Boshqa iqtisodiy



Yüklə 117 Kb.
səhifə4/9
tarix17.02.2023
ölçüsü117 Kb.
#84768
1   2   3   4   5   6   7   8   9
олол

Idoraviy (mahkamaviy) moliyaviy nazorat vazirlik-larning nazorat organlari va mahalliy hokimiyat organla-rining bo’limlari tomonidan ularga bo’ysunuvchi korxona, tashkilot va muassasalarning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatini nazorat qilishga qaratilgan.

Xo’jalik ichidagi (ichki) moliyaviy nazorat korxonalar, tashkilotlar va muassasalarning moliyaviy xizmatlari, xususan buxgalteriya, moliya bo’limlari, ichki audit xizmatlari tomonidan amalga oshiriladi. Moliyaviy nazo-rat ob’yekti bo’lib korxona va uning tarkibiy bo’linmalari (tsexlar, bo’limlar, bo’linmalar va filiallar)ning ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyati hisoblanadi.

Jamoatchilik moliyaviy nazorati ixtiyoriylik va beg’arazlik asosida guruhlar, alohida shaxslar (mutaxassislar) va nodavlat tashkilotlari tomonidani amalga oshiriladi. Nazorat ob’yekti tekshiruvchilarning oldilariga qo’yilgan aniq maqsadlariga bog’liq ravishda belgilanadi. Mamlakatimizda jamoatchilik nazorati

«Jamoatchilik nazorati to’g’risida»gi qonun40 ga asosan amalga oshiriladi. Jamoatchilik moliyaviy nazora-tining ob’yekti bo’lib davlat moliyaviy organlari va ularning mansabdor shaxslarining o’zlariga qonunchilik bilan yuklatilgan majburiyatlarni ijro etishi bilan bog’liq moliyaviy faoliyati hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari, shuningdek qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro’yxatga olingan nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari jamoatchilik nazorati sub’yektlaridir.

Mustaqil moliyaviy nazorat maxsus organlar: auditorlik firmalari va boshqa xizmatlar tomonidan o’tkaziladi. Auditorlik faoliyatining asosiy maqsadi tekshirilayotgan sub’yektning moliyaviy hisobotining ishonchliligi buyicha xulosa berish hamda moliyaviy bozorga ishonchli axbarot berishni ta’minlashan iborat.20.Davlat moliyaviy nazorati organlarining vazifalari va



funksiyalari
Moliyaviy nazorat tizimida umudavlat nazorat organlari, maxsus moliyaviy nazorat organlari alohida ahamiyatga ega.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida mustahkamlangan hokimiyatni taqsimlanish printsipi Prezident va vakolatli hukumat organlari tomonidan ijro hokimiyati organlarining moliyaviy faoliyatini nazorat qilishni nazarda tutadi. Bunday nazorat, avvalambor, respublika va mahalliy byudjetlarni, davlat maqsadli nobyudjet fondlarining loyihalarini ko’rib chiqish va qabul qilishda hamda ularning ijrosi haqida hisobotlarni tasdiqlashda amalga oshiriladi.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 78-moddasining 8- bandiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Vazirlar Mahkamasining taqdimoti bo’yicha mamlakat byudjetini qabul qiladi va uning ijrosi ustidan nazorat o’rnatadi. Xalq deputatlari Kengashlari ayrim mintaqalarga ajratiladigan byudjet mablag’laridan maqsadli foydalanish hamda mahalliy byudjetlarning ijro etilishini nazorat qiladi. Bundan tashqari, vakolatli organlar zimmasiga ayrim tarmoqlar va sohalarda byudjet mablag’laridan foydalanish ustidan nazoratni amalga oshirish yuklatilishi mumkin.

Yüklə 117 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin