Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


-§. Kapital qo‘yilmalarni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə13/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96
21-bhms ilova lotin

8-§. Kapital qo‘yilmalarni
hisobga oluvchi schyotlar (0800)

67. Korxonaning asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarga investitsiyalari, shuningdek mahsuldor va ishchi hayvonlarning (qiymatidan qat’i nazar, korxonaning aylanma mablag‘lariga kiruvchi parrandalar, quyonlar, asalarilar, qo‘riqlovchi itlar, tajriba uchun mo‘ljallangan hayvonlardan tashqari) asosiy podasini tashkil qilish bo‘yicha xarajatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


0810 "Tugallanmagan qurilish";
0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish";
0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish";
0840 "Asosiy podani tashkil qilish";
0850 "Erni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar";
0860 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar";
0890 "Boshqa kapital qo‘yilmalar".

68. 0810 "Tugallanmagan qurilish" schyotida (qurilish pudrat yoki xo‘jalik usulida amalga oshirilishdan qat’i nazar) kapital qurilish smetalari, smeta-loyiha hisob-kitoblarida va titul ro‘yxatlarida keltirilgan bino va inshootlarni barpo etish, uskunalar, asboblar, inventarlar va boshqa jihozlarni sotib olish bo‘yicha xarajatlar hisobga olinadi.


69. 0820 "Asosiy vositalarni xarid qilish" schyotida asosiy vositalarni xarid qilish, o‘rnatish va yig‘ish bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.


70. 0830 "Nomoddiy aktivlarni xarid qilish" schyotida nomoddiy aktivlarni xarid qilish yoki korxonaning o‘zida yaratilishi bilan bog‘liq barcha xarajatlar hisobga olinadi.


71. 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyotida: asosiy podaga o‘tkaziladigan xo‘jalikdagi yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarni o‘stirish bo‘yicha xarajatlar; asosiy poda uchun xarid qilingan katta yoshdagi mahsuldor va ishchi hayvonlarning qiymati, shuningdek ularni etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar; boshqa korxonalardan tekinga olingan katta yoshdagi hayvonlarni xo‘jalikka etkazib berish bilan bog‘liq xarajatlar hisobga olinadi.


Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar haqiqiy tannarx bo‘yicha baholanadi. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh mahsuldor va ishchi hayvonlarning barcha turlarining qiymati yil davomida 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" schyotidan 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyotining debetiga yil boshida hisobda turgan balans qiymatiga, yil boshidan to hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazish vaqtigacha bo‘lgan davrda ortgan vazni yoki o‘sgan vaznining reja tannarxini qo‘shgan holda, hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida, yosh hayvonlarni asosiy podaga o‘tkazishda 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyoti debetlanadi va 0840 "Asosiy podani tashkil kilish" schyoti kreditlanadi. Yil oxirida hisobot kalkulyasiyasi tuzilgandan keyin yil davomida o‘tkazilgan yosh hayvonlarning ko‘rsatilgan qiymati bilan uning haqiqiy tannarxi o‘rtasidagi farq 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" schyotidan 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyotiga, bir vaqtning o‘zida hayvonning bahosini aniqlab, qo‘shimcha 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotlariga hisobdan chiqariladi.
CHetdan xarid qilingan katta yoshdagi ishchi va mahsuldor hayvonlarning qiymati 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyotining debetiga uni etkazib berish xarajatlari bilan birgalikda, xarid qilishning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinadi.
Asosiy podani tashkil etishning tugallangan muomalalari bo‘yicha xarajatlar 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyotidan 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.

72. 0850 "Erni obodonlashtirishga kapital qo‘yilmalar" schyotida korxonaning er maydonini obodonlashtirish bo‘yicha xarajatlari, shuningdek kirish yo‘llari, avtomobil va boshqa transport vositalarining to‘xtash maydonlari, devorlar va ko‘kalamzorlashtirishning boshqa turlari qiymati hisobga olinadi.


Er maydonlari, o‘rmon va suv havzalari va ko‘p yillik o‘simliklarga qilingan inventar xususiyatiga ega bo‘lgan kapital qo‘yilmalar, asosiy vositalar tarkibiga, kompleks ishlar tugashidan qat’i nazar, foydalanishga qabul qilingan maydonlarga tegishli xarajatlar summasi bo‘yicha kiritiladi.

73. 0860 "Moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarga kapital qo‘yilmalar" schyotida moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha ijaraga olingan mulkni obodonlashtirish hamda uning ta’mirlanishi va modernizatsiyasiga qilinadigan kapital qo‘yilmalar hisobga olinadi.


74. Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida asosiy vositalar ob’ektlarining boshlang‘ich qiymatiga o‘rnatilgan tartibda qo‘shiladigan quruvchining barcha haqiqiy xarajatlari, shuningdek korxonaning asosiy vositalarni, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, asosiy podani tashkil etish va boshqa kapital qo‘yilmalar bilan bog‘liq xarajatlari aks ettiriladi.


Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar bo‘yicha qoldiq, korxonaning tugallanmagan qurilishga, asosiy vositalar, nomoddiy aktivlarni xarid qilish, erni va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirishga qilingan kapital qo‘yilmalar miqdorini, shuningdek asosiy podani tashkil etish bo‘yicha tugallanmagan xarajatlar summasini aks ettiradi.
Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800) bo‘yicha analitik hisob kapital qo‘yilmalarning har bir yo‘nalishi bo‘yicha yuritiladi. Bunda analitik hisobning tashkil etilishi quyidagi xarajatlar haqida ma’lumot olish imkonini berishi lozim:
a) qurilish va rekonstruksiya ishlari; burg‘ulash ishlari; asbob-uskunalarni yig‘ish; o‘rnatiladigan asbob-uskunalarni xarid qilish; montajni talab qilmaydigan asbob-uskunalarni xarid qilish, shuningdek kapital qo‘yilmalarning smetalarida nazarda tutilgan asboblar va inventarlarni xarid qilish loyiha-qidiruv ishlariga oid va boshqa kapital qo‘yilmalar bo‘yicha xarajatlar;
b) asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarni xarid qilish xarajatlari - asosiy vositalar va nomoddiy aktivlarning turlari va nomlari bo‘yicha;
v) er va moliyaviy ijara shartnomasi bo‘yicha olingan asosiy vositalarni obodonlashtirish xarajatlari - ob’ektlarning turi va nomi bo‘yicha;
g) asosiy podani tashkil etish xarajatlari - hayvonlarning turlari (yirik shoxli hayvonlar, qo‘ylar, otlar va boshqalar) bo‘yicha.

75. Kapital qo‘yilmalarni hisobga oluvchi schyotlar (0800)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin