29. oʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladigan aylanma mablagʻ soliq obʼyektining turiga qarab, oʻziga xos usulda aniqlanadi. Masalan, ishlab chiqarilgan tovarlar yuklab joʻnatiladigan qismining qiymati, amalga oshirilgan qurilish, taʼmirlash, ilmiy tadqiqot, konstruktorlik, texnolo-gik, qayta taʼmirlash va boshqa shunga oʻxshash ishlar qiymati Qoʻshilgan qiymat soligʻis.ga tortiladi. Xizmatlar koʻrsatilganda esa transport vositalari yordamida baja-rilgan ishlar qiymati, ijara, vositachilik haqi, infratuzilma, reklama va boshqa xizmatlar qiymati shu soliq obʼyektiboʻladi. Aksiz toʻlanadigan tovarlarni Qoʻshilgan qiymat soligʻisga tortishda uning obʼyektijoʻnatilgan aylanmaga aksiz soligʻining qiymati qoʻshilgan holda aniqlanadi. Oʻzbekiston Respublikasida Qoʻshilgan qiymat soligʻis. asosan, 15,0 % li stavka boʻyicha un-diriladi. Shuningdek, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan ayrim oziq-ovqat tovarlari boʻyichaQoʻshilgan qiymat soligʻiskamayti-rilgan stavkalarda toʻlanishi mumkin. Stavkalar va bunday tovarlarning roʻyxatiOʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
30. AKSIZ SOLIG`INING IQTISODIY MOHIYATI.
Aksiz (fransuzcha: accise – qirqib olmoq) – keng iste’mol tovarlari, eng muhim xom ashyolarga, shuningdek xizmatlar uchun davlat tomonidan solinadigan qoʻshimcha soliq turi. Muayyan tovar (muhim iste’mol tovarlari: qand, gugurt, tuz, tamaki, spirtli ichimliklar, shuningdek avtomobillar, muzlatkichlar, moʻyna mahsulotlari billur va hokazo)lar narxiga, koʻrsatilgan xizmat (kommunal, transport va boshqalar) haqiga qoʻshimcha ustama soliq sifatida qoʻshiladi va uni toʻlovchilar bevosita haridorlar hisoblanadi. Aksiz narx tarkibida muayyan qiymatda yoki narx miqdoridan ma’lum foiz hisobida koʻrinishlaridaboʻladi.
31. Aksiz solig‘i to‘lovchi yuridik va jismoniy shaxslar quyidagilardir:O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan tovarlarni (aksiz to‘lanadigan tovarlarni) ishlab chiqaruvchilar;O‘zbekiston Respublikasi hududida aksiz solig‘i solinadigan (aksiz to‘lanadigan xizmatlar) mobil aloqa xizmatlarini ko‘rsatuvchilar;benzin, dizel yoqilg‘isini yakuniy iste’molchilarga realizatsiya qilishni, shu jumladan avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni, shuningdek, gazni avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalari orqali realizatsiya qilishni amalga oshiruvchilar. Yakuniy iste’molchilar deganda o‘z ehtiyojlari uchun benzin, dizel yoqilg‘isi hamda gaz oluvchi yuridik va jismoniy shaxslar tushuniladi.