Bugdoy osimligi biologiya. Normetova. Sh



Yüklə 0,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/43
tarix03.06.2023
ölçüsü0,52 Mb.
#124352
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43
nt7Vbrbqbc12uKo8qWkr3ZgoL7teja2Z2vubbFS1

Nonboplik sifati: 1000 dona don vazni 44-55 g, don naturasi790-815 g. 
Mineral oziqlantirish to`g`ri nisbatda o`tkazilganda «qimmatbaho» don beradi. 
Ozuqa moddalar yetishmaganda ham don hosili shakllanishi yuqori, lekin 
don tarkibidagi kleykovina miqdori kam bo`ladi. 
Kasalliklarga chidamliligi: Chang qorakuyaga chidamli. Dala sharoitida 
qo`ng`ir, sariq zangga, un shudring kasalliklariga chidamli. Dala sharoitiga 
chidamliligi o`rtacha. Septorioz va boshoq fuzarioziga beriluvchanligi o`rtacha.
Sovuqqa chidamliligi o`rtachadan yuqori, qurg`oqchilikqa chidamliligi 
yuqoriligi bilan xarakterlanadi.
Nav barcha xududlarida ekishga tavsiya qilingan. Har qanday o`tmishda 
ekindan keyin ham yaxshi natija beradi. 
Ekish muddati: Har bir mintaqa uchun maqbul ekish muddati.
Ekish me`yori: gektariga 5,0 mln. dona unuvchan urug` hisobida 
Tanya navi 
Nav P.P. Luk`yanenko nomidagi Krasnodar qishloq xo`jalik ilmiy-tadqiqot 
institutida yaratilgan. Respublika sharoitida 2005 yildan boshlab institut tajriba 
xo`jaliklarida sinalmoqda. 


41 
Nav mualliflari: L.A. Bespalova, O.Yu. Puzırnaya, V.R. Kerimov, Yu.M. 
Puchkov, V.A. Alfimov, I.B. Ablova, L.P. Filobok, I.N. Kudryashov, N.P. 
Fomenko, G.I. Bukreeva, T.I. Gritsay, P.V. Konotop. 
Kelib chiqishi: Tritikale va bug`doyni qayta chatishtirish kombinatsiyasidan 
olingan duragaylardan uch karra tanlash usuli bilan yaratilgan. 
Umumiy tavsifi: Yarim pakana nav, yotib qolishga chidamliligi yuqori. 
O`rtapishar. Tur xili Lutescens. Boshog`i silindrsimondan piramidasimongacha, 
boshoq zichligi va uzunligi o`rtacha. Doni to`kilmaydi, boshoqcha qobiqlari 
tuxumsimon shaklda, kengligi 3,5-4,5 mm., uzunligi 8,0-9,5 mm. yelkasi o`rtacha, 
to`g`ri. Qiltiqsimon o`simtalari 0,5 dan 4,5 sm. Doni yirik tuxumsimon shaklda. 
Hosildorligi: Navning potensial hosildorligi raqobatli nav sinovida 
gektaridan 122 sentnerni tashkil etgan. O`rtacha 3 yilda 4 xil o`tmishdosh 
ekinlardan so`ng olingan hosildorlik 77,8 sentnerni, tajriba stantsiyasida 3 xil 
o`tmishdosh ekindan so`ng o`rtacha 89,0 sentnerni tashkil etgan. 

Yüklə 0,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin