Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə10/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96
21-bhms ilova lotin

6-§. Uzoq muddatli investitsiyalarni
hisobga oluvchi schyotlar (0600)

53. Boshqa korxonalarning qimmatli qog‘ozlariga, mamlakat hududida va xorijda tuzilgan sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari va boshqa korxonalarning ustav kapitallariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar (qo‘yilmalar)ning mavjudligi va harakati hamda boshqa korxonalarga berilgan uzoq muddatli qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


0610 "Qimmatli qog‘ozlar";
0620 "SHo‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0630 "Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar";
0640 "CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar";
0690 "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar".

54. Aktivlarni investitsiyalar tarkibiga kiritish va ularning turlari O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 25 dekabrda 65-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (12-son BHMS) "Moliyaviy investitsiyalar hisobi" (1999 yil 16 yanvarda 596-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 3 va 6-son) va O‘zbekis-ton Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 14 oktyabrda 50-son bilan tasdiqlangan Buxgalteriya hisobining milliy standarti (8-son BHMS) "Konsolidatsiyalashtirilgan moliyaviy hisobotlar va sho‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar hisobi" (1998 yil 28 dekabrda 580-son bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan) ("O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari me’yoriy hujjatlar axborotnomasi", 1999 y., 6-son) bilan tartibga solinadi.


55. 0610 "Qimmatli qog‘ozlar" schyotida obligatsiyalar, aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlarga qilingan uzoq muddatli investitsiya (quyilma)larning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


56. 0620 "SHo‘‘ba xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar", 0630 "Qaram xo‘jalik jamiyatlariga investitsiyalar", 0640 "CHet el kapitali mavjud bo‘lgan korxonalarga investitsiyalar" schyotlarida tegishli chet el kapitali mavjud bo‘lgan sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlariga qilingan uzoq muddatli investitsiyalarning mavjudligi va harakati hisobga olinadi.


57. 0690 "Boshqa uzoq muddatli investitsiyalar" schyotida yuqorida keltirilgan schyotlardahisobga olinmagan boshqa uzoq muddatli investitsiyalar hisobga olinadi.


58. Aksiyalar, obligatsiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar sotib olish bahosida 0610 "Qimmatli qog‘ozlar" schyotining debetida ushbu qo‘yilmalar hisobiga berilgan qiymatliklar hisobga olinadigan schyotlar bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.


59. Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa qarzga oid qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan yuqori bo‘lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo‘lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymat o‘rtasidagi farq qismi hisobdan chiqariladi. Bunda 9690 "Moliyaviy faoliyat bo‘yicha boshqa xarajatlar" schyotining debeti va 0610 "Qimmatli qog‘ozlar" schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.


Agar korxona tomonidan xarid qilingan obligatsiyalar va boshqa qarzga oid qimmatli qog‘ozlarning xarid qiymati ularning nominal qiymatidan past bo‘lsa, u holda xarid qilingan vaqtdan to qoplash vaqtigacha bo‘lgan davrda xarid qiymati va nominal qiymati o‘rtasidagi farq qismi qo‘shimcha hisoblanadi. Bunda 0610 "Qimmatli qog‘ozlar" schyotining debeti va 9590 "Moliyaviy faoliyatning boshqa daromadlari" schyotining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
YUqorida ko‘rsatilgan har ikkala holatda ham qimmatli qog‘ozlarni qoplash muddati kelganda 0610 "Qimmatli qog‘ozlar" schyotida hisobga olingan baho nominal qiymatga to‘g‘ri kelishi lozim.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha foizlar (dividendlar) hisoblanganda 4830 "Olinadigan foizlar" yoki 4840 "Olinadigan dividendlar" schyotining debeti va 9530 "Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar" yoki 9520 "Dividendlar ko‘rinishidagi daromadlar" schyotlarining krediti bo‘yicha yozuvlar amalga oshiriladi.
Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha analitik hisob uzoq muddatli investitsiyalarning turlari va ushbu investitsiyalar amalga oshirilgan ob’ektlar (qimmatli qog‘ozlarni sotuvchi-korxonalar, korxona ishtirokchisi hisoblangan sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlari va shu kabilar) bo‘yicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil qilinishi O‘zbekiston Respublikasi hududi va xorijdagi ob’ektlarga qilingan uzoq muddatli investitsiyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish imkoniyatini ta’minlashi lozim.

60. Uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar (0600)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin