21. Nodavlat moliyaviy nazorati Bozor iqtisodiyoti asoslarining shakllanishi davlat nazorat organlarining bevosita ishtirokisiz amalga oshiriladigan moliyaviy nazoratning turlari rolini oshiradi. Yuqorida qayd etilgandek, moliyaviy nazoratning nodavlat turlarini ichki firmaviy (korporativ) nazorat, tijorat banklar tomonidan mijoz-tashkilotlar ustidan nazorat, auditorlik nazoratlari tashkil qiladi.Ichki xo’jalik moliyaviy nazorat korxona, muassasa, firma, korporatsiyalarning ichki iqtisodiy xizmatlari, ya’ni buxgalteriya, moliya bo’limi, moliyaviy menejment xizmatlari va boshqalar tomonidan o’z korxonasi, filiallari va shu’ba tuzilmalarining moliyaviy faoliyati ustidan amalga oshiriladi. Ichki nazorat xizmatlari doimiy ravishda pul mablag’larini (shaxsiy, qarziy, jalb etilgan) ishlatilishining samaradorligi va maqsadga muvofiqligi kuzatadi
22. yudjet tizimi — davlat, maʼmuriy hudud, baʼzi (mustaqil byudjetli) muassasalar byudjetlarining iqtisodiy munosabatlar va huquqiymeʼyorlarga asoslangan majmui. OʻzbekistondaByudjet tizimi davlat byudjeta, Qoraqalpogʻiston Respublikasi byudjeti, mahalliy (viloyat, shahar, tuman va boshqalar) byudjetlardan tarkib topadi. Shuningdek davlat ijtimoiy sugʻurtabyudjeti ham davlat byudjeti tarkibiga kiradi. Oʻzbekiston Respublikasida Byudjet tizimi masalalari "Byudjet tizimi toʻgʻrisida" qonun (2000-yil, 14 dekabr) bilan tartibga solinadi. Davlat byudjeti parlament tomonidan (Oʻzbekistonda Oliy Majlis), viloyat, shahar, tuman va boshqalarda tegishli xalq deputatlari kengashi sessiyasida tasdiqlanadi.Budjet tuzilishi — byudjet tizimining tashkil etilishi, uni tuzish prinsiplari hamda bu tizim ayrim boʻgʻinlarioʻrtasidagioʻzaro aloqa. Davlatning Budjet tuzilishi byudjetlarning turlari, ularning har biri yoʻnalishi (byudjet tizimi), byudjetlar ayrim turlari oʻrtasida daromadlar va xarajatlar taqsimlanishi, ular funksiyalarining prinsiplari, vakolatli va ijroiya xokimiyati markaziy va mahalliy organlarining vakolatlarini belgilab beradigan yuridik normalarga asoslanadi.