Bitiruv malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv malakaviy ishning asosiy maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat: O ’qivchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirishda ona haqidagi asarlardan keng foydalanishni yo’lga qo’yishni ana shu orqali ularda odob-axloq malakalarini rivojlantirish.
Ushbu maqsadni amalga oshirishda quyidagi vazifalarni amalga oshirish ko’zda tutildi:
Mavzu yuzasidan adabiyotlar ko’rib chiqildi;
Bugungi kunda odob-axloq sifatlarni shakllantirishda o’qituvchilar duch keladigan muammolar o’rganib chiqildi;
Ona haqidagi asarlardan foydalanib o’quvchilarda axloqiy sifatlarni shakllantirish ishlarini amalga oshirish yo’llari o’rganilib, darslarda ulardan foydalanish yo’lga qo’yildi;
Mavzu yuzasidan tajriba sinov o’tkazilib, samarali metodlar tanlab olindi va tahlil qilindi;
Ona haqidagi asarlar orqali axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid darslar ishlanmasi tuzildi;
Bitiruv malakaviy ishini yozish jarayonida quyidagi vazifalarni bajarish ko’zda tutiladi:
Muammoning amaliyotdagi holatini aniqlash;
Darslarda o’quvchilarni faolligi, mustaqil fikrlashiga e’tibor qilish;
Axloqiy sifatlarni shakllantirishga oid bilimlarni shakllantirishda o’quvchilar duch keladigan qiyinchiliklarni aniqlash;
Odob-axloq qoidalarini o’rgatishning turli samarali yo’llarini ishlab chiqish;
O’qtiladigan mavzular yuzasidan darsning ishlanmasini ishlab chiqish va uni amaliyotda qo’llash;
O’tkazilgan tajriba ishlari natijalari tahlili asosida xulosa va tavsiyalar ishlab chiqish;
“Biz farzandlarimizni nafaqat jismoniy va sog’lom o’sishi, balki ularning zamonaviy intellektual bilimlarga ega bo’lgan, uyg’un rivojlangan inson bo’lib, XXI asr talablariga to’liq javob bera oladigan barkamol avlod bo’lib, voyaga yetishi uchun barcha sharoit va imkoniyatlarni yaratishni o’z oldimizga maqsad qilib qo’yganmiz”1.