Xususiy kapital taxlilini olib borishda axbarot manbai bulib, «Buxgalteriya balansi»ning passiv 1- bulimi va «Xususiy kapital karakati tugrisida xisobot» formalari kiradi.
Xususiy kapital xisobi uz ichiga bir kancha kursatkichlarni olib, ular kuyidagi tartibda tashkil etiladi:
Ustav kapitali;
KUshilgan kapital;
Rezerv kapitali;
Taksimlanmagan foyda;
Xususiy kapital bilan koplanmagan zarar.
Korxonaning ustav kapitali uz mablaglar manbaining asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta'sischilar tomonidan kUyilgan pay tulovlarini, aksiyalarining nominal kiymatini uzida saklaydi. Uning xisobi esa xukumat karorlari va ta'sischilarning yiginida kabul kilingan karorlar asosida yuritilib boriladi.
8. Daromadlar hisobi
Xo‘jalik sub'ektlarining turli faoliyatlaridan olingan daromadlar hisobidan maxsus pul mablag‘lari fondlari shakllantiriladi. Ularni shakllantirish qattiq ravishda reglamentasiya qilinish (tartibga solinish) xarakteriga egaki, bu narsa moliyaviy munosabatlarning yana bir farqlanuvchi xarakterli belgiga ega ekanligini ko‘rsatadi.
Daromadlar va xarajatlar to‘langan vaqti va pul kelib tushgan sanadan qat'i nazar, qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida buxgalteriya hisobi standartlariga muvofiq aks ettiriladi
Sof tushum (daromad)ning hisobi. Sotish jarayoni asosiy ko‘rsatkichlaridan biri hisoblangan sof tushum (daromad)ning sintetik hisobini yuritish uchun 21-son BHMSda quyidagi schyotlar ko‘zda tutilgan (5.6-jadvalga qarang).
Xo‘jalik yurituvchi sub'ektlar tomonidan ularning xo‘jalik faoliyatini amalga oshirishi natijasida olinadigan daromadlari hisobotga quyidagi asosiy bo‘limlar bo‘yicha kiritiladi:
Sotishdan olingan sof tushum.
Asosiy faoliyatdan olingan boshqa daromadlar (operatsiya daromadlari).
Moliyaviy faoliyatdan olingan daromadlar.
Favqulodda daromadlar.
Sotishdan olingan sof tushum tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan olingan, tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxida hisobga olinadigan, unga qo‘shilgan qiymat solig‘i, aksiz solig‘i, benzin, dizel' yoqilg‘isi va gaz iste'moli soliqlari summasi kiritilmagan tushum sifatida aniqlanadi. Unga tovarlarning qaytarilishi, xaridorlar uchun berilgan chegirmalar va boshqalar kiritilmaydi.
3-jadval
Sotishdan olingan sof tushum (daromadlar) hisobi uchun mo‘ljallangan sintetik schyotlar tizimi
Schet kodi Schet nomi Schyotning tayinlanishi
9010 Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan daromadlar”
Ushbu passiv va vaqtinchalik schyot korxonalar o‘zlari ishlab chiqargan mahsulotlarini sotishdan olgan daromadlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan. Schyotning kreditida olingan daromad hisobot davrlari (oy, chorak va yil) maboynida to‘planib boradi. Hisobot davri (oy, chorak va yil) oxirida yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9020 “Tovarlarni sotishdan olingan daromadlar”
Ushbu passiv va vaqtinchalik schyot asosan ulgurji va chakana savdodan olingan daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan. Undan savdo korxonalari va boshqa korxonalar foydalanishlari mumkin. Schyotning kreditida tovarlarni sotishdan olingan daromad hisobot davrlari maboynida to‘planib boradi, Yil yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
9030 “Bajarilgan ishlar va xizmatlardan olingan daromadlar” Ushbu passiv va vaqtinchalik schyot asosan qurilish ishlari va ko‘rsatilgan xizmatlardan daromadlar hisobi uchun mo‘ljallangan. Schyotning kreditida bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarni sotishdan olingan daromad hisobot davri maboynida ularga guvohlik beruvchi hujjatlar asosida to‘planib boradi. Hisobot davri yakunida ushbu schyotning kreditida to‘plangan summa uning debetiga va 9900 “ Oxirgi moliyaviy natija” schetining kreditiga yoziladi va shu asosda u yopiladi.
Dostları ilə paylaş: |