Kop so'zning oziyaxshi,
Oz so'zning o 'zi yaxshi.
O'zbekistonning er osti va usti boyliklari juda ko'p. Biz bu bilan har qancha faxrlansak, g'ururlansak arziydi. Marmar toshimizning sifati, chidamliligi, ko'rkamligi jahonga mashhur. Tez aytishlarni bolaga o’rgatishda onaning o’rni beqiyos, Shu mavzuga bag'ishlangan tez aytish bolalarda ona-Vatanimiz boyligiga faxr hislarini yanada jo'sh urdirib yuboradi:
YuzgOnning marmari jahonga mashhur,
Bizning g'ozg'onchilar shuning uchun mag'rur.
ERTAKLAR
Xalq og'zaki poetik ijodidagi eng boy va rang-barang janrlardan bin ertakdir. Xalq tomonidan yaratilgan ko'plab ertaklarda bolalarning o'ziga xos hayoti chetlab o'tilmagan. Hatto, turli yoshdagi bolalar uchun juda ko'p maxsus ertaklar yaratilgan.
Ertakning muhim xususiyatlaridan bin uning hamisha xalq hayoti, kurashi, tarixi, ruhiy olami, dunyoqarashi, urf-odatlari bilan chambarchas bog'lanishi, insonlarga axloqiy va ma’naviy yo'ldosh bo'lib ketishidadir. Ertaklar insonning ma’naviy va jismoniy kuchiga ishonch ruhi bilan sug'orilgan bo'lib, ijobiy kuchlar tabiat va ijtimoiy hayotda o'ziga dushman bo'lgan kuchlarga qarshi kurashda doimo g'olib chiqadi. Xalq ertaklarida uni yaratuvchilarning dunyoqarashi, axloq normalari va boshqa ijtimoiy muhim masalalar odilona hal etiladi. Ertaklar sodda va tushunarli bo'lgani uchun har qanday kitobхonga tеz еtib boradi. Ular orqali ham insonning ijtimoiy axloq normalari shakllanadi.
Xalq ertaklarida el-yurtni ko'z qorachig'iday avaylab saqlovchi ajoyib qahramonlar ulug'lanadi; ayollaming haq-huquqlari himoya qilinadi; uzoq masofalar yaqin qilinadi; kishilar xarakteridagi yaramas odatlar, noma’qul illatlar tanqid ostiga olinadi; mardlik, epchillik, dovyuraklik, mehnatsevarlik, halollik, vafodorlik, saxiylik g'oyalari ulug'lanadi.
Xalq ertaklari o'z xususiyatlariga ko'ra bir necha turga bo'linadi: hayotiy ertaklar, hayvonlar haqidagi ertaklar, sehrli - afsonaviy ertaklar, ijtimoiy-maishiy ertaklar.
Bu yoshdagi bolalarga ko'proq ig'vo, g'iybat, munofiqlikdan yiroq bo'lgan ertaklar yoqadi. Negaki, chin, mukammal tarbiyali bola boshqalarga hech bir ozor etkazmasligini, takabburlik qilmasligini, hech kimga haqorat ko'zi bilan qaramasligini, rostgo'y bo'lishini kitobxonlar avvalgi davr bolalar kitobxonligida tavsiya etilgan ertaklar orqali bilib olishgan. Demak, o'zidan kattalarga hurmatli, kichiklarga shafqatli va marhamatli, kular yuzli, shirin so'zli va xushmuomala bo'ladi. Va’dasiga vafo qiladi, omonatga xiyonat qilmaydi. Ig'vo, g'iybat munofiqlikdan o'zini saqlaydi. Ota-onasining hurmatini bajo keltiradi. Ularni o'zidan rozi qilishga sa’y-harakat qiladi. Qarindosh-urug'laridan aloqasini uzmaydi, ularga mehr-oqibatli bo'ladi. Yomon yo'llardan, yaramas ishlardan, nojo'ya harakatlardan o'zini saqlaydi. Mana shularga o'xshash go'zal xislatli bolalarni el sevadi, e’zozlaydi. «Zumrad bilan Qimmat» ertagidagi Zumrad xuddi shunday hislatli obrazlardan biridir.
Zumrad! Xalq orzu qilgan, istagan, e’zozlagan qizlarning yorqin timsoli. Bugungi qizaloqlar Zumraddan qancha ibrat olishsa, Zumrad kabi chiroyli, odobli, muloyim, aqlli, mehnatsevar bo'lishsa arziydi. Qarang, - yo'lda lolalar,
rang-barang gullar uni ko'rib boshlarini egib, unga salom berar ekan. Zumrad maysalar ustida o'tirib dam olganida, gullar uni olqishlar, bulbullar quvonib, unga qo'shiqlar aytib berar ekan. Хo'sh, bunday maqtov, bunday e’zoz qaysi qizaloqqa yoqmaydi! Hammaga yoqadi. Bunga muyassar bo'lish uchun esa, tinimsiz mehnat qilish, kattalarning, ota-onalarning, muallimlarning o'git- nasihatlariga qattiq amal qilish kerak. Ana o'shandagina xuddi Zumrad kabi behisob boyli-gu shon-sharafga, hurmatga muyassar bo'lishi mumkin.
Zumrad aslida kim? U bir o'gay ona qo'lida so'kish, qarg'ish eshitib bir burda nonga muxtoj bo'lib yurgan qizcha. Zumrad el sevadigan darajada chiroyli, odobli, muloyim, aqlli. Uni bir ko'rgan, bir suhbatlashgan kishi yana ko'rsam, suhbatlashsam deb orzu qiladi.
Zumrad otasini, odamlarni yaxshi ko'radi, hayvonlarni, tabiatni, maysa-yu, o'tloqni sevadi, ularga xizmat qiladi. Hammasiga muloyim boqib, qo'li bilan silab-siypalab erkalaydi. Bundan gullar, o't-o'lanlar, bulbullar quvonib, unga qo'shiqlar aytib berishadi.
Zumrad mehnat bolasi. Mehnat qilgan elda aziz, deganlaridek, uning elib - yugurib ishlashi kampirga xush yoqadi. «Oppoq qizim, shirin qizim, do'mbog'im, munchog'im!» - deya uni erkalaydi, peshonasidan o'pib, sochini silaydi.
Zumrad halol-pokligi, shirin so'zligi, mehnatkashligi, kattani hurmat qilishi, kichikni e’zozlashi bilan sehrgarning muhabbatini qozonadi. SHu sababli sehrgar Zumradni tengsiz boylik bilan siylaydi, uni baxtiyor qiladi.
Mehnatkash xalq o'z farzandlarini xuddi Zumrad kabi ishchan, mehribon, iboli, boy-badavlat bo'lishini orzu qilgan. Lekin Qimmat kabi erka, tanti, ishyoqmaslarni yomon ko'rishgan. Qimmat obrazi har tomonlama hech narsada yo'q, ishlamay tishlashga o'rganib qolgan, injiq, muttaham va bedavo farzandni eslatadi.
Bizda va ayniqsa, ertaklarda o'zidan kattalarni hurmat qilish va keksalarni e’zozlash, odamoxunlik va mehnatsevarlik, iboli va hayolilik asosiy masalalardan biri hisoblanadi.
Xalqqa bunday o'zboshimcha qizu farzandiga to'g'ri tarbiya bera olmagan onaning keragi yo'q, degan gap yuradi. Shuning uchun har ikkalasi ham o'limga mahkum - ajdar yutib yuboradi. Bu хolga хalq aslo achinmaydi, aksincha, to'g'ri bo'libdi, deb mamnun bo'ladi.
Kitobxon bolalar ham hayotda Qimmat qiyofasiga tushib qolmaslik uchun o'zlarini o'nglab olishga, mehnatni sevishga, ko'proq dars qilishga, kitob o'qishga intiladigan bo'ladilar. Axir Qimmat ishyoqmasligi, odobsizligi tufayli uni juda ko'p narsalar xush ko'rmaydi. Hatto, uning yurish-turishi, xatti-harakati, kuchugu sehrgar kampirlarga ham ma’qul bo'lmaydi. Dangasaligi,
kekkayganligi, qo'rs -qo'polligi o'zining boshiga etadi.
3-sinf boshlang’ich darsligida berilgan ”Ona mehri” (Oktam Usmonov) ertagi yalmongiz kampir, ona va bola haqida. Ertakda yalmong’iz kampirning yovuzligi, jallodligi, ona va bolaga salbiy munosabati, onaning esa bolasiga mehribonligi, jasorati, mardligi, farzandi uchun jonini fdo qilishi namoyon etilgan.
Yalmongiz kampir ona va bolani o’g’irlab, yo’q qilmoqchi bo’ladi. Onani sinamoqchi bo’lib, o’z bolasini jarga uloqtirishini so’raydi, lekin ona bolasini avaylaydi, yalmong’izga chang soladi. Yalmong’izni g’azabi qaynab, ona-bolani qamab qo’yadi va onani bolasini o’ldirishini buyyradi. Ona bolasini o’ldirmasligini, uning o’rniga o’zini jzolashini aytadi. Yalmong’iz kampir bunday jasoratli onani ko’rmagan ekan. Ertakda barcha o’zbek onalari timsoli gavdalanadi. Bizning o’zbek onalari shunday mard, jasur, sabrli, irodali bir malakdir.
2.2. 2- sinf o’qish darslarida o’quvchilarga o na haqidagi asarlarni
o’rgatish usullari
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida ona haqidagi asarlar bola tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki oilada bola ona tarbiyasida voyaga yetadi. Onadan mehr oladi, ona mehri yordamida o’sib-ulg’ayadi, ota-ona ko’magida barkamol inson bo’lib voyaga yetadi. Boshlang’ich sinf darsliklarida berilgan ona haqidagi barcha asarlar mazmun - mohiyatiga ko’ra tarbiyaviy ahamiyatga ega.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida o'qitishning muvaffaqiyatini ta'minlaydigan omillardan yana biri ona haqidagi asarlarni o'qitishdir. 1-sinf “Ona allasi” (Rivoyat), ”Mehribon oyijonim” (Po’lat Mo’min) she’ri, — Ona sabog’i” (G’iyos Komilov) hikoyasi, “Ota-ona” (Tolib Yo’ldosh) she’ri, 2-sinf “Alisherning onasi” (Abdulla Oripov) she’ri, “Onam” (Umarali Qurbonov) she’ri, 3-sinf Go’zal fazilat - inson husni bo’limida “Onani rozi qilish haqida” (Hadis), “Ota-onani hurmatlash haqida” (Qobusnoma), “Bobur va Humoyun” (Primqul Qodirov) hikoyasi, “Ota-ona duosi” (Safo Ochil) she’ri, Primqul Qodirovning, “Ona mehri” (O’ktam Usmonov) ertak, 4-sinf “Shoira” (Hakim Nazir) hikoya, “To’maris” (Hamdam Sodiq) kabi hikoyalar berilgan bo’lib, o’quvchilar bu ona haqidagi asarlarni o’qib- o'rganishlari natijasida ushbu asarlarning badiiy estetik qadr- qimmatini chuqurroq o'zlashtirishga erishadilar. Boshlang’ich sinf darsligida berilgan ona haqidagi barcha asarlar o’quvchining yoshini hisobga olgan holda, uzluksiz ravishda mazmun jihatidan chiroyli bayon etilgan.
“O'qish kitobi” darsliklaridagi ona haqidagi asarlar sinfdan - sinfga o'tgan sari mavzu jihatidan ham, mazmun jihatidan ham kengayayib boradi.
sinfda o'rgatiladigan “Mehribon oyijonim”, she’rida qizchaning onasiga atgan so’zlari aks etsa, “Ona allasi” rivoyatida podshohning alla eshitib onasini yod olgani namoyon etiladi. “Ona sabog’i” hikoyasida buyuk munajjim, shoh va shoir Bobur bilan onasining suhbati aks ettirilgan, “Ota-ona” she’rida esa to’kis oila haqida fikr yuritiladi.
sinfda berilgan “Alisherning onasi” sherida Alisherning munis onasi aks etadi, “Onam” sherida ham bolaning onasiga mehri jo’shqin kuylanadi.
sinfda “Onani rozi qilish haqida” hadis berilgan bo’lib, onani rozi qilish haqida so’z boradi, “Ota-onani hurmatlash haqida” Qobusnomadah parcha berilgan bo’lib, farzand tarbiyasi haqida nasihatlar berilgan, “Bobur va Humoyun” hikoyasida betob Boburmirzoning ota-onasining nolasi aks etadi, “Ota-ona duosi” she’rida ota-ona duosi haqida so’z borsa, “Ona mehri” ertagi orqali onaning jasorati va ona va yalmong’iz kampirning munosabati namoyon bo’ladi.
4-sinfda “Shoira” hikoyasi orqali mehmatkash, mehribon, aqlli, dono, Shoira qiz haqida fikrlar bildirilsa, “To’maris” hikoyasida esa o’z ona yerini himoya qilgan mard, jasur, To’maris haqida so’z boradi. Bu kabi asarlar orqali o’quvchilarni onaga mehribon, vatanga sadoqat ruhida tarbiyalab boriladi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida ona haqidagi asarlar matni shu bilan xarakterliki, o’quvchilar ona haqidagi matnlarni o’qish mobaynida onaga, vatanga bo’lgan munosabati ma’naviy jihatdan rivojlanib boradi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida ona haqidagi asarlar tahlili.
sinf o’qish kitobida berilgan G’iyos Komilovning “Ona sabog’i” matnida ona- bola o’zaro suhbatlashadilar. Matn orqali o’quvchilar osmon, suv, yomg’ir, bulutlar haqida bilib oladilar.
Ona sabog’i G’iyos Komilov1
Yoz oxirlab borayotgan damlar. Osmon ko‘zguday tiniq, musaffo. Yetti yashar mitti Zahiriddin onajonisining yonginasida Ona-bola o‘zaro suhbatlashadilar. Hozir farzandi derazadan ko'kka boqib qolgan edi. U osmondagi uyum-uyum paxtani eslatuvchi bulutlarga javdirab qarardi.
Aziz onajon, — dedi jajji Bobur,- shu bulutlarni qo‘l bilan ushlab bo‘la- dimi?
Voy bolajonim! — kuladi onasi. Momiq emaski, qo'l bilan tutib bo'lsa. Ular suv zarralari-ku. Faqat bug‘ holatida. Bug'lardan esa bulutlar paydo bo'ladi. Ular yomg‘ir yoki qorga aylanib yog‘ayotgandagina qo'lingizni tutsangiz -
Ha-a-a... angladim, angladim.
sinf o’qish kitobida “Ona allasi” haqida rivoyat berilgan bo’lib, bir podshohning alla eshitgani haqida fikr yuritilgan. Podshoh qo’shiq eshitgisi keladi, qo’shiqlar yoqmaydi. Lekin, bir onaxonni allasi yoqadi va podshoh allani eshitib yoshligi va onasi yodiga tushadi.
Ona allasi (Rivoyat)
Qadim zamonda bir podshoh bo’lgan ekan. U bir kuni qo’shiqchilarni chaqiribdi. Ularga navbatma-navbat kuylashni buyuribdi. Qo’shig’i yoqmaganlarni jazolabdi. Axiyri bir onaxonni keltiribdilar. U alla aytishni boshlabdi.
Podshoh esa qo’shiqni eshitib, yum-yum yig’labdi. Bu kuy unga muis onajonini, beg’ubor bolalaigini eslatibdi. Shuningdek, bu allada xalqning orzu- armonlari ham bayon etilgan ekan:
Senga qo’ydim yaxshi ot, alla,
Yaxshi niyatdir murod, alla.
Yurt-u elga suyanchiq, alla,
Senga bo’lg’usi qanot, alla.
“Mehribon oyijonim” deb nomlangan Po’lat Mo’minning she’ri berilgan.
Bu she’rda bola onasiga qarab so’zlaydi. Onasini uni yaxshi ko’rishini, ardoqlashini mehr bilan so’zlaydi.
1-sinf o’qish kitobida berilgan — Mehribon oyijonim” sherida jaji qizaloq onasini mehr bilan jo’shib maqtay boshlaydi.
Dostları ilə paylaş: |