O‘simlik boshoq chiqarish paytida do g‘lanish barglarda 5-10% ga yetsa va bashorat b o‘yicha kasallik uchun qulay ob-havo kutilsa, ekinga samarali fungitsidlardan birini purkash lozim.
Arpa kasalliklari Arpa kasalliklaridan unayotgan uru g‘ mo g‘orlashi, nihol chirishi, ildiz chirishi va qorakuya kasalliklari yuqorida tahlil qilingan edi.
Quyida O‘zbekistonda keng tarqalgan yana uchta arpa kasalligi haqida qisqa ma’lumotlar keltiriladi.
Y o‘l-y o‘l do g‘lanish
Y o‘l-y o‘l do g‘lanish kasalligini Pyrenophora graminea Ito et Kurib. zamburu g‘i q o‘z g‘atadi; anamorfasi gifomitset Drechslera graminea (Rab. ex Schlecht.) SHoem. (sinonimi Helminthosporium gramineum Rab. ex Schlecht.).
2.3. Bugdoyning qattiqva chang qorakuyasi, poya qorakuyasi, kasalliklari-ningbelgilari, qo‘zg‘atuvchilarining sistematik o‘rni, biologik xususiyat-lari,tarkalish yullari, infektsiya manbaalari. Qorakuya kasalliklari-ning zarari.O‘rganish tadbirlari va kurash choralari kurash choralari. Bu g‘doyda 4 xil qorakuya: qattiq, chang, poya va karlik qorakuya kasalliklari uchraydi. Bu g‘allagulli va boshqa ba’zi ekinlarning eng k o‘p tarqalgan hamda eng zararli kasalligidir. Qorakuya kasalligining biror xili bilan zararlanmaydigan birorta ham madaniy yoki yovvoyi g‘allagulli o‘simlik y o‘q desa b o‘ladi. YAngi nav ekinlarini yetishtirish tarixi shuni k o‘rsatadiki, biror g‘allagulli o‘simlik ekilishi bilan uning qorakuya kasalligi ham paydo b o‘ladi. Qorakuya kasalliklarini
bazidiyali zamburu g‘lar sinfining Phragmobasidinae kenja sinfiga kiruvchi zamburu g‘lar – parazitlar q o‘z g‘atadi. Qorakuya zamburu g‘larining tanasi k o‘zga
k o‘rinmay, o‘simlik ichida rivojlanadi va dastlabki davrlarda o‘simlikka u qadar zarar yetkazmaydi. Zararlangan o‘simliklar o‘sish davrining oxirida zamburu g‘ xlamidosporalar hosil qiladi. Qorakuya zamburu g‘larining bu stadiyasi o‘zi hosil b o‘lgan organga zararli ta’sir etadi. Xlamidosporalar k o‘pincha t o‘pgullarda, ya’ni rivojlanayotgan r o‘vak va boshoqlarda paydo b o‘ladi, ularni yemiradi va changga aylanuvchi yoki qattikroq qora massa hosil qiladi, bu massa k o‘pincha qorakuya changi deyiladi. yetkazilgan zararni tashqi k o‘rinishi, zararlanish darajasi va xlamidosporalarning hosil b o‘lish xarakteriga qarab g‘allagullilarning qorakuya kasalligi bir necha xilga b o‘linadi:
1.CHang holdagi qorakuya. Bu kasallikda g‘allagullilarning r o‘vagi yoki bosho g‘i butunlay qora changga aylanib, har tomonga t o‘zib ketadi.
2.Qattiq qorakuya. Bu kasalliqda donning faqat ma g‘zi qora changga aylanadi, don p o‘sti esa saqlanib qoladi. SHuning uchun qora chang zararlangan donning p o‘sti yorilganda tashqariga chiqadi.
Z.Poya qorakuyasi. Bunda g‘allagullilar poyasi yoriladi, undan qora chang chiqadi.
4. Pufakcha holdagi qorakuya. Qorakuya kasalligining bu xilida g‘allagulli o‘simliklarning har xil organlarida changga t o‘lgan oq-kulrang tusli pufakcha holida paydo b o‘ladi.
G‘allagulli o‘simliklarda qorakuya kasalligining yuqoridagilardan tashqari yana bir necha xili uchraydi.
Bir xil g‘allagulli o‘simliklar qorakuya kasalligining turli tip va turlari bilan (har xil vaqtda) zararlanishi mumkin.
Masalan, bu g‘doy qattiq, chang holdagi va poya qorakuyasi bilan kasallanadi.
Qorakuya zamburu g‘larining hamma turlari ham ma’lum ekinlardagina b o‘ladi. Bu zamburu g‘larning sporalari ularning tarqalish va tinim davridir: ular qishlab chiqqandan s o‘ng zamburu g‘ rivojlanishini davom ettiradi va o‘simliklarga tushadi.
Ba’zi qorakuya zamburu g‘lari spora hosil qilmaydi, g‘allagullilar donida zamburu g‘ tanasi holida qishlaydi.
Qorakuyaning bir necha tipi va qorakuya zamburu g‘larining juda k o‘p turi b o‘lishiga qaramay g‘allagulli o‘simliklarning qorakuya kasalliklari fakat 3 xil usulda tarqaladi:
Birinchi usul. Bunda zamburu g‘larning xlamidosporalari hosilni yi g‘ishtirish va yanchish vaqtida tashqariga chiqadi. Ular so g‘lom donlar sirtiga yopishadi va shu holda qishlaydi. Uru g‘ ekilgandan s o‘ng so g‘lom donlar unayotgan vaqtda ulardagi (yoki tuproqqa ilgaridan tushib qolgan) xlamidosporalar ham unadi va bazidiosporali fragmabazidiyalar hosil qiladi. Zamburu g‘ tanasi esa don nishiga kirib u bilan birga o‘sadi. Demak, qorakuya kasalligi tarqalishining birinchi usulida uru g‘lar sirtdan, o‘simlik esa uru g‘lar unish vaqtida zararlanadi.
Tubandagi qorakuya kasalliklari birinchi usulda tarqaladi:
1. bu g‘doyning qattiq qorakuyasi;
2. bu g‘doyning poya qorakuyasi;
3. arpaning tosh qorakuyasi;
4. suli qorakuyasi;
5. tarik qorakuyasi;
6. makkaj o‘xorining chang holdagi qorakuyasi;
7. oq j o‘xorining chang holdagi qorakuyasi;
8. oq j o‘xorining pufak qorakuyasi.
Ikkinchi usul. Bu g‘doy o‘simligining chang holdagi qorakuya kasalligi tarqalishi. Bu g‘doyda qorakuya kasalligining bu turi o‘simlik boshoq chiqarayotgan vaqtda k o‘rinadi. Zararlangan o‘simlik, odatda, so g‘lom o‘simlikdan ilgari boshoq chiqaradi, kasal o‘simlikning bosho g‘i bu g‘doy gullayotgan vaqtda qora changga aylanadi, va undan xlamidosporalar tarqaladi, ular so g‘lom o‘simlik gullariga tushib, qulay sharoitda unib chiqadi. Xlamidosporalar nishi gulning tumshuqchasi orqali tugunchaga o‘tadi, bu yerda zamburu g‘ tanasiga aylanadi. Ammo donda taraqqiy etmaydi, balki murtak holida kelgusi yilgacha saklanadi.
Zararlangan don tashqi k o‘rinishidan so g‘lom dondan hech farq qilmaydi va ekilganda normal unib chikadi. O‘simlik bilan bir vaqtda uning ichidagi zamburu g‘ tanasi ham o‘sadi va rivojlanayotgan boshoqka yetib, uni yemiradi, hamda sporalarning changlanuvchi qora massasini hosil kiladi. Demak, gallagullilarda qorakuya kasalligi tarqalishining 2 - usulida o‘simlik gullash vaqtida, don esa ichidan zararlanadi. Misol: bu g‘doy va arpaning chang qorakuya kasalligi.
Uchinchi usul. Makkaj o‘xorining pufak qorakuya kasalligi. Bu kasallikda makkaj o‘xorining har xil organlarida qora changlar (zamburu g‘ xlamidasporalari) bilan t o‘lgan oqish - kul rang pufakchalar hosil b o‘ladi. Ular asta sekin quriydi, yoriladi va xlamidosporalar tuproq betiga tushib, shu joyda qishlaydi, bahorda esa unib chiqib, bazidiosporalar hosil qiladi. Bazidiosporalar o‘sib, kurtaklanuvchi sporidiylar beradi, ular esa havo orqali tarqalib, makkaj o‘xori poyasining har xil qismiga tushadi va qulay sharoitda o‘sadi. Zamburu g‘ sporidiysining o‘simtasi o‘simlikning o‘suv davridagi t o‘qimasiga kiradi, shunga k o‘ra zamburu g‘ o‘sishining umumiy davri anchaga ch o‘ziladi va makkaj o‘xori butun o‘suv davrida yangidan zararlanib turadi. Ayni holda zamburu g‘ xlamidosporalari tuproq betida va o‘simlik qoldiqlarida qishlab chiqqanligi uchun g‘allagulli o‘simliklarni uchinchi usulda tarqaladigan qorakuya kasalligiga qarshi kurashning asosiy tadbiri hosil yi g‘ib olingandan keyingi hamma o‘simlik qoldiqlarini yaxshilab yi g‘ishtirib olish va g‘alla ekiladigan yerlarni kuzda chuqur shudgor qilishdir.
Makkaj o‘xorining pufak qorakuya kasalligi shu usulda tarqaladi.