Boshqa iqtisodiy



Yüklə 117 Kb.
səhifə1/9
tarix17.02.2023
ölçüsü117 Kb.
#84768
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
олол


1.Moliyaning mohiyati va funksiyalari O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishgach, qisqa vaqt ichida davlatchiligini, mustaqil
moliya, kredit, sug‘urta va boshqa sohalarni shakllantirish, ular vositasida murakkab xo‘jalik va ijtimoiy jarayonlarni mohirlik bilan boshqarishni ham yo‘lga qo‘ya oldi. Iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichida moliya tizimining ahamiyati tobora ortib borishi moliya organlarining faoliyatiga talabni kuchaytirib yubormoqda. Moliya tizimining o‘ziga xos tomonlari shundaki, turlicha mulk subyektlarining xo‘jalik yuritishdagi teng huquq lmunosabatlarini o‘zida ifoda etadi. Respublikamiz moliya tizimini rivojlantirishda bevosita iqtisodchi mutaxassislarning roli kattadir. Bo‘lajak iqtisodchilarni oliy ta’lim muassasalarida olayotgan bilimlari orasida «Moliya» fanining alohida o‘ziga xos o‘rni mavjud.
2 Moliyaning funksiyalari Moliya o‘z mohiyatiga ko‘ra iqtisodiy kategoriya bo‘lib, hozirda ijtimoiy-siyosiy tuzumi turlicha bo‘lgan davlatlar tomonidan birdek foydalanilmoqda. Bu kategoriya boshqa iqtisodiy kategoriyalar (pul, foyda, tannarx, qiymat, kredit va h.k.) kabi jamiyatdagi ma’lum munosabatlar, mehnat mezoni va iste’mol me’yori, ishlab chiqarishni rag‘batlantirish, milliy daromadni taqsimlash kabi munosabatlarning mohiyatini ifodalaydi. Moliyaning mavjudligi, eng avvalo, jamiyatda tovar-pul munosabatlarining mavjudligi bilan bog‘liq. Moliya munosabatlarining rivojlanishi jamiyatdagi mehnat taqsimoti, mulkchilik shakllari, xo‘jalik yurituvchi subyektlarning tashkiliy-huquqiy faoliyatining iqtisodiy jihatdan alohidaligi hamda tashqi iqtisodiy aloqalar bilan ham bog‘liqdir. Milliy daromadning taqsimlanishi pul shaklida amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida hamda boshqa qonunlarda mulkchilikning turli shakllarida bo‘lishining mustahkamlanishi, tovar-pul munosabatlarining yanada rivojlanishi hamda bozor mexanizmining takomillashuviga olib keladi. Lekin pul moliya munosabatlarining barcha tomonlarini o‘z ichiga olmaydi. Moliya munosabatlarining mavzusi, asosan, davlat hamda korxonalarning pul fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish masalalaridan tashkil topadi. Shuning uchun ham moliyaning rivojlanishi davlatning rivojlanishi va uning zaxiralarga bo‘lgan ehtiyoji bilan bevosita bog‘liqdir. Moliyaning mohiyati, uning iqtisodiy kategoriya sifati ijtimoiy munosabatlar orqali ko‘rinib, o‘ziga xos vazifani bajaradi. Davlat hamda korxona va tashkilotlarning kengaytirilgan takror ishlab chiqarishni va ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish uchun zarur bo‘lgan pul mablag‘laridan davlat fondini tashkil qilish, taqsimlash va iste’mol qilish bilan bog‘liq bo‘lgan iqtisodiy munosabatlar jarayonida ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish ustidan nazorat va ijtimoiy mahsulotning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi sodir bo‘ladi.
3.Moliyaviy siyosatning amalga oshirilishini davlat tomonidan o’z funktsiyalari va dasturlarini (uzoq, o’rta va qisqa muddatli) bajarish uchun moliyaviy resurslarni mobilizatsiya qilish (jalb qilish), ularni taqsimlash va qayta taqsimlashga yo’naltirilgan davlat tadbirlarining majmui ta’minlaydi. Bu tadbirlarning orasida moliyaviy munosabatlarning shakllari va normalarini huquqiy reglamentatsiya qilish (tartibga solish) muhim o’rin egallaydi.O’z-o’zidan moliyaviy siyosat yaxshi yoki yomon bo’lishi mumkin emas. Uning yaxshi yoki yomon ekanligi jamiyatning (yoki uning ma’lum bir qismining) manfaatlariga qanchalik muvofiqligi va quyilgan maqsadlarga erishish hamda aniq vazifalarning echilishiga qanchalik ta’sir ko’rsatganligi bilan belgilanadi. Hukumatning moliyaviy siyosatiga baho berish uchun va uni o’zgartirish (korrektirovka qilish) bo’yicha rekomendatsiya (tavsiya) berish uchun, birinchi navbatda, butun jamiyat manfaatlari va aholining alohida guruhlari manfaatlarini ajratgan (taqsimlagan) holda jamiyat taraqqiyotining aniq dasturiga, echilishi lozim bo’lgan masalalarning muddatlari va metodlarini aniqlagan holda istiqboldagi va yaqin yillardagi vazifalarning tavsifiga ega bo’lmoq lozim. Faqat ana shunday sharoitdagina moliyaviy siyosatni amalga oshirishning konkret mexanizmini ishlab chiqish va unga ob’ektiv (xolisona) baho berish mumkin.
4. Moliya siyosati, byudjet siyosati — davlat umumiy iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismi; davlat faoliyatini taʼminlash, mamlakat farovonligini oshirish maqsadlarida moliya tizimini tashkil etish, moliyaviy resurslarni safarbar etish va ulardan foydalanish, davlat oldida turgan ichki va tashqi siyosat vazifalarini bajarish buyicha amalga oshiriladigan barcha davlat tadbirlarini uz ichiga oladi. Moliyaviy siyosat davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning vositasi bo’lib hisoblanadi va shu ma’noda yordamchi rolni o’ynaydi. Bir vaqtning o’zida davlat siyosatining boshqa – milliy, geosiyosat, harbiy – yo’nalishlari ham mavjudligini esdan chiqarmaslik kerak. Ana shu barcha besh yo’nalishning (iqtisodiy, ijtimoiy, milliy, geosiyosat, harbiy) yig’indisi (majmui) davlat siyosatini amalga oshirishning muhim vositasi sifatida xizmat qiladigan moliyaviy siyosatning mazmunini aniqlab beradi.
5. Belgilangan vazifalarning mohiyatiga ko'ra moliya siyosati moliyaviy strategiya va moliyaviy taktikaga bo'linadi.Moliyaviy strategiya uzoq rivojlanish davriga yo'naltirilgan bo'lib, davlatning muayyan iqtisodiy strategiyalari doirasida keng ko'lamli vazifalarni hal qilishni nazarda tutadi.Moliyaviy strategiya - bu davlatlarni (korxonalarni) zarur mablag'lar bilan ta'minlash bo'yicha harakatlar bosh rejasi. U moliyani shakllantirish, ularni rejalashtirish va ta'minlash nazariyasi va amaliyoti masalalarini qamrab oladi, korxonaning moliyaviy barqarorligini ta'minlaydigan muammolarni hal qiladi. bozor sharoitlari boshqaruv, strategik moliyaviy operatsiyalarni tayyorlash va o'tkazishning yangi sharoitida omon qolish yo'llari va shakllarini ishlab chiqadi. Moliyaviy taktika strategiyaga bo'ysunadi va shu bilan birga qisqa muddatlarda moliyaviy resurslardan foydalanish va to'plashning muayyan yo'nalishlari va usullarini to'g'rilaydi. Aslida, moliyaviy taktikani moliyaviy strategiyani amalga oshirishning ma'lum bir bosqichi (bosqichi) deb hisoblash kerak.
6. Moliya tizimi bo‘g‘inlari Moliya tizimi sifatida «moliyaviy munosabatlarning tashkil qilish shakli» yoki «moliyaviy munosabatlarning tashkiliy tuzilmalari majmuasi» sifatida ko‘rib o‘tish mumkin. Masalan, Taniqli amerikalik mutaxassis J.Van Xorn moliya tizimiga - davlat, firmalar va fuqarolarga turli xil xizmatlar ko‘rsatuvchi moliyaviy muassasalar va bozorlarning majmuasi – degan ta’rifni beradi. L.Drobozinaning fikricha «Moliya tizimi – pul mablag‘lari fondini tashkil qilish va foydalanish jarayonidagi moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini majmuasidan iborat»-degan ta’rifni beradi. Moliya tizimi – moliyaviy munosabatlarning turli sohalarini o‘z ichiga olib, har qaysi sohalar pul mablag‘lari fondlarini shakllantirish va ulardan foydalanish xususiyatlari bilan tavsiflanadi. Moliya tizimi bir tomondan moliya munosabatlarining yig‘indisi sifatida, ikkinchi tomondan moliya organlarining yig‘indisi sifatida olib qaraladi. Moliyaning mohiyatidan kelib chiqib, moliya tizimini o‘rganishda uni moliya munosabatlari yig‘indisi sifatida yondashish maqsadga muvofiq
7. Mоliya bоzоrining iqtisоdiyotdagi ahamiyati,o’rni va rоllari.
Moliya bozorining bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati uni tomonidan quyidagi qulay sharoitlarni ta’minlanishi bilan bog’liq asosiy vazifalari asosida bеlgilanadi:- iqtisodiyotning rеal sеktoriga invеstitsion moliya rеsurslarni samarali jalb qilinishi; kapitalni samarasiz tarmoqdan samaralisiga qayta taqsimlanishi; davlat budjеtiga hizmat ko’rsatishi, uning kamomatini (dеfitsitini) qoplash uchun pul mablag’larini samarali jalb qilinishi; iqtisodiyotning holatini aniq bozor indikatorlari yordamida baholanishi;- inflyatsiya sur’atlari (tеmplari) va valyuta kurslari o’zgarishiga opеrativ ta’sir ko’rsatilishi;- davlatning krеdit - pul va budjеt - soliq siyosatini ob’еktiv va mutanosiblikda olib borilishi;- mulkka egalik xuquqini ishlab chiqarish vositalariga qayta taqsimlanishi;- jahon globallashuvi jarayonlariga milliy iqtisodiyotni intеgrallashuvi.Sеzish mumkinki, o’ta rivojlangan hususiy mulkchilik tizimi sharoitida moliya bozorining yuqori darajada rivojlantirish, atribut va unsurlarini yuqori qimmat potеntsialiga erishtirish evaziga hubfiya bozor hajmi qisqarishi mumkin (bunga industrial rivojlangan mamlakatlarning, masalan, AQSH, Gеrmaniya, Yaponiya, moliya bozorlari misol bo’la oladi).Moliya bozori orqali iqtisodiyotning barcha sub’еktlari o’zaro bog’langan bo’lib, ularning har biri o’zining manfaati maqsadida moliyaviy instrumеntlar yordamida iqtisodiy -xuquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.Moliya bozorining iqtisodiyotdagi funktsiyasi asosida uning o’rni va rolini makroiqtisodiy pozitsiyadan ko’rish muhim ahmiyatga ega.
8. Moliya bozorining mazmun-mohiyati va hususiyatlaridan kеlib chiqib, uni 2- rasmda ko’rsatilgan modеl yordamida ifodalash mumkin. Ushbu modеl oltita bir - biri bilan uzviy bog’langan quyidagi unsurlardan iborat: emitеnt (E), invеstor (I), profеssional (malakaviy) qanashchi (PQ), savdo tizimlari (ST), moliya bozorini tartiblashtiruvchi rеgulyatorlar, ya’ni davlat rеgulyatori (DR), nodavlat rеgulyatorlar (NR). Bunda rеgulyatorlar birgalikda moliya bozorini muvozanatiy tartiblashtirish asosida uning barqarorligi va havfsizligini ta’minlaydi. Nodavlat rеgulyatori sifatida odatda o’zini o’zi muvofiqlashtiruvchi notijorat institutlar tushuniladi.
9. Qimmatli qog‘ozlarlarning mazmuni va turlari. Qimmatli qogʻozlar - oʻz egasiga mulkka egalik huquqini va daromad koʻrinishida muayyan pul summasini olish huquqini beradigan pul yoki tovar hujjatlari (aksiyaobligatsiyaakkreditivvekselchek va boshqalar). Qimmatli qogʻozlar taqdim etuvchi yoki egasining ayrim huquqlari qayd etilgan maxsus tarzda rasmiylashtirilgan moliyaviy hujjat. Qimmatli qogʻozlar maʼlum shaxs nomiga yozilgan (ismli), dastlab sotib olgan shaxs nomiga yozilgan va uning roziligi bilan boshqa shaxsga oʻtkaziladigan orderli va egasi yozilmaydigan (egasi koʻrsatilmaydigan) turlarga boʻlinadi. Korxonalarning aksiya, obligatsiyalari va davlat obligatsiyalari qimmatli qogʻozlarning asosiy turlari hisoblanadi. Qimmatli qogʻozlar korxona kapitalida qatnashish yoki pulni ssudaga taqdim etish va dividend yoki foiz tarzida daromad olish huquqini beradi.

10. Moliyaviyboshqaruvningmazmunvamohiyati



Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin