Tanlangan ob’yektlar va tadqiqot usullari. Yuqoridagi ko’rsatib o’tilgan vazifalarni hal qilish maqsadida quyidagi tadqiqot metodlar qo’llanildi:
Davlat ta’lim standarti tahlili. Internet yangiliklari.
Mavzuga oid darslarni kuzatish.
O’qituvchi va o’quvchilar orasida so’rovnoma o’tkazish.
Tadqiqot natijalarini statistik tahlil qilish.
Ushbu bitiruv malakaviy ishni nazariy qismini amaliyotga tadbiq etishda tadqiqot ob’yekti sifatida Namangan shahar 7-umumta’lim maktabining boshlang’ich sinflari tanlab olindi.
’’O’zbek modeli” deb tan olingan ’’Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” odamlarning, birinchi navbatda unib o’sib kelayotgan avlodning ongida demokratik qadriyatlarni mustahkamlashga qaratilgan bo’lib, qisqacha aytganda bu dastur o’z fikriga, o’z qarashlari va qat’iy grajdanlik pozitsiyasiga ega bo’lgan, har tomonlama barkamol, yetuk va mustaqil fikrlaydigan shaxsni shakllantirishni maqsad qilib qo’ydi” . III Bitiruv malakaviy ishining nazariy va amaliy ahamiyati. Ushbu bitiruv malakaviy ishida keltirilgan nazariy fikrlar, adabiyotlar tahlili ishning nazariy ahamiyatini belgilab beradi. Malakaviy ishga doir tajribalar, metodik tavsiyalardan, boshlang’ich sinf o’quvchilari o’z pedagogik faoliyatlarida foydalanishlari mumkin. Bu ishning amaliy ahamiyatini belgilab beradi.
O’quvchilarni darslarda erkin fikrlashini faolligini ta’minlash mumkinligi nazariy jihatda asoslab berildi. Amaliy ahamiyati esa ushbu metodlar orqali tashkil etilgan darslar Davlat ta’lim standarslariga to’liq javob bera oladi.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibiy tuzilishi.Bitiruv malakaviy ish kirish, 2 bob, 7 band, tajriba-sinov ishlari, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I bob. Boshlang'ich sinflarda o'qish darslarini tashkil etishning nazariy