Boshqa iqtisodiy


Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ob’ektiv zarurligi va xususiyatlari



Yüklə 117 Kb.
səhifə7/9
tarix17.02.2023
ölçüsü117 Kb.
#84768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
олол

26. Soliqlarning iqtisodiy mohiyati, ob’ektiv zarurligi va xususiyatlariSoliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida sinfiy hukmron kuch sifatida yuzaga chiquvchi davlatning paydo bo‘lishi va uni faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‘liqdir. Shu o‘rinda soliq kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqiylik sifatida yuzaga chiqishini ta’kidlash lozim. Soliq tushunchasi bu tor ma’noda davlat ixtiyoriga boshqalardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi. Ma’lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‘lishi bilan bog‘liqdir, ya’ni davlat o‘zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy manba sifatida soliqlardan foydalanadi. Soliqlarning amal qilishi bu ob’ektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil etuvchi individlarning hammasi ham real sektorda (ishlab chiqarish sohasida) faoliyat ko‘rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki shug‘ullanish iqtisodiy samarasiz bo‘lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni ob’ektiv amal qilishini talab etadi.
27. Soliq elementlarining mohiyati va tarkibi Soliq elementlari haqida gap borganda ko`pincha adabiyotlarda soliqqa tortish tizimi haqida so`z yuritiladi. Shu o`rinda soliqqa tortish tizimi haqida to`хtalib o`tadigan bo`lsak, soliqqa tortish tizimi soliq tizimiga nisbatan tor tushuncha bo`lib, aslida soliq tizimiga kiradi. Soliq tizimi soliqqa oid barcha munosabatlarni qamrab olsa, soliqqa tortish tizimi esa, ushbu munosabatlarni soliqlarni undirish bo`yicha iqtisodiy-huquqiy munosabatlarni o`z ichiga oladi. Shu jihatdan soliqqa tortish tizimi qonun chiqaruvchi hokimiyat tomonidan qonun yo`li bilan belgilangan hamda ijro hokimiyati tomonidan soliqlarni tashkil etish usullari, elementlari va tamoyillari majmuasidan iborat. Soliqqa tortish tizimining mohiyati garchan o`zgarmas bo`lib ko`rinsada, uning shakl-shamoyili va yo`nalishi davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatiga, qolaversa soliq siyosatining mazmuniga bog`liq bo`lad
28. Qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) — umumdavlat soliq turi; ishlab chiqarish va muo-mala jarayonlarining barcha bosqichlarida yaratilgan qoʻshilgan qiymatning bir qismini davlat byudjetiga olish shakli. Tovar va xizmatlardan olinadigan bilvosita (egri) soliqlar tarkibiga kiradi. Birinchi marta fransuz iqtisodchisi MorisLore (fransuzchaMaurice Lauré) tomonidan 1954-yilda taklif qilingan, 1960-yilda Kod-dIvuar Respublikasida soliq tizimiga kiritilgan. Oʻzbekistonda 1992-yildan boshlab qoʻllaniladi.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi 68-moddasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 15-iyuldagi PQ-2003-sonli “Qonunlarning havolaki normalarini amalga oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish rejalarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi qaror qiladiSoliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin