Boshlang'ich sinf o’quvchilariga ona haqidagi asarlarni o'rgatishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish usullari haqida fikr yuritilgan. Reja: kirish


asoslari Boshlang’ich sinf o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos



Yüklə 449,37 Kb.
səhifə5/15
tarix13.02.2023
ölçüsü449,37 Kb.
#84159
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
2 5199617163794586071

asoslari

  1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarini tashkil etishning o’ziga xos

xususiyatlari
Mustaqil O’zbekiston ta'lim muassasalarining odob -axloq tarbiya tizimi - bu o’zbek xalqining o’ziga xos milliy-madaniy fe'l-atvori, axloq qoidalariga va milliy mustaqillikni mustahkamlashning tarbiyaviy talablariga asoslanuvchi, xalq hayotining barcha jabhalari bilan chambarchas bog’liq, hech kimdan kam bo’lmagan barkamol avlodni shakllantirishning pedagogik jarayonidir.
O’zbek xalqining ma'naviyati haqiqatgo’y va adolatli bo’lish, jaholat va qabihlik yo’lini to’sish, insoniylik, birodarlik, mehmondo’stlik, poklik, xushxulqlilik, vatanparvarlik kabi insoniy fazilatlarni singdirishga chaqiradi. O’zbek xalqining urf-odatlari, turmush tarzi, ta'lim-tarbiya, ma'daniyat an'analari moziyning uzoq-uzoq asrlariga borib tarqaladi. Xozirgi va kelajak avlodlarimiz kishilari o’zbek milliy ma'naviyati, yaxshi bilimlari va unga rioya qilishlari lozim. Shundagina jamiyat to’q, farovon, kishilar osoyishta va madaniy hayot kechiradilar. Bu hamisha hamma avlod tomonidan e'tirof etilgan qoidadir.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslari o'z mohiyati, maqsad va vazifalariga ko'ra ta'lim tizimida alohida o'rin tutadi. Negaki uning zaminida savodxonlik va axloqiy-ta'limiy tarbiya asoslari turadi. Shuning uchun ham boshqa predmetlar ta'limini o'qish ta'limisiz tasavvur qilib bo'lmaydi. o'quvchi matnni to'g'ri, tez, tushunib o'qish, mazmunini o'zlashtirish bilan ilk bor o'qish darslarida yuzlashadi.
O'qish darslarda ona haqidagi asarlar orqali o'quvchilarning Davlat ta'lim standartlari (DTS) talablari bo'yicha o'zlashtirishlari ko'zda tutilgan o'quv-biluv ko'nikma-malakalari hamda bilimlarni egallashlariga yo'l ochiladi. Aynan o'qish ta'limida insonning, avvalo, o'zligini, qolaversa olamni anglashga bo'lgan intilishlariga turtki beriladi.
Shu maqsadda «O'qish kitobi» darsliklariga ona, ota-ona, ona tabiat, atrofimizni o'rab turgan olam, Vatanimiz tarixi va bugungi qiyofasi, kattalar va bolalar hayoti, mehnatsevarlik, istiqlol va milliy-ma'naviy qadriyatlar, xalqlar do'stligi va tinchlik kabi turli mavzular bo'yicha atroflicha tushunchalar berishga mo'ljallangan badiiy, axloqiy-ta'limiy, ilmiy-ommabop asarlar kiritiladi.
Boshlang'ich ta'lim bo'yicha DTS va “ O’qish” o'quv dasturida o'qish ta'limi oldiga qo'yilgan talablarni amalga oshirish sinfda o'qishni to'g'ri tashkil qilish, o'qitish bosqichlari, tamoyillari va metodlari, birinchi navbatda, ilg'or pedagogik texnologiyalardan o'rinli foydalanishga ko'p jihatdan bog'liqdir.
Ma'lumki, sinfda o'qish asosida badiiy va ilmiy-ommabop matnlar turadi. O'quvchilarni matn bilan tanishtirish o'qishga tayyorgarlik bosqichidan boshlanadi.
Tayyorgarlik bosqichi yozuvchilar haqida, onaga oid asarlar haqidagi ma'lumot berish, o'quvchilarni asarda tasvirlanadigan voqea-hodisalarni idrok qilish, asar pafosini his etish, notanish va ko'p ma'noli so'zlar, murakkabroq tarzdagi obrazli ifodalarni izohlash kabi masalalarni o'z ichiga oladi. Ona haqidagi asarlar ona, buvijonlar, opa - singillar haqida bo'lsa, bu asarlarni sinfda va sinfdan tashqari mashg’ulotlarda o'qish muvaffaqiyatini ta'minlashga xizmat qiladi.
Matn bilan dastlabki tanishuvdan so'ng quyidagicha savollar bilan murojaat qilish darsda o'quvchilarning faolligini oshiradi:

  1. Hikoyadagi qaysi ona epizodni qiziqarli deb o'ylaysiz?

  2. Hikoya qahramonlaridan qaysi birining xatti-harakatini ma'qullaysiz? qaysi birining fe'l-atvori, o'zini tutishi sizga yoqmadi?

  3. Hayotda shunday kishilarni, onalarni uchratganmisiz?

“O'qish kitobi” darsliklaridan turli mavzudagi asarlar o'rin olgan. Vatanparvarlik, atrofimizdagi olam, ota-onaga hurmat, onaga hurmatda, e’zozda bo’lish, mehnatsevarlik kabilar o'qish darsliklaridagi keng qamrovli mavzulardan bo'lib, 1-sinfda “ Biz -buyuklar avlodi” bo’limida “Ona sabogi” (Giyos Komilov), “Ko’klam - yashardi olam” bo’limida “Ona allasi” (Rivoyat), “Mehribon oyijonim” (Po’lat Mo’min), “Ota-ona” (Toloib Yo’ldosh), 2-sinfda “Zumrad bahor bahridiling ochar” bo’limida “ Alisherning onasi” ( Abdulla oripov), “Onam” (Umarali Qurbonov), “Ona yurtim-oltin beshigim” bo'limiga kiritilgan ‘O'zbekistonim” (H. Imonberdiev), “Istiqlol” (J. Jabborov), “O'lka” (E. Vohidov), “Yur tog'larga” (U. Nosir), 3-sinfda “Go’zal fazilat-inson husni” bo’limida “Onanai rozi qilish haqida” hadis, “ Ota-onani hurmatlash haqida” Qobusnoma, “Bobur va Humoyun” (Primqul Qodirov), “Ota-ona duosi”(Savo Ochil), Ona mehri,,(O,ktam Usmonov) ertagi, “Ona bitta, Vatan yagona” bo'limidagi “Vatanni suymak” (A. Avloniy), “Vatan mo''tabardir” (X. Davron), “Bilib qo'yki, seni Vatan kutadi” (Tohir Malik), 4-sinfda “O'zbekiston - Vatanim manim” bo'limidagi “Serquyosh o'lka” (Z. Diyor), “Iqboli buyuksan” (A.Oripov), “Toshkentnoma’ (M. Shayxzoda) kabi asarlar misolida atroflicha tahlilga tortiladi.
Boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'rganiladigan ona haqidagi asarlarning mavzu doirasi ancha keng bo'lib, ona, ota-ona, ona tabiat, yil fasllari, xalq og'zaki ijodi, mehnatga muhabbat, asosiy bayram sanalari, milliy istiqlol va ma'naviyat kabi umumiy mavzular doirasida birlashtirilgan.
Uzluksiz ta'limning boshqa bosqichlaridan farqli o'laroq, boshlang'ich sinflarning o'qish darslarida o'quvchilarning o'qish malakalarini shakllantirish, asar ona haqidagi matni ustida ishlash ta'limning didaktik maqsadi hisoblanadi. U turli mavzudagi, asosan ona haqidagi matnlar ustida ishlash orqali ma'naviy- ahloqiy, adabiy - estetik tarbiya bilan chambarchas bog'lab olib boriladi.
Shunga ko'ra o'qish darslarining yetakchi xususiyati ona haqidagi asarlarni o’rgatish o'quvchilarning savodxonligini ta'minlash, ota-onaga mehrli qilib tarbiyalash bilan birga badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish, milliy mafkura asosida yuksak axloqiy qadriyatlar ruhida tarbiyalashga qaratiladi.
O'qish ta'limi bo'yicha o'quvchilarni faqat ona haqidagi asarlarni matni bilan tanishtirish yordamida dastur talablariga javob berib bo'lmaydi. Negaki ona haqidagi asarlarni matni zaminidagi tarbiyaviy g'oya uni tushunish, idrok qilish natijasidagina ochiladi. Boshqacha aytganda, har qanday asardagi sehr -joziba matn zaminidagi yashirin mazmun-mohiyatni anglab yetilganda o'quvchi diqqatini o'ziga jalb etishi mumkin. Bunga adabiy-nazariy tushunchalarni o'zlashtirish, adabiy tahlil malakalarini shakllantirish orqali erishiladi.
Ona haqidagi asarlarni o’ragtish jarayonida o'qituvchi savollariga o'quvchilaming o'z so'zlari bilan javob berishi ham matnda tasvirlangan voqea - hodisalar yuzasidan mantiqiy fikrlashga, qahramonlarning xatti-harakatlarini to'g'ri baholashga yaqindan yordam beradi. Savollar uzuq-yuluq va mantiqsiz bo'lmasdan, qat'iy maqsad asosida izchil berilishi o'quvchilaming o'qilgan matn mohiyatini chuqur anglab yetisЫariga imkon yaratadi. Negaki har qanday javob mustaqillikni taqozo etadi.
Ta'kidlash joizki, o'quvchilaming o'zlarini ham savol tuzishga o'rgatish lozim. K. D. Ushinskiy qayd etganidek, to'g'ri qo'yilgan masalaning o'zi yarim javobdir. Matn yuzasidan savol tuzishda o'quvchining dars mavzusi bilan bog'liq jihatlarga e'tibor berishi asarda tasvirlangan voqea-hodisalar o'rtasidagi sababiy bog'lanishlarni bilib olishga, hayotiy xulosalar chiqarishga yo'l ochadi. Shuning uchun ham matn yuzasidan savol tuzish o'quvchini ongli va tushunib o'qishga yo'llaydi. Uning o'ziga xos xususiyatini o'quvchilarni badiiy adabiyotning sehrli olamiga olib kirish orqali dunyoqarashlarini milliy istiqlol mafkurasi asosida to'g'ri shakllantirishga qaratilishi bilan belgilanadi.
O'qish darslari uchun tanlangan mavzular o'quvchilarga kundalik hayot, mustaqillikni mustahkamlash va insoniy munosabatlar bo'yicha ham bilim va tarbiya berishni ko'zda tutadi. Bular ichida istiqlol, vatan, ma'naviyat va tabiat haqidagi mavzular alohida ajralib turadi. Ulardan ko'zlangan maqsad o'zlikni anglash, istiqlol, vatan va tabiat bilan bog'liq tuyg'ularini uyg'otishdir.
Tabiatga oid mavzular yordamida o'quvchilar tabiatdagi o'zgarishlar, yil fasllarining almashinuvi, hayvonot olamiga doir bilimlarni egallaydilar. Ular o'quvchilarni kuzatuvchanlikka, tabiatni sevishga, unga nisbatan to'g'ri munosabatda bo'lishga o'rgatadi.
Darsliklardagi har bir ona haqidagi mavzu uchun tanlangan matnlarning janriy rang-barangligiga, poetik mukammalligiga, o'quvchilaming bilim darajasi va yosh xususiyatlariga mos kelishiga alohida e'tibor qaratiladi.
Ijtimoiy-tarixiy mazmundagi mavzular Vatanimiz o'tmishi, ota - onaning farzandga mehri - muhabbati, xalqimiz hayoti, mardonavor kurashi, ulug' siymolar tomonidan amalga oshirilgan ishlar, tarixiy sanalar to'g'risida muayyan tasavvur beradi. Beruniy, Amir Temur, Alisher Navoiy, Bobur va boshqa ajdodlarimiz haqidagi asrlar shular jumlasidandir. Masalan, 3-sinf o’qish darsligida “Go’zal fazilat-inson husni” bo’limida “Bobur va Humoyun” matnida Humoyunning betob bo’lganida onasining iztirobidan Boburning o’rtangani va uning xudoga nolasi haqida fikr yuritiladi. Shundan ko’rinadiki ota me’rosi, ota-ona o’gitlari, ota-ona tarbiyasi, ayniqsa ona mehri bizga tarixdan me’ros bo’lib kelgan.
Bu xildagi asarlar o'quvchilarni faqat o'tmishimiz bilan tanishtirib qolmasdan, ota-ona oldidagi vazifasi, Vatan oldidagi farzandlik burchi va mas'uliyatini teran anglashga ham yordam beradi. Ularda Vatanga bo’lgan sadoqat, otaga bo’lgan do’stona munosabat, onaga bo’lgan muhabbat tuyg'usi shu tariqa shakllanadi.
Vatanimiz o'tmishi haqida hikoya qilingan ona haqidagi asarlar bilan tanishish va ularni tahlil qilish jarayonida o'quvchilar o'tmish bilan bugungi kunni taqqoslash imkoniga ega bo'ladilar. Ona jamiyat rivojining bir negizidir. Asarlarda onani vatanga qiyoslab o’rgatiladi. Demak, jamiyatda onaning orni beqiyos. O’quvchilar jamiyat taraqqiyoti xususida qisqacha bo'lsa-da, tushuncha hosil qiladilar. Bu borada ayniqsa, milliy istiqlol bilan bog'liq H. Imonberdievning “O'zbekistonim”, J. Jabborovning “Istiqlol” (2-sinf), A. Rustamovning “Bayroq nima?”, A. Obidjonning “O'ktam avlod” (3-sinf), S. Barnoevning “Mangulikka tatigulik kun”, Ullibibining “E'zoz” (4-sinf) mavzusidagi asarlari yaqindan yordam beradi.
Boshlang’ich sinf o’qish darslarida ona haqidagi asarlar matni ustida ishlash jarayonida ularning janriy hususiyatlaridan tashqari, onalar mavzusi ham nazarda tutiladi. Masalan, ona timsoli tasviriga oid matnlar ustida ishlashda tabiat bag'riga mangulik maydoniga sayohat uyushtirib, bolalar kuzatuvchanlikka o'rgatilsa, vatanparvarlikka oid asarlar tahlili vatanning dongdor kishilari bilan uchrashuvlar, qariyalar bilan,onaxonlar bilan uchrashuvlar, yoki mavzuga daxldor kinofilmlar namoyishi vositasida amalga oshirilsa, dars samaradorligi yanada ortadi.
Umuman “O'qish kitobi” darsliklaridagi barcha mavzular o'quvchilarga ta'lim-tarbiya berish bilan birga, ularning lug'atini boyitishga, og'zaki va yozma nutqini to'g'ri shakllantirish, nutq madaniyatini o'stirishga ham qaratiladi.
O'quvchilar darsliklar yordamida o'zlashtiriladigan bilim, ko'nikma va malakalarining kelajak hayotda zarur bo'lishini tushunib etishlariga erishish o'qituvchilar oldidagi muhim vazifalardandir.
O'qish darslari oldiga qo'yiladigan didaktik vazifalar quyidagilardan iborat:

  1. O'quvchilarda yaxshi o'qish sifatlari: to'g'ri, tez, ongli, ifodali o'qish malakalarini shakllantirish.

  2. O'quvchilarni kitobdan foydalanishga, undan kerakli bilimlarni olishga o'rgatish, kitobga muhabbat uyg'otish; ularni oddiy kitobxondan chuqur mulohaza yurituvchi, ijodkor kitobxon darajasiga ko'tarish.

  3. O'quvchilaming atrof-muhit, ota-ona, ona haqidagi bilimlarini kengaytirish va boyitish hamda ilmiy dunyoqarashlarini shakllantirish.

  4. O'quvchilami axloqiy, estetik jihatdan yetuk, ota-onaga, onaga mehr- muhabbat ruhida va mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash.

  5. O'quvchilaming bog'lanishli nutqini va adabiy estetik tafakkurini o'stirish.

  6. O'quvchilaming xayolot olamini boyitish.

  7. Adabiy tasavvur elementlarini shakllantirish.

Shuni unutmaslik kerakki, har bir ta'limiy vazifani bajarishning aniq va ilmiy metodik usullari mavjud bo'lib, ular zamonaviy o'qitish usullari bilan boyitib borilmoqda. Bu vazifalar boshqalari bilan o'zaro bog'liq holda sinf va sinfdan tashqari o'qish mashg'ulotlari jarayonida ona haqidagi asarlarni organish orqali hal qilinadi. Boshlang’ich sinf o’qish darsligida ona haqidgi asarlarni rejali ravishda o’rgatib borish, o’quvchilarni vatanga muhabbat ruhida tarbiyalashning bir me’zoni bo’lib xizmat qiladi.

  1. Boshlang’ich sinf o’qish darslarining ta’lim-tarbiya jarayonidagi o’rni

Boshlang’ich sinfda o’qish darsi o’z mazmuni, o’quvchilar fikrini, dunyoqarashini, nutqini, bola shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan boshqa o’quv-predmetlari orasida muhim o’rin tutadi. O’qish darslari jarayonida o’quvchilarning o’qish malakalari takomillashadi. O’quvchilaming to’g’ri, ravon, ongli va ifodali o’qish, badiiy asar g’oyasini tushunish, asar yoki voqea-hodisaga o’z fikrini bildira olishqobiliyatlari o’sib boradi. “O’qish kitobi” dagi turli she’rlar, hikoya va maqollarni o’qish va ular ustida ishlash natijasida o’quvchilarda borliq va voqelik haqidagi bilimlari, tushunchalari kengayib boradi. O’quvchilar ta’limning dastlabki kunlaridan boshlab tabiat, jamiyat, kishilar mehnati va hayvonlarning yashash faoliyatlari haqida va bir qator shunga o’xshash bilimlarni o’zlashtirib boradilar.
Birinchi sinfda savod o’rgatish davri tugagandan so’ng o’qish darslari boshlanadi va keyingi sinflarda davom ettiriladi.
Boshlang’ich sinf o’qituvchisi o’quvchilarga matematika, yozuv, tabiatshunoslik, rasm, musiqa, jismoniy tarbiya, mehnat ta’limi kabi fanlardan boshlang’ich bilimlarni berib boradilar. O’qituvchi uchun eng muhimi shundan iboratki, bola o’zi olayotgan bilim, unda shakllanadigan his -tuyg’u hayotda zarur va ahamiyatli ekanini tushunib yetsin. O’qish darsi orqali o’quvchilarga mana shunday xislatlarni singdirib boriladi. Bu o’rinda o’qish darslari muhim o’rin tutadi. Sinfda o’qish darslarida quyidagi vazifalar bajariladi:I

  1. O’qish malakalarini takomillashtirish, o’quvchilarda yaxshi o’qish sifatlari, to’g’ri, tez ongli, ifodali o’qish malakalarin shakllantirish;

  2. Bolalarda kitobga muhabbat uyg’otish,

Qanday tovushni anglatishini bilgan holda tez, ongli, to’g’ri va ifodali o’qiy
oladi.
O’qish darsini yaxshi o’zlashtirgan o’quvchi esa boshqa fanlarni ham tez va osongina o’zlashtiradi. Ana shunday ekan, savod o’rgatish davridan boshlaboq o’quvchilarni darsga qiziqishini oshirish, ularni to’g’ri, ravon, xatosiz, ifodali qilib o’qishga o’rgatib borish kerak.
O’qish darslari o’quvchilar fikrini va nutqini o’stirish, vatanga muhabbat ruhida tarbiyani amalga oshirish hamda o’quvchi shaxsini har tomonlama rivojlantiruvchi xususiyatlari bilan ham boshqa fanlar orasida alohida o’rin tutadi. Chunki o’qituvchi o’quvchilarga o’qishni tugutish bilan bir qatorda turli narsalar va ko’rgazmali qurollar yordamida ularning tasavvur tushunchalarini kengaytiradilar. Dars davomida o’tilgan turli badiiy asarlar orqali asarda ishtirok etgan obrazlar namunasida tarbiyaviy ta’sir o’tkaziladi.
Mana shu ta’sir o’quvchilar hayotida ijobiy o’zgarishlarni yuzaga keltirishi, ularni axloqiy yo’lga yetaklashi lozim.
O’qish darslarining asosiy qismini o’quvchilarning o’qishiga ajratish lozim. O’quvchilar turli xildagi aniq topshiriqlar asosida bir marta o’qitiladi va o’qish mas’uliyatlari orttirib boriladi. O’quvchilarga qo’yiladigan bunday talablar va topshiriqlar dastlab sodda va oson bo’lib, asta-sekin murakkablashtirib boriladi.
O’qish darslari davomida o’quvchilarning lug’at boyligini oshirish va nutq o’stirish masalasiga alohida e’tibor beriladi. O’qish darslarini o’tishda darslikdagi va boshqa turli xil rasmlardan foydalanib Shu asosda suhbat o’tkazish o’quvchilarning so’zlashuv natijasida og’zaki hikoya tuzdirish, she’r, topishmoq va maqollarni yoddan aytirish singari turli o’qitish usullaridan foydalanib darsni tashkil etish mumkin.
O’qish darslarida o’qitish va so’zlab berish jarayonida o’quvchilarning adabiy talaffuz normalariga rioya qilishlari talab qilinadi. Buning natijasida o’qituvchi o’quvchilarni tiniq va ravon so’zlashlari, har bir so’z tinglovchilar e’tiborini o’ziga jalb qilishi kabi nutq malakalarini egallashlariga katta hissa qo’shgan bo’ladi.
O’qish kitobidagi turli janrlarga xos bo’lgan badiiy asarlarni o’qish va ular ustida ishlash orqali o’quvchilarning borliq, voqelik haqidagi tasavvur
tushunchalari kengayadi.
Birinchi sinfda o’quvchilar ongli, to’g’ri va bir me’yorda bo’g’inlab o’qish malakalarini egallaydilar. Ayrim nutq tovushlarining talaffuzidagi qiyinchiliklar asta-sekin bartaraf etiladi. O’quvchilar o’qigan matnlarining mazmunini o’qituvchining yordamchi savollari asosida, hamda kichik hajmdagi matn mazmunini unga ishlangan rasmdan foydalanib so’zlab berishga o’rgatib boradilar.
Ikkinchi sinf o’quvchilarida so’zni butunicha o’qish malakalari shakllanadi va ongli, to’g’ri, ifodali o’qishga intilish yaqqol seziladi, o’qish tezligi ortadi. Ayrim matnlarni ovoz chiqarmay o’qiy boshlaydilar. O’qituvchi rahbarligida o’qilgan matndagi asosiy fikrni aniqlaydilar, undagi ayrim voqea-hodisalarni so’z bilan tasvirlashga o’rganadilar.

  1. sinfda o’quvchilar so’zlarni butunicha o’qish malakalarini to’la egallab, ongli va ifodali o’qishga ko’proq e’tibor qaratadilar. O’qilgan matn mazmunini mulohaza qilish, voqealar yo’nalishini aniqlash qobiliyatiga ega bo’ladilar. 3-sinf o’quvchilariga o’zaro fikr oliShuv jarayonida xalq maqollari va obrazli iboralardan o’rinli foydalanish adabiy talaffuz normalariga rioya qilish o’rgatiladi.

  2. sinfda esa o’quvchilar matndagi so’zlarni butunicha, ma’nosiga tushunib, to’g’ri o’qish malakalrini egallaydilar. O’qiganlari mazmunini qayta hikoyalash, matnlarni qismlarga bo’lish va sodda reja tuzish vazifalarini mustaqil bajara oladilar.

Yuqoridagi fikrlardan ko’rinib turibdiki, boshlang’ich sinflarda o’qish asosiy dars, o’quv-predmetlaridan biri sifatida o’qitib boriladi. Umuman olganda, boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’qishni o’rgatish ularga tarbiyaviy ta’sir etish bilan bog’liq holda amalga oshiriladi. Ya’ni boshlang’ich sinf o’quvchilariga darslar davomida bilim berish bilan bir qatorda ularga iroda, e’tiqod va yaxshi xislatlarni tarkib toptiriladi va ularni qiziqish, qobiliyat va iste’dodlarini o’stirish vazifalarini ham bajariladi. O’qish darslaridagi barcha asarlarni o’qitish orqali o’quvchilarga tarbiyaviy ta’sir o’tkazib boriladi.
Tarbiya - yosh avlodni muayyan maqsad yo’lida har tomonlama o’stirish uning ongi va hulq-atvorini tarkib toptirish jarayonidir. Tarbiyaning umumiy maqsadi o’zida ma’naviy boylikni, axloqiy poklik va jismoniy barkamollikni uyg’un tarkib toptirgan insonlarga xos bo’lgan barcha xislatlarni o’zida mujassamlashtirgan va har tomonlama rivojlangan shaxsni shakllantirishdan iborat.
Tarbiya jarayonida o’quvchilarning onginigina emas, balki. Uning xis- tuyg’ularini ham o’stirib borish unda jamiyatning shaxsga qo’yadigan ta’limiy va axloqiy talablariga muvofiq keladigan hulqiy malaka va ko’nikmalarini tarkib toptirish lozim. Tarbiya to’xtovsiz va sistemali ravishda olib borilishi zarur bo’lgan ko’p qirrali va murakkab jarayondir. Tarbiya berish qanchalik erta boshlansa u shuncha samarali bo’ladi. Shu o’rinda ushbu rivoyat juda ham qo’l keladi. Ibn Sino bobomizning oldiga bir chaqaloqni olib keladilar va “Biz b olamizga qachondan tarbiya berishni boshlasak bo’ladi”- deb so’raydilar. Shunda yosh kelin-kuyovdan Ibn Sino chaqaloqni tug’ilganiga qancha bo’ldi - deb so’raydilar. Ular olti oy deb javob beradilar. Ibn Sino chaqaloqning ota-onasiga “Sizlar tarbiya berishga olti oy kechikibsizlar,” - deydi.
Bu rivoyatdan ko’rinib turibdiki, tarbiyani hatto bolaning chaqaloqlik davridanoq boshlash, bolani kelajakda ilmli, tarbiyali, mehnatsevarligi va insonlar bilan bo’ladigan muloqoti bilan barcha insonlarning e’tiborini qozonadi. Shuning uchun Boshlang’ich sinf o’quvchilari bilan ishlaganda bu masalaga jiddiy e’tibor beriladi.
Ta’lim olish uchun maktabga kelgan har bir bola to’la tarbiya olib kelmaydi. Shuning uchun boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’limiy tushunchalarni berishdan oldin ularda tarbiyaviy masalalar yuzasidan ko’plab tushuntirish ishlarini olib borish lozim.
Boshlang’ich sinfda o’qituvchi bolalar ongini, dunyoqarashini qaysi tomonga bursa, ularning fikrlarini nimalar bilan boyitsa bu narsalar
o’quvchilarning xotirasida saqlanib qoladi. Zero, yoshlikda olingan bilim toshga o’yilgan naqsh kabidir, - deb bejiz aytilmagan. Shu jihatdan boshlang’ich sinflarda o’qish darslari muhim o’rin tutadi. Odob-axloq, hulq-atvor, do’stlik, o’rtoqlik, vatanparvarlik, mehnatsevarlik kabi barcha insoniy tuyg’ular asosan o’qish darslarida singdirib boriladi.
Maktabda boshlang’ich sinf o’quvchilariga ta’lim-tarbiya berish jarayoni tarbiyaning jamiyatimiz talab qiladigan maqsad hamda vazifalarni bajaruvchi, mavjud bilimga ega bo’lgan muallimlarning muayyan maqsadga qaratilgan ongli faoliyati natijasida vujudga keladiI. Maktabda o’quvchilarning ta’lim jarayonini takomillashuvi ta’lim-tarbiya nazariyasidagi barcha masalalarni maktabda ta’limning mazmuni, ta’lim printsiplari, o’qitishning shakl va usul, vositalari, ta’limni tashkil etish shakllari va bir qator vazifalarini mas’uliyat bilan bajarishni o’qituvchilardan talab qiladi.
Boshlang’ich sinflarda ta’lim-tarbiya ishlarini doimiy va uzviy bog’liq holda olib borish kerak. Boshlang’ich sinf o’quvchilariga o’qish darslari orqali ta’lim va tarbiyaviy bilimlar berib boriladi. Darslar davomida o’quvchilarga xulq insonning xatti-harakatida, insonlarga bo’lgan munosabatida, jamoat joylarida o’zini tutishda, odobida namoyon bo’ladigan iinsoniy tuyg’u ekanligi haqida tushunchalar berib borish zarur. Insonning xulqi uning har bir harakatida yaqqol ko’zga tashlanib turadi. Inson hulqi tufayli jamiyat orasida Shuhrat qozonadi, biror mavqega ega bo’ladi yoki badnom bo’lib, yoqimsiz bir shaxsga aylanib qolishi mumkinligini darslikda berilgan ta’lim-tarbiyaga oid asarlar orqali ularni tasavvur va tushunchalarini kengaytirib borish lozim. Boshlang’ich isnflarda o’qitiladigan har bir umumlashtiruvchi o’qish darslari ta’limiy, tarbiyaviy xarakterda bo’lishi kerak. Umuman olganda, boshlang’ich sinf o’qish darsini o’tishda dastlab ta’lim va tarbiyaga oid bilimlar berib borilishi, kelajak avlodni barkamol o’sib ulg’ayishiga mustahkam zamin hozirlaydi.

  1. Ta’lim jarayonida qo’llaniladigan texnik vositalar va ulardan foydalanishning ahamiyati

Hozirgi axborot texnologiyalarning jadal suratda rivojlanishi ta’lim tizimi va ta’lim jarayoniga zamonaviy yondoshuvni toqozo etaqdi. Ya’ni bugungi kunda ta’lim betrish mazmuni va sifati taraqqiyot natijasida o’zgarib yangilanib borar ekan endilikda ta’lim berish usullari va vositalarini ham o’zgartishimiz va yangilashimiz lozim bo’ladi. Ma’lumki, ta’limda turli usullar va o’qituvchi hikoyasi bilangina ta’lim sifatini yaxshilashga erishib bo’lmaydi. O’quvchilarga tegishli bilimlarni berishda va ularni har tomonlama o’zlashtirishlariga erishishda turli ta’lim vositalaridan foydalanamiz. Ular orasida texnik vosialar o’qituvchini ishini yengillashtiruvchi va ta’limni sifatli amalga oshiriishini ta’minlovchi muhim vosita hisoblanadi. Bugungi kunda, ayniqsa, ta’lim sifatini oshirish maqsadida turli xildagi texnik vositalar ishlab chiqilmoqda yoki ta’lim yo’nalishlarida foydalnish uchun moslashtirilmoqda. Ushbu texnik vositalariga avvallari magnitafon, kadaskop, televizor, filmaskop kabi bir qator vositalar kirgan bo’lsa, bugungi kunda ular o’rnini videoproyektor, kompyuter, kompyuter ekranlari kabi zamonaviy texnik vositalar egallamoqda. Texnik vositalar deganda faqatgina yuqorida keltirib o’tilgan vositalarnigina tushunmasligimiz lozim. Texnika vositalari qaysi fanda qo’llanilishiga qarab turli tuman bo’lishi mumkin. Masalan, fizika yoki kimyo fanlarida qo’llaniladigan yoki biologiya fanlarida qo’llaniladigan ayrim texnik vositalar o’rnini kompyuter ham bosa olmaydi. Masalan: mikroskopni olaylik. Mikroskop o’ta mayda detallarni kattalshtirib beruvchi qurilma hisoblanadi. U bajaradigan vazifani jonli tarzda kompyuter amalga oshira olmaydi. Lekin ijtimoiy fanlarni o’tishda kompyuter yoki shunga o’xshash texnik vositalar yetarlidir.
Ta'lim-tarbiya jarayonining sifati va samararadorligini oshirish ko'p jihatdan ta'lim vositalari bilan qay darajada ta'minlanganligiga bog'liq bo'ladi. Ta'lim vositalari - o'qitilishi va o'rganilishi lozim bo'lgan bilimlarni beruvchi har qanday axborot tashuvchi vositalardir. Ta'lim vositalarini foydalanilishi jihatidan quyidagi 3-qismga ajratish mumkin:

  • ta'lim beruvchi uchun;

  • ta'lim oluvchi uchun;

  • dars o'tkazish uchun. Quyidagi chizmada (2-ch izma) ta'lim vositalarining turlari keltirilgan.




Bundan tashqari ta'lim vositalarini xususiyatlariga ko'ra 3 turga ajratish mumkin: bosma, texnik va real vositalar.


Ta'lim vositalari turlari.

  1. Matnli. Ma'lumot olish va ma'lumotlarni qayta ishlash uchun:

  • o'quv dasturlari;

  • maxsus adabiyot (darslik);

  • maruza matnlari;

  • tarqatma materiallar;

  • imtihon va nazorat varaqalari.

  1. Tasvirli. Umumiy tasavvurni vujudga keltirish uchun.

  • fotosuratlar;

  • eskiz, chizma, sxemalar;

  • tasvirlar, jadvallar

  • simvollar;

  • plakatlar.

  1. Audiovizual.

Jarayonlar va ishlash mehanizmlari to'g'risidja tasvir va ovoz orqali tasavvumi vujudga keltirish uchun.

  • video filmlar;

  • kompakt disklar;

  • videokassetalar;

  • power point materiallari;

  • elektron darsliklar.

  1. Yordamchi (jihozli).

Tasvir va matnni yozish va saqlash uchun.

  • doskalar (bo'r, doska, oq doska, magnit doskasi);

  • “pinbord” doskasi;

  • videoproektor, videoproektor ekrani;

  • kodoskop;

  • kompyuter;

  • flipchart;

  • audiomagnitofon, videomagnitofon;

  • televizor.

  1. Haqiqiy.

O'rganilayotgan obyektlar haqida haqiqiy tasavvurni vujudga keltirish uchun.
Asbob-uskunalar, stanoklar;

  • Yarim tayyor va tayyor mahsulotlar;

  • Xom-ashyolar.

  1. Modelli.

O'rganilayotgan obyektning modeli orqali haqiqiy tasavvur hosil qilish uchun.

  • Modellar;

  • Plakatlar;

  • Trenajyorlar;

Nazariy darslarda ta'lim beruvchilar asosan matnli va yordamchi vositalardan, misol uchun darsliklar va tarqatma materiallardan hamda komp yuter vositalaridan foydalanadilar.I
Amaliy mashg'ulotlarda ular ko'proq tasvirli va real vositalardan, ya'ni eskiz, chizmalar va asb ob-uskunalardan foydalanadilar. Ovoz va tovushli (video), shuningdek, tasvirli tasavvurlarni shakllantiradigan audiovizual vositalar jarayonlar va vazifalar to'g'risidagi keng qamrovli real tasavvurlarni vujudga keltiradi. Yordamchi vositalar buning aksi o'laroq tasvir va matnlarni yozib olish imkonini beradi. Ular doska, flipchart, pinbord doskasi, kodoskop, videoproektor kabilardir.
Ish sohasiga tegishli real narsalar, ya'ni mahsulotlar, asboblar va boshqalar dars paytida didaktik funktsiyaga ega bo'lsa, o'quv vositasi sifatida qo'llanilishi mumkin. Ta'lim vositalaridan foydalanishda ularni muayyan maqsad, mo'ljallangan guruh, mahsus soha va metodlarga mos holda tanlash muhim o'rin tutadi. Bundan tashqari ta'lim beruvchi o'quv va ko'rgazmali vositalarni ishlata olishni va ulardan maqsadga muvofiq va oqilona tarzda foydalanishni bilishi kerak. Komp yuter vositalaridan foydalanayotganda yuzaga keladigan texnik muammolarni hal qila oladigan bo'lishi lozim.
Ta'lim jarayonida zamonaviy axborot texnologiyalarini qo'llash. Axborot obyektlar, hodisalar, jarayonlar haqidagi xabarlar to'plamidir. Olingan axborotlar belgili, matnli va grafikli ko'rinishda ifodalanadi. Belgili ko'rinishdagi axborot asosan harflar, raqamlar, belgilar ko'rinishidan iborat bo'ladi. Undan turli hodisalar haqida murakkab bo'lmagan signallarni uzatish uchun foydalaniladi. Masalan, ko'chadagi svetoforning yashil chirog'i transport va odamlarning harakatlanishini bildirsa, qizil chiroq esa, aksincha, harakatlanishni taqiqlaydi. Sariq chiroq esa ko'cha harakatini almashinishi haqida xabar beradi. Matnli ko'rinish axborotni tasvirlashning deyarli murakkab ko'rinishidir. Bunda ham yuqorida keltirilganidek, harflar, raqamlar, matematik belgilardan foydalaniladi. Lekin, axborotni tasvirlashda nafaqat mazkur belgilardan foydalanamiz, balki ularni tutgan o'rni ham muhim ahamiyatga egadir. Masalan, “nok” va “kon” so'zlari bir xil harflardan iborat bo'lsada, lekin turli xil axborotni bildiradi. Matnli belgilardan amalda juda keng foydalaniladi. Jahonda juda ko'plab kitoblar, oynomalar, kundalik ro'znomalar matnli ko'rinishda chop etilmoqda. Axborotni tasvirlashning juda katta va murakkab ko'rinishi grafikali ko'rinish hisoblanadi. Bunga turli xil shakllarning tabiiy ko'rinishi, fotografiya, chizmalar, sxemalar va rasmlar kiradi. Bir-birimiz bilan o'zaro almashinayotgan axborotlar nutq yoki yozma shaklda bo'lib, belgili axborotlar deb ataladi. Ular yozma matnlar, harflar, tinish belgilar, raqamlardan iborat bo'ladi. Og'zaki nutq ham belgilardan iborat, lekin bu belgilar yozma emas balki ovozlidir. Tilshunoslar buni fonemlar deb ataydilar. Fonemlardan so'zlar yig'iladi, so'zlardan esa iboralar hosil bo'ladi. Yozma belgilar va ovozlar o'rtasida to'g'ridan-to'g'ri aloqa mavjud. Dastlab ovoz, so'ngra yozuv paydo bo'lgan. Inson nutqini qog'ozga tushirishning zarurati tufayli, yozuvga ehtiyoj paydo bo'lgan. Alohida harflar yoki harflar birikmasi nutq ovozini, tinish belgilar esa pauzalarni, intonatsiyalarni ifodalaydi.
XX asming 70-yillarida mikroprotsessor texnologiyasini kashf etilishi va shaxsiy komp yuterlarning hayotimizga keng kirib kelishi, yangi axborot inqilobini vujudga keltirdi. Bu inqilob yangi soha hisoblanmish,
ya'ni bilimlarni ishlab chiqish uchun yangi texnologiyalar, uslublar, komp yuter vositalarini ishlab chiqarish bilan bog'liq axborot sanoatini rivojlanishini ilgari surmoqda. Axborot texnologiyalari, xususan telekommunikatsiyaning barcha turlari axborot sanoatiningeng muhim tarkibiy qismlaridan biridir.
Axborot texnologiyasi - obyekt, jarayon va hodisaning holati haqidagi yangi sifat axboroti olish uchun ma'lumotlar yig'ish, ishlov berish va uzatishning vosita va uslablarning jamlanmasidan foydalanadigan jarayondir.
Telekommunikatsiya - komp yuter tarmoqlari va zamonaviy texnik aloqa vositalari negizida ma'lumotlarni masofadan uzatishdir. Zamonaviy axborot texnologiyasi kom yuter texnikasi va aloqa vositalari sohasidagi yutuqlarga tayanadi. Hozirda kompyuter texnikasi va axborot texnologiyalarining gurkirab rivojlanishi turli xil axborotdan unumli foydalanishga qaratilgan axborot jamiyatining rivojlanishiga turtki bo'ldi. Bu jamiyatda ko'pchilik ishlovchilar axborot, uning oliy shakli bo'lmish bilimlarni ishlab chiqish, saqlash, ishlov berish va amalga oshirish bilan band bo'ladilar. Axborot jamiyatida komp yuterlashtirish jarayoni odamlarga ishonchli axborot manbalaridan foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarda axborotga ishlov berishni avtomatlashtirishning yuqori darajasini ta'minlashga imkon beradi. Bu jamiyatd a nafaqat ishlab chiqarish, balki butun turmush tarzi, qadriyatlar tizimi ham o'zgaradi. Jami faoliyat mahsulotlarni ishlab chiqarish va iste'mol etishga yo'naltirilgan sanoat jamiyatiga nisbatan axborot jamiyatida tafakkur, bilimlar ishlab chiqariladi va iste'mol etiladiki, bu holatlar aqliy mehnat ulushining oshishiga olib keladi. Har bir insondan ijodiyotga qobiliyat talab etiladiki, natijada bilimlarga bo'lgan ehtiyoj yanada oshadi. Ushbu jamiyatning moddiy va texnologik negizini komp yuter texnikasi va komp yuter tarmoqlari, axborot texnologiyalari, telekommunikatsiya aloqalari asosidagi turli xil tizimlar tashkil etadi. Jamiyatni axborotlashtirish jarayonida eng muhim tushunchalardan biri axborot zahiralari hisoblanadi. Axborot zahiralari - alohida hujjatlar, axborot tizimlari, ya'ni kutubxona, arxiv, fond, ma'lumotlar banklari, shuningdek boshqa axborot tizimlaridagi hujjatlar to'plamidir. Hozirda mul timedia” degan so'z kundalik faoliyatimizda juda ko'p ishlatilmoqda. Ta'limda multimedia texnologiyasini tadbiq etish uchun dastlab, “Multimedia nima o'zi?” degan savolga javob beraylik. Multimedia - tasvirli ma'lumotlar bilan ishlashga qodir bo'lgan vosita hisoblanadi. “Multimedia” so'zi lotincha “media” so'zidan olingan bo'lib, “ma'lumot tashuvchi vosita” degan ma'noni anglatadi. Mul timediali komp yuterlar so'z, musiqa va bosha ovozli ma'lumotlar, video ma'lumotlarni qabul qiladi va ular ustida ishlaydi. Ko'pgina mutaxassislar bu atamani turli xil izohlamoqdalar. Ularning fikrlarini umumlashtirib multimediaga shunday ta'rif berish mumkin: multimedia - bu informatikaning dasturiy va texnikaviy vositalari asosida axborotning an'anaviy va original turlari asosida o'quv materiallarini o'quvchilarga yetkazib berishning mujassamlashgan xoldagi ko'rinishidir. Multimedia hozirda juda tez gurkirab rivojlanayotgan zamonaviy axborot texnologiyasi bo'lib, u quyidagilarni o'z ichiga oladi:

  • an'anaviy axborot turlari, ya'ni matn, jadval, turli xil bezaklar va original axborot turlari, ya'ni nutq, musiqa, videofl mlardan parchalar, telekadrlar, animatsiya (ob'ektlarning fazodagi harakati) ko'rinishidagi axborot turlarini bir dasturiy mahsulotda mujassamlashtirilganligi;

  • video va audio axborotlarini komp yuterda qayta ishlash va aks ettirish uning markaziy protsessor tez harakatchanligi, ma'lumotlarni uzatish shinasining o'tkazish qobiliyati, operativ va video-xotira, katta sig'imli tashqi xotira, hajm va komp yuter kirish-chiqish kanallari bo'yicha almashuvi tezligini tahminan ikki baravar oshirilishi talab etiladi;

  • “inson-komp yuter” interaktiv muloqotining yangi darajasini ta'minlanishi. Bunda muloqot jarayonida foydalanuvchi ancha keng va har tomonlama axborotlarni oladiki, mazkur holat ta'lim, ishlash yoki dam olish sharoitlarini yaxshilashga imkon beradi.

Ta'lim jarayonida mul timedia vositalari yordamida darslarning samaradorligini oshirish hozirgi kunning dolzarb masalalaridandir. Rivojlangan xorijiy davlatlarda o'qitishning bu usulini ta'lim sohasining barcha yo'nalishlari bo'yicha tadbiq qilinmoqda. Hozirgi amaliyot shuni ko'rsatmoqdaki, mul timedia vositalari yordamida o'quvchilarni o'qitish ikki barobar samarali bo'lmoqda. Mazkur vosita yordamida o'qitishda an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o'rtacha 30% gacha vaqtni tejash mumkin hamda olingan bilimlar o'quvchilar xotirasida uzoq muddat saqlanib qoladi. Ma'lumki, eshitgan materialning to'rtdan bir qismi xotirada qoladigan bo'lsa, o'quvchilarga beriladigan materialning video (ko'rish) orqali amalga oshirsak, axborotni xotirada saqlanib qolishi va tasavvur qilish imkoniyachti 25-30% gacha ortadi. Shuningdek, mazkur o'quv materiallari audio, video, grafika ko'rinishida mujassamlashtirilgan holatda o'quvchilarga berilsa, materiallarni xotirada saqlab qolish 75% ga ortishi kuzatilmoqda.Ta'lim sohasida mul timedia vositalari yordamida o'quvchilarga bilim berish quyidagi afzalliklarga ega: I

  • ta'lim jarayonida berilayotgan materiallarni chuqurroq va mukammalroq o'zlashtirish imkoniyatining mavjudligi;

  • ma'lumotlarni vizuallashtirish imkoniyati;

- dars jarayonida bilim olish vaqtining qisqarishi natijasida vaqtni tejash
imkoniyatiga erishuvi;

  • olingan bilimlar kishi xotirasida uzoq muddat saqlanib, kerak bo'lganda amaliyotda qo'llash imkoniyatiga erishuvi. Lekin, mazkur vositalarni ta'lim jarayoniga qo'llashning ayrim muammolari ham mavjud bo'lib, u quyidagilardan iborat:

  • ta'lim uchun zarur bo'lgan o'quv materiallarini hamda boshqa zaruriy ko'rsatmalarni qo'llanma shaklida komp yuter dasturlari ko'rinishida ishlab chiqish;

  • ishlab chiqilgan komp yuter dasturlari uchun mul timedia elementlarini qo'llash.

O'quv materiallarini yaratish bo'yicha hozirda Respublikamizda ma lum bir ishlar qilinmoqda. Bunga yetakchi mutaxassislar jalb qilingan bo'lib, o'quv materiallari ta'lim yo'nilishlari bo'yicha yaratilmoqda. Komp yuter yordamida o'quv va didaktik materiallar deyarli professional darajada ishlab chiqilishi mumkin. Matnni qo'lyozma shaklida tayyorlab olish kerak. Matn tayyor bo'lgach, uni matni qayta ishlovchi dastur, misol uchun Word dasturi orqali komp yuterga kiritish mumkin. Grafiklarni kiritish uchun Power Point taqdimot dasturidan foydalaniladi. Ikkala dastur birga matn va grafik kombinatsiyasini amalga oshirishga yordam beradi. Microsoft Power Point - universal, imkoniyatlari keng bo'lgan, ko'rgazmali grafika amaliy dasturlari sirasiga kiradi va matn, rasm, chizma, grafiklar, animatsiya effektlari, ovoz, videorolik va boshqalardan tashkil topgan slaydlarni yarati sh imkoniyatini beradi.
Slayd - ma'lum bir o'lchovga ega bo'lgan muloqot varaqlari hisoblanadi. Unda bir maqsad bilan yaratilayotgan namoyish elementlari joylanadi. Slaydlar ketma-ketligidan iborat tayyor taqdimotni komp yuter ekranida, videoproektor yordamida katta ekranda namoyish qilish mumkin. Taqdimotni tashkil qilish - slaydlar ketma-ketligini loyihalash va jihozlash demakdir.
Taqdimot axborot texnologiyasining samaradorligi ko'p jihatdan taqdim etuvchi shaxsga, uning umumiy madaniyati, nutq madaniyati va hokazolarga bog'liq ekanligini ham unutmaslik lozim. Power Point dasturi Micros oft firmasining Windows qobig'i ostida yaratilgan bo'lib, ushbu dastur prezentatsiya (taqdimot qilish, ya'ni tanishtirish) bilan ishlash uchun eng qulay bo'lgan dasturiy vositalardan biridir. Bu dastur orqali barcha ko'rgazmali qurollarni yaratish va ba'zi joylarda esa ma'lumotlar bazasi sifatida ham qo'llash mumkin. Ayrim hollarda, bu dasturdan mul timedia vositalarini boshqarish va ularni qo'llab, namoyish etuvchi qurilmalarga yuborish vazifalarini ham bajarish mumkin. Power Point dasturida taqdimot materiallarini tayyolash quyidagi bosqichlardan iborat.

  • g'oyaning shakllanishi;

  • ma'lumot yig'ish;

  • reja tuzish;

  • matn tanlash;

  • dizayn tanlash;

  • animatsiya tanlash.

Taqdimot materiallarini tayyorlash bosqichlari. Yuqoridagi chizmadan ko'rinib turibdiki, taqdimot materiallarini tayyorlashning birinchi bosqichi tayyorlanadigan material bo'yicha g'oyaning shakllanishidir. Ya'ni material kimlar uchun mo'ljaHangan va qanday ko'rinishda bo'lishi to'g'risida yaratuvchida bir necha g'oyalar shakllanadi. Ikkinchi bosqichda materiallar bo'yicha kerakli ma'lumot yig'iladi. Ushbu ma'lumotlar mavzuiga taalluqli va aniq maqsadga qaratilgan bo'lishi lozim. Aks holda keraksiz va foydasiz ma'lumotlar yig'ilishiga hamda vaqtning behuda sarflanishiga olib keladi. Uchinchi bosqich - reja tuzish bosqichi hisoblanib, unda materillar saralanib olinadi va mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish rejalashtiriladi. To'rtinchi bosqichda saralab olingan materiallar ichidan slaydga beriladigan matn tanlab olinadi. Slaydlardagi matnlar juda ko'p bo'lishi maqsadga muvofiq emas. Matnlar qisqartirilgan ko'rinishda tanlab olinadi. Bir slayddagi matnlar 7-8 qatordan oshmasligi lozim. Ta'lim beruvchi dars jarayonida qisqartirilgan matnni og'zaki to'ldirilgan holda tushuntirib beradi. Dizayn tanlash bosqichida matnning shrift, matnga qo'shimcha rasm, chizma, grafika va ranglar tanlab olinadi. Shundan so'ng,

  • g'oyaning shakllanishi

  • matn tanlash

  • dizayn tanlash

  • reja tuzish

  • ma'lumot yig'ish

  • animatsiya tanlash ya'ni oltinchi bosqichda barcha tanlab olingan materillarga animatsiya qo'yiladi.

Animatsiyada matn va tasvirlarni harakatlantirish, unga ovoz berish imkoniyatlari mavjud. Animatsiyadan foydalanish materiallarni yanada jonliroq va qiziqarli bo'lishiga bo'lishiga olib keladi. Bu esa o'z navbatida ta'lim oluvchiga berilgan materiallarning uzoq vaqt xotirasida saqlanib qolishiga va ularning motivatsiyasining oshishiga yordam beradi.
II bob. Boshlang’ich sinf o’qish darslarida ona haqidagi asarlarni o’rgatishda
zamonaviy pedagogik texnologiyadan foydalanish

2.1. Boshlangich sinf o’qish darslarida xalq og’zaki ijodidan foydalanish orqali o’quvchilarning ona haqidagi tushunchalarini o’stirish
Folklor hamma zamoniarda ham ijod sarchashmasi hisoblanib keladi. Shuning uchun ham insoniyat alia, qo'shiqlar, afsonalar, ertak va dostonlarda o'zining yuksak orzu-umidlari, zavq-shavqi-yu, kurashlarini ifodalagan. Xalq og'zaki ijodi o'zining mazmunan rang-barangligi, yuksak g'oyalar bilan yo'g'rilganligi bilan yozma adabiyotdan ajralib turadi.
Bolalar folklori ko'pincha kattalar tomonidan ijod qilinadi, ba’zi hollarda bolalar o'z o'yinchoqlari asosida o'zlari ham alla, qo'shiq va ovunmachoqlar to'qiydilar. Bulaming hammasi bir bo'lib faqat yaxshi tarbiyani targ'ib qiladi. Bolalar xalq og'zaki ijodining pedagogika bilan bog'lanishi alladan boshlanadi. Alla ona timsolida gavdalanadi. Allaning bola tarbiyasida juda katta ahamiyati bor.
ALLA - QO'SHIQ
Alladir hayotda sevimli qo'shiq,
Onalar kuylaydi yurakdan jo'shib.
Bolasin umriga umrlar tilar,
Allaga dildagi niyatin qo'shib.
Bu qanday sinoat, men bilolmadim,
Ta’rifiga so'zlar topa olmadim
Allalar eshitib, o'sib-ulg'aydim,
Dard cheksam, allani tinglab sog'aydim!
Bu hammaning gapi, hammaning dil so'zi, hammaning allaga, onaga iqrornomasi, ta’zimi. Yoshi ulug'mi, kichikmi alla eshitgan, alla og'ushida, ta’sirida o'sgan, ulg'aygan, esini tanigan, kamol topgan, inson bo'lgan.
Alla xalq og'zaki ijodining eng oliy namunasi hisoblanadi. Allada onaning o'yi, xayoli, ezgu niyati, porloq kelajak uchun intilishi, kurashi o'z ifodasini topgan bo'ladi. Alla milat tanlamaydi, uning matnini tushunmasa-da, ohangi-kuyini eshitgan har bir inson bosh chayqaydi, beshik kabi ohista tebranadi, orom oladi, o'zini-o'zi taniydi, xayoli bolaligiga ketadi, hayotda yo'l qo'ygan xato va kamchiliklarini tuzatib olishga intiladi.
Alla qadimiy xalq qo'shig'i. Alla va beshik xamohang yuradi. Bu haqda buyuk alloma Abu Ali ibn Sim, - Bolaning mijozini kuchaytirmoq uchun unga ikki narsani qo'llamoq kerak. Biri bolani sekin-sekin tebratish, ikkinchisi, uni uxlatish uchun odat bo'lib qolgan musiqa va allalashdir. Shu ikkisini qabul qilish miqdoriga qarab bolaning tanasi bilan badan tarbiyaga va ruhi bilan musiqaga bo'lgan iste’dodi hosil qilinadi, - deb alla va beshikning norasida kamolotida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab o'tgan. Buni dildan his qilgan ona chaqalog'ini o'zi suyugan, e’zozlagan har narsadan yuqori qo'yib alla aytadi:
Sen bog'imning bahori,
Sen umrimning nahori,
Sen qalbimning ohori,
Onajoni shunqori, alla-yo, alla.
Odatda, onaning orzu-armonlari bir talay bo'ladi. Dilidagi ezgu niyatlarini allaga qo'shib jo'shib kuylaydi. Bola birinchi navbatda sog'lom fikrli, el-yurt o'g'loni bo'lib kamol topishi kerak. Mana bu allada shu g'oya yaqqol ko'zga tashlanib turadi:
Onasining erkasi,
Uxlab qolsin, alla-yo.
Bo'lsin inson sarasi,
Obro' olsin, alla-yo, alla.
Chaqaloq olamga kelishi bilan dastlab ota-onani taniydi. So'ng oila a’zolari, jonivorlar, parranda-yu, darrandalar bilan oshno bo'ladi. Tabiat insonga xizmat qiladi. Inson uni ehtiyot qilishi, parvarishlashi, o'stirishi, ko'paytirishi lozim. Shu ma’noda inson ruhiga o'z kuyi, qo'shig'i bilan quvonch bag'ishlaydigan qush- bulbulni ham ehtiyot qilishi zarurligi bir qator allalarning asosini tashkil etadi:
Bulbul sayrar yozina, alla-yo, alla,
Qulluq qush ovozina, alla-yo, alla.
Bermang bulbula ozor, alla-yo, alla,
Bulbul beozor qushdir, alla-yo, alia.1
Qadimda och-yupun hayot kechirgan mehnatkash xalq o'z farzandini kelajakda mard-pahlavon, botir bo'lib kamol topib yurt himoyachisiga aylanishiga umid bog'lagan. Shu bois ham alla-qo'shiqlarida farzandlarini yo'lbars yurakli, qoplon bilakli bo'lib kamol topishlari uchun allalar to'qib farzandi ongiga, shuuriga quyib tarbiya qilganlar:

Yüklə 449,37 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin