T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Sotuvchi korxonaga asosiy vositalarni berish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish
|
0610
|
9210
|
2
|
Sotuvchi korxonaga nomoddiy aktivlar va materiallar berish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish
|
0610
|
9220
|
3
|
Sotuvchi korxonaga mahsulot, tovar, ish, xizmatlarni berish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish
|
0610
|
9010, 9020, 9030
|
4
|
Sotuvchi korxonaga o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni berish yo‘li bilan qimmatli qog‘ozlarni xarid qilish
|
0610
|
9220
|
5
|
Qimmatli qog‘ozlar uzoq muddatli investitsiyalar sifatida tekinga olinganda
|
0610
|
8530
|
6
|
Boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlari xarid qilinganda
|
0610
|
5010-5530
|
7
|
Debitorlik qarzlari hisobiga qimmatli qag‘ozlarning xarid qilinishi
|
0610
|
Olinadigan
schyotlar
|
8
|
Qisqa muddatli investitsiyalar tarkibi o‘zgartirilganda (restrukturizatsiya)
|
0610
|
5810-5890
|
9
|
Ta’sischilarning korxona ustav kapitaliga ularning ulushi sifatida berilgan qimmatli qog‘ozlarning qiymati
|
0610
|
4610
|
10
|
Korxona qimmatli qog‘ozlarga tegishli huquqlar unga o‘tganligi to‘g‘risida guvohnoma oldi
|
0610
|
6990, 7920
|
11
|
Obligatsiyalar va boshqa qarzga oid qimmatli qog‘ozlarning xarid va nominal qiymatlari o‘rtasidagi farq:
a) nominal qiymati xarid kiymatidan yuqori;
b) xarid qiymati nominal qiymatdan yuqori.
|
0610
9690
|
9590
0610
|
12.
|
CHet el valyutasidagi uzoq muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq operatsiyalar bo‘yicha kurs farqlari:
Ijobiy
Salbiy
|
0610
9620
|
9540
0610
|
13
|
Uzoq muddatli investitsiyalarni:
a) sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlarida;
b) qaram xo‘jalik jamiyatlarida;
v) chet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarda aks ettirish.
|
0620
0630
0640
|
9010-9030, 9210-9220
|
14
|
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning qoplanishi (sotib olinishi)
|
5110-5530
|
0610
|
15
|
Uzoq muddatli investitsiyalar sifatida hisobga olingan qimmatli qog‘ozlarning sotilishi
|
9220
|
0610
|
7-§. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni
hisobga oluvchi schyotlar (0700)
61. Qurilayotgan (ta’mirlanayotgan) kapital qo‘yilma ob’ektlarida o‘rnatish uchun mo‘ljallangan va montajni talab qiluvchi texnologik, energetik va ishlab chiqarish asbob-uskunalarining (shuningdek laboratoriya, tajriba moslamalari va ustaxonalar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar) mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
0710 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - mahalliy";
0720 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - xorijiy".
62. Montajni talab qiluvchi asbob-uskunalarga ularning qismlari yig‘ilganidan so‘ng va fundamentga yoki tayanchga, polga, qavatlar o‘rtasidagi ustunlarga va boshqa bino va inshootlarning konstruksiyalariga mustahkamlangandan so‘ng ishga tushiriladigan ko‘tarma asbob-uskunalar, shuningdek shu kabi asbob-uskunalarning ehtiyot qismlari kiradi. Bunday asbob-uskunalar tarkibiga shuningdek nazorat-o‘lchov apparatlari yoki o‘rnatiladigan asbob-uskuna tarkibida yig‘ish-o‘rnatish uchun mo‘ljallangan boshqa asboblar kiradi.
63. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlarda (0700) montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalar: transport vositalari, mustaqil turuvchi stanoklar, qurilish mexanizmlari, qishloq xo‘jaligi mashinalari, ishlab chiqarish vositalari, inventarlar, o‘lchov asboblari va boshqalar hisobga olinmaydi. Montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish xarajatlari ular korxonaga kelib tushishi bilan bevosita 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotida aks ettiriladi.
64. Asbob-uskunalar o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)da korxona omborlariga ushbu qiymatliklarni etkazib berish va tayyorlash xarajatlari hamda xarid qilish (tayyorlash) baholari qiymatidan tashkil topadigan haqiqiy xarid qilish tannarxi bo‘yicha hisobga olinadi.
Korxonaning ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari hisobiga kiritilgan asbob-uskunalarni kirim qilish 0710 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - mahalliy", 0720 "O‘rnatiladigan asbob-uskunalar - xorijiy" schyotlarining debeti va 4610 "Ustav kapitaliga ta’sischilarning ulushlari bo‘yicha qarzi" schyotining krediti bo‘yicha aks ettiriladi.
65. Quruvchi (buyurtmachi) tomonidan qurilish maydoniga keltirilgan montaj va o‘rnatishni talab qiluvchi asbob-uskunalar pudratchi tomonidan balansdan tashqari 005 "O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar" schyotiga qabul qilinadi. Ushbu montajga berilgan asbob-uskunalar yoki ularning qismlari qiymatini pudratchi balansdan tashqari 005 "O‘rnatish uchun qabul qilingan uskunalar" schyotidan hisobdan chiqaradi. Pudratchiga berilgan, biroq doimiy foydalanish joyiga o‘rnatish va montaj qilish hali boshlanmagan asbob-uskunalar qiymati quruvchida hisobdan chiqarilmaydi.
(0700) O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob asbob-uskunalarning turlari va saqlanish joylari bo‘yicha yuritiladi.
66. O‘rnatiladigan asbob-uskunalarni hisobga oluvchi schyotlar (0700)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |