Boshlang'ich sinf o’quvchilariga ona haqidagi asarlarni o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan. Reja: kirish



Yüklə 449,37 Kb.
səhifə6/15
tarix13.02.2023
ölçüsü449,37 Kb.
#84159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 5199617163794586071

Yolbarslardayyuraklim, alia,
Qoplonlarday bilaklm, alia.
Yaxshi-yomon kunimda, alla,
Menga juda keraklm alla.



Alla, bolam-ey, Guli lolam-ey. Tezroq katta bo'l, Mushtoq olam-ey. Alla, alla-ey, Yorqin kelajak, Seni kutajak.
Toza qalbingga Sevinch to'lajak. Alla, alla-ey.

Alla, erkatoy Og'zing to'la moy, Baxting munavvar, Sharofatga boy, Alla, alla-ey.
Alla erkatoy, Mushtoq senga toy, Uxlasang, qalbing Ochadi chiroy,
Alla, alla-ey.
Ona allasida bolasining ertasi, kelajagi porloq ekanligiga qattiq ishonch ko'pgina allalarda o'z ifodasini topganligini ko'ramiz. Quyidagi alla ana shulardan biri sifatida kitobxonda katta taassurot qoldiradi:
Ovuntirish - allani hamma aytadi - onalar, buvilar, bobolar aytishadi. Alla asta-sekin ommaviy qo'shiqqa aylanadi. Qo'shiqlar uzoq yillar davom etadi. Aytaylik, chaqaloqni birinchi bor beshikka solayotganda aytiladigan qo'shiqlar. Aslida beshik bir yog'och-taxta. Paxta, par va matolar bilan burkanganda u yumshoq, har qand ay murg'akka huzurbaxsh joy bo'lishi har bir beshik qo'shig'id a chiroyli ifodaga ega:
No'monov T. va boshqalar. Maqol va hikmatlar. “Ona tilimiz duru javohiridir”. - Namangan, 2013.
Beshigi taxta,
Orq asi paxta.
Egasi keldi,
Kuchugi qoch.
Ichida yotganni Bahrini och.
Chaqaloq beshikda maza qilib uxlab, orom olib bo'lgach, norasidani beshikdan olayotganda aytiladigan qo'shiq ham nihoyatda muxtasar aytilgan. Alloh beshikdagi chaqaloqqa xotirjamlikni ato etganligini, shu sababli hech qanday sharpa-dushman uning uyqusini buza olmasligini quyidagi to'rtlikdan bilib olish qiyin emas: T aqa-tuqi gavora bo'lsin,
Dushmani ovora bo'lsin.
Uyqusi beshikda qolsin,
Dushmani eshikda qolsin.
Xalqda chaqaloq uchun xavfli kunlar ham borligi alohida qo'shiqlarda ta’kidlanadi. To'qqiz kunlik bo'ldimi, tamom, u yashab qolishi, endilikda xavf- xatardan butunlay xo li bo'lib olganligi, do'st ustiga do'st orttirib shu xo nadonning haqiqiy a’zosiga aylanib qolganligi mana bu qo'shiqda to'la-to'kis ifoda etilgan:
To'qqizdan o'tdi bu bacha,
Endilikda o'lmas bu bacha.
Bog'larning g'o'rasi bu bacha,
Bolalar jo'rasi bu bacha.
Shu uyning to'risi bu bacha,
Shamsu qamaru sitora Hamrohi shu bacha.
Bu kabi aytishuv qo'shiqlari bolalarni mehnatkash, odob-axloqli, o'qimishli bo'lib kamol topishga da’vat etaveradi. Bunday qo'shiqlar qanotida o'sgan har bir bola sog'lom fikrli, el sevar bo'lishiga hech shubha yo'q.
Ona haqida berilgan barcha allalar bola tarbiyasida muhim hisoblanib, bolani vatanga sodiq bo’lib ulg’yishida, ota-onaga mehribon bo’lishida, katta bo’lganida ota-onasini xizmatida bo’lishida, vatan oldidagi burchini ado etishida katta ahamiyatga egadir.
MAQOL
Bolalar xalq og'zaki ijodida maqollar yetakchi o'rinda turadi. Xalq yaratgan g'oyat iхcham, chuqur va tugal ma,noli gaplar maqol, deb yuritiladi. Maqol хalqning, bir necha avlodlaraing aqlu farosati hamda turmush tajribasining yakuni, ular donishmandligining mahsulidir. MaqoПarda hayotning achchiq -chuchugini tatib ko'rgan, turmushdagi hodisalarga aql ko'zi bilan qaraydigan, sof vjdonli, olijanob, mehnatkash kishining biror voqea-hodisadan, biror kishidan yoki biror ishdan chiqargan xulosasi bayon qilinadi. Bu xulosa biror kishi uchun (ko'proq bolalar uchun) yo'l ko'rsatuvchi bo'lib xizmat qilishi mumkin. Maqollar xalqning aql-idroki, ijtimoiy-tarixiy tajribasi, kurashi hamda mehnatining badiiy ifodasi sifatida yaratilib kelinmoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda quyidagi maqol muhim tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi:
Onayurting omon bolsa,
Rangi ro'ying somon bolmas.
Maqollar chuqur ma’noni ifoda eta bilishi, ixcham, pishiq va puxtaligi bilan xalq og'zaki ijodining boshqa janr turlaridan farq qiladi. Ularda mehnatkash xalqning orzu-umidlari, o'zaro munosabatlari, vatanparvarlik, insonparvarlik hislatlari, o'y-fikrlari o'ziga xos shaklda aks etgan bo'ladi. Shu sababdan ular bolalarni to'g'ri, mantiqiy fikrlashga, maqsadni qisqa, ixcham va lo'nda bayon etishga o'rgatadi, ularning badiiy didini oshiradi, tarixiy hodisalarning mohiyatini yaxshiroq, chuqurroq payqab olishga yordam beradi. Bundan tashqari, maqollar ona tilining eng nozik badiiy xususiyatlarini bilishga va so'z boyligini ham oshirishga ko'maklashuvchi bir vosita sifatida xizmat qiladi. Kuzatishlarimizdan shunday xulosaga keldikki, deyarli barcha maqollarda birinchi navbatda bola tarbiyasi - odob yotar ekan. Ona haqidagi maqollar ham bola tarbiyasida muhim.
“Avval salom, ba’daz kalom” maqolida salom tarbiya o’chog’i ekanligi igodalangan. Tarbiya avvalo oilada shakllanadi. Salom tarbiya maskanidir. Bolani salomga o’rgatish onaning vazifasidir.
“Bola aziz - odobi undan aziz”- maqolida esa bolaning ona uchun azizligi, odobli bola doimo aziz ekanligi ifodalangan.
“Onasini ko’rib, qizini ol”- maqolida ona timsoli qizida namoyon bo’ladi. Onani barcha harakatlarini o’rganib qiz voyaga yetadi. Qizga sovchi qo’yishganda shu maqol gavdalanadi.
“Otang bolasi bo'lma, odam bolasi bo'l”- maqolida bolaning otasining bolasi ekanligi, lekin, odam bolasi bo’lish uchun mehnat, mashaqqat lozimligi uqtirilgan.
”Ona kulsa, xona to’lar,
Ota kulsa, g’aming ketar”- maqolida onaning beg’ubor qiyofasi, ona bor uyda ko’ngil to’q ekanligi gavdalanadi.

  • Ona yerning tuprog’i ona sutidek aziz” - maqolida ona tuprog’ini ona sitidek aziz ekanligi namoyon etilgan.

“Ota rozi- xudo rozi”- maqolida otani ranjitmaslik kerakligi uqtiriladi.
—Onaning ko’ngli bolada,
Bolaning ko’ngli dalada”- maqolida onaning ko’ngli doim bolasida ekanligi, bolasining esa ko’ngli doim dalada, ya’ni onasini o’ylamasligi ko’rsatilgan.
“Ona bilan bola- gul bilan lola”- maqolida ona bilan bolani gul bilan lolaga qiyoslangan.
Bunday iboratomuz maqollar ro'yxatini yana cho'zish mumkin. Ularning harakat, intilish, kurashlarida yuqoridagi maqollarning o'rni, albatta katta bo'ladi
Ona haqidagi maqollarni o’rganich orqali bola to'g'ri so'z, odobli, aqlli bo'lib kamol top adi. Ana shunday bola bor ovoz bilan:

  • Ong kozimiz ochamiz,

Tong kozimiz ochamiz.
Boqamiz keng olamga,
Barchaga teng olamga! - deydigan bo'ladi..
Bola kamolotida birinchi navbatda salom-alik turadi. Salom-alikni o'rgangan, uni kanda qilmaydigan har bir bolaning ishi yurishadi, omadi chopaveradi. Axir xalq, - yaxshi gap bilan ilon inidan chiqadi, degan gapni bekorga aytmagan. Har qanday holatda ham salom og'irni yengil qiladi, oldindagi to'siq va g'oyalarni zabt etishda madodkor bo'ladi.
Har bir bola ilmli, uquvli, kasb-hunarli bo'lib kamol topishi uchun onaning o’rni begiyos. Аgar inson bunday хususiyatlarga ega bo'lsa, birinchi navbatda o'zi hayotda qiynalmay, o'zgalarga muhtoj bo'lmay umr kechiradi. Ikkinchidan, bunday zotlar o'z oilasini ham qiynalmay boqadi, ona-Vataniga ko'mak beradi. Xalq bu haqda bekorga mana bunday maqollar to'qimagan:
Bilim - kuchda,
Kuch - bilimda.
Gozallik - ilmu ma’rifatda.
Davlat tugar, bilim tugamas.
Ilm-aql bulog'i,
Aql - yashash chirog'i.
Ilmlining so'zi - o'q,
Ilmsizning so'zi - yo'q.
Oltin olma, bilim ol,
Bilim olsang, bilib ol.
O'unar oshatar, mehnat yashnatar.
O'unari borning oltin bilagi bor.
Bolalar xalq og'zaki ijodining, ayniqsa, ona haqidagi maqollar janrida kichikntoylarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga mo ljallangan asarlar alohida o'rinda turadi.
Bu mavzudagi maqollarning katta-ko'pchiligi bola hali maktabga chiqmasidan oldinoq ularga tanishtiriladi. Xalq maqollarida yaxshilik, halollik, to'g'rilik hamda rostgo'ylik ulug'lanib, yomonlik, yolg'onchilik va qalloblik qoralanadi. Yuqoridagi sharhlardan ko'rinadiki, ona haqidagi maqollarni tinglashda xalq maqolini qo'llab, etti o'lchab bir kesib yashagan inson hech qachon kam bo'lmaydi. Shu tariqa maqol janri rivojlanib, bolalarning ong-tushunchalarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
TOPISHMOQ
Qadim-qadim zamonlarda ham o'zbek xalqi o'z bolalarini kuchli, epchil, aqlli qilib tarbiyalashga katta ahamiyat bergan. Ona haqidagi topishmoq, jumboq singari aqliy o'yinlar ana shu savolga javob izlash jarayonida хalq tomonidan yaratilgan. Topishmoqlaraing ham ijodkori xalqdir.
Yuzaki qaraganda kattalar bilan bolalar, bolalar bilan kattalar o'rtasida topishmoqlar aytish, shunchaki bir ermakday tuyuladi, zerikmaslik uchun, vaqtni tez o'tkazishga qaratilganday ko'rinadi. Aslida esa topishmoqlar fikr qayrovidir, ular orqali bola obrazli fikrlaydigan va obrazli so'zlaydigan bo'ladi. Ona haqidagi topishmoqlar bolada so'z boyligini orta borishiga va nutqining o'sishiga yordam qiladi. Bolaga topishmoq topishni o'rgatish bilan unda fikrlashning asta-sekin yuksalishiga sabab bo'ladi. Demak, xalq og'zaki ijodining eng qadimgi va eng faol janrlaridan biri topishmoqdir.
Xalq og'zaki ijodining eng boy janrlaridan biri bo'lgan topishmoq ikki qismdan iborat bo'lib, topishmoqning asosiy qismi bo'lgan javob obrazlar orqali jumboqlangan ob’ekt-narsaning otini aytib berishdan iboratdir. Uning savol-jumboq qismi tabiat, tabiat hodisalari va narsalarni, umuman, ob’ektni badiiy tus berilgan holda obrazlashtirish, taqqoslash, o'xshatish orqali jumboqlashdan tashkil topgan. Topishmoqning jumboq qismi bilan javobi birlikda bir butunlikni tashkil etadi:
Bir otasi, bir onasi, necha yuz ming bolasi.(Quyosh, oy va yulduzlar)
Zero, topishmoq hozirgi vaqtda ham o'zining g'oyaviy, tarbiyaviy ahamiyatini yo'qotgan emas. O'ozirgi kunda ham har xil narsa va hodisalar haqida yangidan-yangi topishmoqlar yaratilmoqda. Topishmoqlar ayniqsa, kichkintoylarning fikrlash qobiliyatini o'stirishga, ularni muayyan bir fikrni badiiy tusda ifodalashga va ziyraklikka, topqirlikka o'rgatadi. Ayniqsa ota-ona haqidagi topishmoq bolani ota-onasiga mehribon qilib tarbiyalaydi:
Bog’imdagi qosh chinor. (ota-ona)
Xalq topishmoqlari orasida inson a’zolariga bag'ishlangan ko'plab topishmoqlar kichkintoylar quvonchiga-quvonch qo'shib kelmoqda. S hu narsa ham jozibaliki, chevar xalq o'zi to'qigan asarida inson a’zolariga alohida urg'u beradi. Har bir a’zoning inson hayotida juda katta ahamiyat kasb etishini pardoz-andoz
bilan tinglovchi ongiga yetkazadi. Ana shunday a’zolardan biri - tish topishmoqda yuksak darajada ta’rifga ega:

Yüklə 449,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin