Yusuf Shomansur Sakkizinchi mart bugun, Quvonchlarim bir jahon.
15Boshlang'ich sin o'qish fanidan uzviylashtirilgan o’quv dasturini joriy etish bo’yicha tavsiyalar. Ziyonet.uz 2Umarova M . va boshqalar 3- sinfga o’qish darslari, T., 2010 yil
Bayramingiz muborak, Aziz ona — onajon!
So'zlari bol, durdona, Mehnatda eng mardona, olam ichra yagona, Sizsiz, ey aziz ona!..
Bizni yuvgan, to'ydirgan, Quvontirgan, kuldirgan,
Elga mehr qo'ydirgan, Onajonlar bo'ladi.
Shuning uchun mehribon, Onalarni ardoqlang.
A'lo o'qib doimo, Ona hurmatin oqlang.
Sakkizinchi mart bugun, Quvonchlarim bir jahon. Bayramingiz muborak, Aziz ona — onajon!
Ushbu she’r orqali o’quvchilarda onalarni o’z farzandlariga qay darajada mehnatlari singganini, ularni tarbiyalashda qanchalik zaxmatli yo’lni bosib o’tishini, borliqdagi barcha narsalarni tanishda ilk yo’l ko’rsatuvchi va bilim beruvchi onalarimiz ekanini singdirishimiz lozim.
sinf o’qish fani dasturida esa 8-martga oid mavzular umuman berilmagan. Bizning fikrimizcha 4-sinf dasturida 8-mart bayrami tarixi, qayerlarda ushbu bayram nishonlanishi haqida qisqacha ma’lumot berish va bayram tabrigini tayyorlash yuzasidan ma’lumotlar berish lozim. Chunki o’quvchilar 4-sinfga kelib tafakkur operatsiyalaridan tahlil, taqqoslash, xotira kabilar anchagina rivojlanganligi uchun bunday ma’lumotlar ularning kelgusida tarix va adabiyot fanlaridan ilk elementar bilimlar sifatida xizmat qiladi. Shu bilan birga o’quvchilarning 8- mart bayramiga oid mavzular orqali jamiyatimizda onalar, ayollarning rolini yanada yaxshiroq anglab olar edilar.