hadislar aytadi. qaysi guruh ko'p va mazmunli hadis aytganligiga qarab, ushbu shartning g'olibiga aylanishi mumkin. O'quvchilar bu shart orqali ko'proq hadislar yodlashga harakat qilishadi.

  1. Shart. “Zehnu zakovat”.

Bu shartda guruhlar bir-biriga hadislaming birinchi qismini aytadi, ikkinchi guruh esa davom ettirib ketaveradi. qaysi guruh hadis aytolmasa yoki hadisning davomini topa olmasa o'yindan chiqib turadi. Huddi shunday o'yin davom etib ketadi. Masalan, birinchi guruh “Safar qilinglar...” desa, ikkinchi guruh “Sog'lom bo'lasizlar”, ya'ni bunda “Safar qilinglar-sog'lom bo'lasizlar” hadisini aytishlari kerak. Endi uchinchi guruh “Uch toifa odam jannatga kirmaydi...” desa, birinchi guruh “1. Ota-onasini ranjitgan, 2. Mayxo'r, 3. Berganini minnat qiluvchi kishi” deya davom ettirib boraveradi.3. Shart. “Oltin toj” o'yini.
Bunda o'quvchilar “Oltin toj” o'yinini o'ynashadi, ya'ni qo'yidagi rasmdan foydalanib o'ynaydi.



Ushbu rasmdagi har bitta topshiriq yoki savol yashirin savollardan hadislar


haqidagi topshiriqlardan iborat bo'lgan rasmlardan tashkil qilinadi va bu topshiriqlar bajarilishi uchun uch guruhning sardori o'zaro bellashishadi. Har bitta savolga javob yozishga harakat qilishadi.

  1. Shart. “Kim zukko”.

Ushbu shartda har bir guruh konvertdagi to'rtta hadisning mazmunini gapirib beradi.
Har bitta shartga eng yuqori ball uch ball qo'yiladi. O'quvchilaming shartlarda to'plagan ballariga qarab, vagonlardagi o'rinlarning almashinish jarayoni sodir bo'ladi. Eng yuqori ballni qo'lga kiritgan guruh birinchi vagondan joy olishi mumkin.
Ushbu didaktik o'yinni dars davomida qo'llashdan asosiy maqsad o'quvchilarga hadislarni va hadislarga bog'langan odob ahloq ko'rinishlarini boshlang'ich sinf o'quvchilariga singdirish hadislarni o'qitish uchun didaktik o'yinlardan foydalangan holda kichik maktab yoshidagi bolalarga ta'lim- tarbiyaning yuksak ko'rinishlarini shakllantirishdan iborat. Ushbu didaktik o'yinni “Odobnoma”, “O'qish” darslarida qo'llash mumkin va ushbu didaktik o'yin orqali o'quvchilarni ham mustaqil fikrlashga, ham hadislarni o'rganishga chorlash mumkin.
Boshlang'ich sinflarda dars davomida bunday didaktik o'yinlardan “Sirli sandiq”, “Bahoroyning savollari”, “Zanjir”, “Imom al Buxoriy aytadi” kabi bir qancha turlaridan hadislarni o'qitishda foydalanish mumkin.
Yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning joriy etilishining faqatgina dars davomida darslardagi mavzularga o'z ta'sirini ko'rsatib qolmay balki, baholash mezonining o'zgarishiga ham sabab bo'ldi. Shuni alohida ta'kidlash kerakki, bugungi kunda ball sistemasi asosidagi reyting tizimida o'quvchilarni baholash, ball olish masalalari MSTI, ya'ni majburiy standart tekshiruv ishlarini o'quvchilardan tez-tez olib turilishi albatta o'quvchilarda bilim va ko'nikmaning shakllanishidagi asosiy vositalardan biri bo'ladi. Boshlang'ich sinflarda hadislarni o'qitish jarayonida ham huddi shu tizimdan foydalanish va rag'bat
kartochkalaridan, tarqatma materiallardan foydalanish samarali natija beradi.
Didaktik o'yinlardan yana biri “Kim topqir” o'yinidir.
Kim topqir” o'yini
Hadislarni o'rgatishda “Kim topqir” o'yinini o'ynatish quyidagicha amalga oshiriladi. Sinf o'quvchilaridan to'rttasi doska yoniga chiqarilib, o'quvchilarga teskari qaratilib qo'yiladi va ularning orqasiga hadis ilmi bilan bog'liq tushunchalar yoki mashhur hadisshunoslarning ismlari yozib qo'yilgan taxtachalar ilinadi. So'ngra bu to'rt o'quvchi o'quvchilarga qaraydi. Ularga 5-6 imkoniyat beriladi. Ular 5 yoki 6 savolni o'quvchilarga berish orqali o'zlarining kim yoki nima ekanligini aniqlashadi. Savollar “aylanma” savol yoki “ilgakli” savollardan bo'lib, to'g'ridan-to'g'ri “Men hadismanmi?” yoki “Men Imom al Buxoriymanmi?” deya savol berish o'yin qoidasining buzilishini ko'rsatadi. Bu o'yin ham o'quvchilarni o'ylashga, fikrlashga, hadislar haqidagi barcha ma'lumotlarni to'plab qayta ishlashga, ya'ni analiz-sintez jarayonining olib borilishiga zamin hozirlaydi.
Zanjir” o'yini
Ushbu o'yinda o'quvchilardan ettitasi ishtirok etadi. Bunda birinchi o'quvchi bir varaqchaga hadisning bosh qismini yozadi. Ikkinchi o'quvchi uni to'ldiradi va u endi boshqa bir hadisning bosh qismini yozadi. Keyingi o'quvchi ham bu hadisni to'ldiradi. Huddi shunday hadislar aylanib boraveradi. Lekin, kim hadis davomini yoza olmasa yoki o'zi hadis topa olmasa, zanjir o'sha erda uziladi va o'sha o'quvchi o'yindan chiqadi. Bu o'yinni butun sinf o'quvchilariga ham qo'llash mumkin. Ushbu o'yinning asosiy maqsadi o'quvchilarning eslash qobiliyatini o'stirish, qolaversa hadislar yuzasidan fikrlashga qiziqtirishdir.
Bahoroyning savollari” o'yini
Bu o'yin boshqa o'yinlardan texnikaviy jihatdan ancha farqlanadi va o'yindagi mazmun mohiyat quyidagicha. Bahor qizi tasviri tushirilgan rasmda uning o'nta savoli va bu savollardan xohlaganini tanlash texnikasini avtomatlash- tirilgan qurilma orqali biz bir o'quvchidan xohlagan o'nta savoldan birini tanlashi mumkinligini aytamiz. U o'nta savolning birortasini tanlaydi. Deylik to'qqiz sonini tanladi. Shunda Bahoroy bizga to'qqiz sonining shartini ko'rsatadi. Ya'ni to'qqiz sonining sharti o'quvchi muhaddislar sultoni haqida ma'lumot berishi kerak. Albatta bunda savollar va shartlar o'quvchilaming bilim darajasi va yoshiga qarab beriladi. O'qituvchi o'zi aytmagan yoki b ermagan ma'lumotlar haqida savol b erishi noto'g'ri hisoblanadi.
Jimjitlik” o'yini
Bu o'yin o'quvchilarning hayolini, tasavvurini va fikrlashini kengaytirishga xizmat qiluvchi o'yin bo'lib, bunda o'quvchilar jim o'tirishadi. Ya'ni ular hech qanday so'z ishlatmaydi. O'qituvchi esa doskaga hadislar haqida savol yozadi yoki buyuk muhaddislar nomini, hadislarini yozib qo'yishi mumkin. O'quvchilar yozilgan hadis, savol yoki muhaddislar haqida tushunchalarini so'zsiz mimika orqali bayon etishga harakat qilishlari kerak. Bu o'yin turi ko'proq nutq o'stirishga bog'liq bo'lib, o'quvchilar qo'l harakatlari orqali fikrni ifodalashga harakat qilishadi.
Boshlang'ich sinflarda didaktik o'yinlar bilan bir qatorda albatta quyi sinf o'quvchilarining tarqoq diqqatini bir joyga to'plash maqsadida dam olish daqiqalari ham o'tkazilib boriladi. Dam olish daqiqalari mavzuga bog'langan holda tashkil qilinsa o'tilayotgan mavzu o'quvchilar ongida tezroq sintez qilinishi va o'qituvchi birgina dam olish daqiqasini o'tkazish orqali o'quvchida ushbu mavzuga bog'liq bo'lgan ko'plab tushunchalarni hosil qilishi mumkin.
Buyuk ajdodlarimiz merosini o'rganishda yoki hadislarni o'rganish jarayonida quyidagi dam olish daqiqalaridan yoki bolalarga muhaddislar haqidagi she'rlarni yodlatib, o'rgatib borish mumkin. Bu jarayonda o'quvchilar mexanik yodlagan so'zlarini takror aytish orqali mazmunini chaqishga harakat qiladi.
Dam olish daqiqasi
Tariximiz buyuk merosi,
O'zbek xalqining buyuk bobosi.
Jahonda dovrug'i bor ustoz muhaddis,
Yozib qoldirgan bizga necha ming hadis.
Samarqandga chorlar bizni bir maqbara,
Islom olamidagi ulug' ikkinchi Ka'ba Hadislarni o'rganib,
Odob nima anglaymiz.
Ota-ona hurmatin,
Bilib salom bergaymiz.
Hadis o'rgangan bola,
Zehnli bo'lar doim.
Imom al Buxoriy ham,
Bilsangiz buyuk olim.
Yoshlikdan olsak bilim,
Toshga o'yarmiz naqsh.
Keksayib olsak bilim,
Muzga bitarmiz shakl.
Shuning uchun donolar,
Deydilar o'rgan bilim.
Ilmda ko'p sinoat,
Ilmla yuksak elim.
Keltirilgan dam olish daqiqalarini o'quvchilarga yodlatish mobaynida ushbu hadislar va Imom al Buxoriy haqidagi fikrlami ifodalab, izohlab berish, ota-ona haqida ma’lumotga ega bo’lish, onaning o’gitlariga quloq solish, tushunarsiz so'zlarni tushuntirib o'tish va dam olish daqiqasini o'quvchilarning aqliy
salohiyatiga qarab o'rgatish lozimdir.
Demak, boshlang'ich sinflarda ona haqidagi asarlarni o'qitishda I-IV sinflardagi har bir sinf uchun mos keluvchi usullardan foydalanish va ushbu sinflarning aqliy qobiliyatiga e'tibor qaratgan holda osondan qiyinga qarab, oddiydan murakkabga tomon yo'naltirilgan usullarni va didaktik o'yinlarni qo'llash lozim. Usullardan III-IV sinflarda qo'llash mumkin bo'lganlarini I—II sinflarda qo'llash mumkin emas. Didaktik o'yinlar va dam olish daqiqalaridan ona gaqidagi asarlarni o'rgatishda foydalanish samarali natija b eradi.
Bugungi kunda yangi zamonaviy pedagogik texnologiyalarning darslarga joriy etilishi ushbu sinf o'quvchilarini kelajagi porloq, o'zbekiston yoshlari bo'lib etishishiga erishish uchun asosiy vosita sifatida ishlatish, mafkuramizdagi bo'shliqlarning oldini olishga yordam beruvchi, milliy istiqlol g'oyasi va ma'naviyatimiz shakllanishida bosh mezonlardan biri bo'lib xizmat qilishi mumkin.
Maktab dasturlarida ishlab chiqilgan nizomlar yoki tashkiliy faoliyat jarayonlarini kuzatganimizda shunday jarayonlarga duch kelamizki, maktabda boshlang’ich o’qish darslarida ona haqidagi asalarni o’rganish juda muhim rol o'ynaydi. Ona haqidagi asarlarni o’rganish tarbiya borasida o'quvchilar onggi va fikrlash qobiliyatiga juda katta ta'sir o'tkazadi.
Birinchi sinf o'quvchilari o'qishning bir necha turlarini, ya'ni, ravon, tez o'qishni, ayni paytda, turli janrdagi matnlarni o'qib, o'rganib olgan bo'ladilar. Ikkinchi sinf o'quvchilari bilan ana shu malakalarni takomillashtirishga qaratilgan ish tizimi olib boriladi. Bolalarning o'qish tezligini oshirish, ifodali o'qish malakalarini egallash, badiiy matn ustida ishlash, she'r va kichik matnlarni yod olish, tushunganlarini gapirib berish kabi ish turlarini ko'proq o'tkazish ko'zda tutiladi.
O'qish kitobida (“Bilim bog'i”), “Ona yurtim — oltin beshigim”, “Maktabim — kitobim — oftobim”, “Oltin kuz —hosiling yuz”, “Mehnat — baxt keltirar”, “Otalar so'zi —aqlning ko'zi”, “Kumush qish — misoli oqqush”, “Qushlar va
hayvonlar — bizning do'stimiz”, “Ertaklar — yaxshilikka yetaklar”, “Yoz — o'tadi soz” kabi bo'limlar mavjud. Har bir bo'lim bolalarga ta'lim berish bilan birga, bilim, malaka hosil qilish, ularda voqea, hodisalarga qiziqish uyg'otish, rasmlarni kuzatish, xulosalar chiqarishga o'rgatadi.
Kitobdagi rasmlar bolalarning his va tuyg'ularini, nutqlarini o'stirishga hamda ularni ijodiy tahlil qilishga mo'ljallangan. O'quvchilar rasmlarni tomosha qilib, tasvirlangan narsa, voqea-hodisalarga o'z munosabatlarini bildiradilar, ulardan zavq oladilar, o'zlari ham ijodiy ravishda asar mazmuniga mos rasmlar ishlashga, o'z taassurotlarini ifodalashga o'rganadilar.
Darslikda berilgan har bir matn o'quvchilarning fikrlash doiralarini o'stirish bilan birga, ularda tevarak-atrofga munosabat, odob-axloq malakalarini o'zlarida mujassamlash, asardagi qahramonlarga taqlid qilish, ulardagi eng yaxshi xislatlarni egallash, irodali, mehnatsevar, jasur, kamtar, vijdonli, mehribon va iltifotli bo'lish kabilarni o'zlashtirib borishga qaratilgan. Shuningdek, o'qiganlarini mazmunli qilib gapirib berish, fikrni jamlash, uzviylikka e'tibor berishga alohida ahamiyat qilinadi. Shunday qilinganda matn mazmunini o'zlashtirish ancha oson bo'ladi. O'qituvchi bolalarni darslikka nisbatan qanday munosabatda bo'lishga, undan ijodiy foydalanishga, mundarijasiga qarab kerakli asarni tez topish, o'qishga kirishish uchun ruhan tayyorlanish va shu talablarni bajarishga o'rgatadi. O'quvchilarning o'quv dasturi talablarini o'zlashtirishlari uchun sharoit yaratish, ularni darsda faol qatnashishga undash, o'zlashtirish sur'atlari va imkoniyatlariga qarab qo'shimcha vazifalar berish, darsning qiziqarli va samarali bo'lishi uchun mos vazifalardan unumli foydalanish, dars jarayonida bolalar jamoasi e'tiborini jalb qilgan holda muammoli vaziyatni yuzaga keltirish va uning yechimini topish, o'quvchilarning bilim, malakasini baholash, uyga beriladigan vazifalarni me'yorlash, ularning zo'riqishlarini oldini olish lozim.
O'qish darslariga quyidagi talablar qo'yiladi:

  • ta'lim va tarbiya maqsadining birligi;

  • ta'lim va tarbiya vazifalarining birligi;

  • ta'lim va tarbiya manbalarining uzviy bog'liqligi;

  • ta'lim va tarbiya metodlarining birligi.

  • Har bir dars pedagogik, psixologik, metodik tomondan to'g'ri tashkil etilishi, didaktik talablarga amal qilgan holda o'tkazilishi kerak. O'qituvchi darsda vaqtni to'g'ri taqsimlashi, undan unumli foydalanishi zarur. O'qish darsi o'zining mazmuni va mundarijasi jihatidan boshqa darslardan farq qilishi va ta'limda yetakchi ahamiyat kasb etishi kerak.

Darsni tashkil etishda bolalar e'tiborini qiziqarli misollarga jalb qilish, tasviriy san'at asarlarini maroq bilan tomosha qilishga qaratish, shu yo'sinda asosiy mavzuga o'tish lozim. O'qituvchi darsga tayyorgarlik ko'rishda, ko'rgazmali qurollar tayyorlashda o'quvchilarning didini, nafosat tarbiyasini o'stiradigan materiallar tanlashi, uning o'zi esa darega hamisha yaxshi kayfiyat bilan kirishi, o'quvchilarda ham yaxshi kayfiyat hosil qilishi kerak. Bunday sifatlar boshlang'ich sinf o'quvchilari uchun zaruriy odatga aylanishi lozim.
Darsda bolalarga to'la erkinlik berish, o'qituvchi bilan bolalar o'rtasida samimiy munosabat bo'lishi, ishonch va hurmat tobora ortib borishi kerak. O'tilgan mavzuni so'rashda ham, yangi mavzuni o'rgatishda ham bolalarning xotirasini mustahkamlovchi omillardan foydalanish, sezgi a'zolarining ishtirokini ku- chaytirish, ko'rish va eshitish faoliyatlarini rivojlantirish, ularning faolliklarini ta'kidlab, darsda yanada yaxshi qatnashishga undash lozim. Sinf xonasini dars o'tishga tayyorlash, ko'rsatiladigan ko'rgazmalar, o'qib beriladigan har bir matn yoki magnit tasmasidan eshittiriladigan yozuvlarni taxt qilib qo'yish, o'quvchilarni esa mas'uliyatni his etish va o'quv qurollarini taxt qilishga o'rgatish darsning samarali o'tishiga imkon beradi.
Mavzuning oson yoki murakkabligiga qarab, dars jarayonida vaziyatni o'zgartirish, muammoli o'qitish usulini keng qo'llash, interfaol metodlardan foydalanish yaxshi samara beradi. Bunda bolalar tomonidan darsning qanday o'zlashtirilayotganini kuzatib, ularning idrok etish faoliyatlarini, hissiyotlarini faollashtirish kerak. Shunday qilib, o'quvchilarni shaxs sifatida kamol topishlarini ta'minlovchi barcha vositalarni qo'llash orqali dars sifatining yaxshi bo'lishiga erishish mumkin.
Birinchi sinf o’qish kitobi darsligida 8- mart bayramiga va oanajonlarga oid mavzular deb darslikning 37- betidagi — Ona allasi”1 (rivoyat) hamda 38-betdagi Po’lat Mo’minning “Mehribon oyijonim” mavzularini olishimiz mumkin. Ushbu mavzular ‘Ko’klam -yashnaydi olam” bolimida berilgan bo’lib, yillik ish rejaga ko’ra 8-mart bayramiga to’g’ri keladi. “Ko'klam — yashnaydi olam” bo’limi 9 soatga mo’ljaqllangan. "Ko'klam — yashnaydi olam" bo'limida fasllar kelinchagi, yashash-yasharish faslining o'ziga xos xususiyatlari, inson hayoti va uning tabiatga ta'siri haqida hikoya qilingan asarlar o'rin olgan. O'quvchilarning sinfda va mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar:
1.Bahor. 2.Lola. 3.Ona allasi. 4.Mehribon oyijonim. 5.Bekinmachoq.
6.Qushcha. 7.Quyoshdan erta turib. 8.Navro'z bayrami. 9. Navro'z.
Ushbu mavzularni 8-mart bayrami arafasiga to’g’ri kelishini hisobga olib o’quvchilar bilan bayram haqida qisqacha suhbat o’tkazish mumkin. Bu suhbatda bayramning kimlarning bayrami ekanligi va ushbu bayramga biz qanday sovg’alar qilish mumkinligi haqida savol-javob o’tkaziladi. Darslikda keltirilgan she’rni yod olish orqali ularga chiroyli sovg’a qilish mumkinligini aytiladi.
Ona allasi2 (Rivoyat), Ushbu rivoyat orqali o’quvchilar ona allasini naqadar katta kuchga ega ekanligi va uning sehrli ohangi va jozibasi tufayli harbir farzand har tomonlama kamol topib tarbiya ko’rishi haqida bilib oladilar.
P’olat Mo’minning “Mehribon oyijonim” she’ri esa chin ma’noda o’quvchilarning onalari uchun bayram sovg’asi bo’lishi mumkin.
Juda ham a’losiz oyijon Juda ham donosiz oyijon Siz meni qo’zim deb sevasiz Nur to’la ko’zim deb sevasiz Oyijon oyijon oyijon Siz meni barchaga yaxshilab,
Quchasiz o’rgilib erkalab,
Shu aziz boshimni silaysiz menga baxt omonlik tilaysiz Oyijon oyijon oyijon

  1. sinf darsligida 8-martga oid alohida bo’lim ajratilgan bo’lib 8 soatga


mo’ljallangan. Ular quyidagi mavzuardan iborat:

8-mart - Onajonlar bayrami

1

Ona hurmati. Ona aziz

1







2

Rasm. T.G’oziyev.

1







3

11-nazorat ishi. Gullar suhbati.A Ahmedova.

1







4

Gullarni seving, gulllardek go’zal bo’lasiz. Marvaridgul.Mahmudova.

1







5

Haloskor. Y. abdullayeva

1







6

Navro’z-bahor bayrami. M.Alaviya.

1







7

Sumalak. (Rivoyat)

1







8

Qo’riqchi. M.Xidir.

1










Jami:

8-soat













  1. sinf «O'qish kitobi» materiallarining yillik rejalashtirilishi asosida yaratilgan. 3-sinfda o'qishni o'rganish uchun o'quv rejasida haftasiga 5 soat dars ajratilgan. Bu darslarda o'tilayotgan mavzular yuzasidan o'quvchilaming izchil, asosli, puxta bilim va malaka hosil qilishlarini ta'min etish lozim. Bunga o'quvchilarga ta'lim berishning asosiy vositasi - dars orqali erishiladi.3-sinf «0'qish kitobi»dagi mavzularni o'tishda o'quvchilaming o'qish texnikasi, bilim saviyasiga qarab darslarni ijodiy tashkil etish lozim.

O'qish va nutq o'stirish» dasturi Davlat ta'limi standart talablariga javob beruvchi konsepsiya asosida tuzilgan. Unda g'oyaviy, tematik, estetik, qisman mavsumiy tizimlar hisobga olingan. U o'z navbatida bolaning tevarak-atrofdagi voqelikni idrok etishini ko'zda tutadi. O'qish kitobi bosh mavzularming bunday tuzilishi, birinchidan, ta'lim-tarbiya berish uchun muhim bo'lgan adabiy, ilmiy-
ommabop asar namunalari bilan o'quvchilami tanishtiradi. Ikkinchidan,
o'quvchilami yuqori sinflarda adabiyot fanini o'rganishga tayyorlaydi.
Dasturda milliylik hisobga olingan hamda darslikdagi matnlarning xilma-xil bo'lishi nazarda tutilgan. Masalan, Abdurahmon Sa'diy, Abdulla Avloniy, Shuhrat, Oybek, Hamza, Cho'lpon, Quddus Muhammadiy, Mirkarim Osim, Erkin Vohidov, Xudoyberdi To'xtaboyev, Malik Murodov, Abdulla Oripov, Tohir Malik va boshqalarning boshlang'ich sinf o'quvchilarining bilim darajasi, yoshi, ruhiyatiga mos keladigan, ularning shaxsiy jihatlarini shakllantirishga ko'mak beradigan asarlari, Amir Temur o'gitlari, Alisher Navoiy hikmatlari, rivoyat, latifa, ibora hamda axloq-odobga oid hadislarni o'rganish e'tiborga olingan.
3-sinf o'quv dasturidan quyidagi bosh mavzular (bo'limlar) o'rin olgan:
«Ona bitta, Vatan yagona», «Xalq og'zaki ijodi^>, «Kuz manzarasi va mehnat», «O'tmishni o'rganish — burchimiz», «Kumush qish», «Vatan posbonlari», «Tengdoshlar», «Ulug'lardan o'rganmoq — oqillik», «Bahor manzarasi va mehnat». Bu bo'limlardagi materiallar bilan tanishish orqali o'quvchilar mustaqil O'zbekistonimizning ijtimoiy-ma'naviy hayoti tabiati vatanimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, mustaqillikni saqlab qolishda yoshlarning vazifalari haqidagi bilimlarga ega bo'ladilar. Ulug' ajdodlarimiz hayoti va faoliyatiga, o'zbek xalqining mehnatiga bag'ishlangan mavzularni o'rganish o'quvchilami ma'naviy, ma'rifiy va axloqiy jihatdan tarbiyalashda alohida o'rin tutadi. Shuningdek, bolalarda vatanparvarlik, mehnatsevarlik, halollik, chidamlilik, talabchanlik kabi sifatlarni tarbiyalashga, umuman, ma'naviy barkamol insonni tarbiyalab, voyaga yetkazishga ko'maklashadi. Zero, yoshlar mustaqil mamlakatimizning yetuk mutaxassislari bo'lishi uchun qayg'urish har birimizning muqaddas burchimizdir.
Dastur bo'limlaridan o'rin olgan ayrim mavzular orqali o'tmishdagi shart- sharoit, turmush tarzi haqida tushuncha beriladi. Vatanimiz sarhadlari, tabiati, jamiyat haqidagi bilimlari boyitiladi va umumlashtiriladi. Dasturda she'riy asarlarni yod oldirishga, turli janrlar; hikoya, she'r, ertak, masal, rivoyat, qo'shiq, doston, maqol, ibora, latifa, topishmoq va tez aytishlar bilan tanishtirishga e'tibor berilgan. O'quvchilar jonajon o'lka tabiatini muhofaza qilish haqidagi asarlarni, xalq og'zaki ijodi materiallarini chuqurroq o'rganadilar. Ular orqali bolalar Vatanimizning ramziy belgilari (bayroq, gerb, madhiya), O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, ulug' allomalarimiz al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu All ibn Sino, Amir Temur, Mirzo Ulug'bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur, Abdulla Avloniylarning xalq manfaati uchun kurashganlari haqida tushunchaga ega bo'lishlari talab qilinadi.
Yil davomida o'qish darslarida so'zlarni bo'g'inlarga bo'lmay, ovoz chiqarib, ifodali o'qish; bo'g'in tuzilishi murakkab bo'lgan so'zlarni bo'g'inlab o'qish; o'qiganda mazmun jihatdan muhim bo'lgan so'zlarni tovush kuchi bilan ajrata olish; gap va matn qismlari orasidagi to'xtamlarga rioya qilish o'rgatiladi. O'quvchilar o'quv yilining birinchi yarmida bir daqiqada 50-60 so'zdan iborat notanish matnni o'qish malakasini egallashlari nazarda tutiladi. O'quv yilining ikkinchi yarmida esa so'zlarni yaxlit (butunligicha), to'g'ri, ongli, yetarli tezlikda, ifodali o'qishlari zarur. (O'qish me'yori — bir daqiqada 65-75 so'zdan iborat bo'lib, notanish matnni o'qishlariga erishish lozim). 15
8-mart bayrami bahor bayrami hisoblagani uchun unga doir mavzular asosan bahor mavzusidagi bo’limlar ichida keladi. 3-sinf dasturida ham “Bayramingiz muborak” mavzusidagi she’ri “Keldi bahor - guI bahor” bo’limiga kiritilgan. Bu bo'limda bahor tabiati, bu faslning go'zalligi, kishilar mehnati, Navro'z bayrami, bahor faslidagi bayramlar, insonlarining tabiat bilan o'zaro munosabati, jonivorlarning hayoti haqidagi asarlar berilgan. 1O'quvchilarning sinfda va mustaqil o'qishlari lozim bo'lgan asarlar: 1. Erta bahor. 2. Bahor yaqin. 3. Tabiat bilan suhbat. 4. Boychechak. 5. Quyoncha. 6. Bayramingiz muborak. 7. Ko'klam yomg'iri. 8. Varrak. 9. Qaldirg'och. 10. Navro'z — yurtim bayrami. 11. Yurtim kamoli. 12. Daraxtlarni oqlaganda. 13. Lola.
BAYRAMINGIZ MUBORAK2

Yüklə 449,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin