Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə22/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Asosiy va yordamchi ishlab chiqarishda chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar omborga kirim qilindi



2110

2010, 2310

2

YArim tayyor mahsulotlarning ortiqcha qismi kirim qilindi



2110

9390

3

Ajratilgan bo‘linmalardan olingan yarim tayyor mahsulotlar kirim qilindi



2110

6110

4

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarni qayta baholash
a) qiymatining oshirilishi;
b) qiymatining kamaytirilishi.



2110
3290

6230
2110

5

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar asosiy va yordamchi ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun berildi



2010, 2310

2110

6

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotni tuzatishga sarflanishi; yarim tayyor mahsulotlarning yaroqsizligi tufayli yo‘qotishlarning aks ettirilishi



2610

2110

7

Sotish uchun mo‘ljallangan o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning tayyor mahsulot sifatida aks ettirilishi



2810

2110

8

O‘zida ishlab chiqarilib sotilgan yarim tayyor mahsulotlar tannarxini hisobdan chiqarish



9110

2110

9

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning boshqa korxonalarga tekinga berilishi



9430

2110

10

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlarning ajratilgan bo‘linmalarga berilishi



4110

2110

11

Tabiiy ofatlar natijasida o‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar bo‘yicha ko‘rilgan zararlarni hisobdan chiqarish



9720

2110

12

O‘zida ishlab chiqarilgan yarim tayyor mahsulotlar kamomadi aniqlandi



5910

2110

7-§. YOrdamchi ishlab chiqarishni
hisobga oluvchi schyotlar (2300)

123. Korxonaning asosiy ishlab chiqarishiga yoki asosiy faoliyatiga yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi hisoblangan ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotida amalga oshiriladi.


124. Ushbu schyot quyidagilarni ta’minlaydigan, ishlab chiqarish xarajatlarini hisobga olish uchun qo‘llaniladi:


a) energiyaning turli xillari (elektr energiyasi, bug‘ va boshqalar) bilan xizmat ko‘rsatish;
b) transport xizmatini ko‘rsatish;
v) asosiy vositalarni ta’mirlash;
g) asboblar, to‘rtburchak muhrlar, ehtiyot qismlar, qurilish detallari va konstruksiyalarini tayyorlash yoki qurilish materillarini boyitish (asosan qurilish korxonalarida);
d) tosh, shag‘al, qum va boshqa ruda bo‘lmagan materiallarni qazib olish;
e) yog‘och materiallarni tayyorlash va taxta qilish;
j) qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini tuzlash, quritish va konserva qilish (asosan savdo korxonalarida).
Bundan tashqari ushbu schyotlarda korxona balansida turuvchi ilmiy tekshirish va tajriba konstruktorlik bo‘linmalarining xarajatlari aks ettirilishi mumkin.

125. 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotining debeti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar aks ettiriladi.


Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq to‘g‘ri xarajatlar 2310 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga, ishlab chiqarish zaxiralari, mehnat haqi to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar, asosiy vositalarga eskirish va nomoddiy aktivlarga amortizatsiya hisoblash va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
YOrdamchi ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotiga 2510 "Umumishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi. YOrdamchi ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar ayrim hollarda bevosita 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotida hisobga olinishi mumkin.
YAroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotidan hisobdan chiqariladi.
2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish haqiqiy tannarxining summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditidan 2010 "Asosiy ishlab chiqarish", 2510 "Umumishlab chiqarish xarajatlari", 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi", 9420 "Ma’muriy xarajatlar" schyotlariga va boshqa schyotlar bilan bog‘langan holda hisobdan chiqariladi.
2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha analitik hisob xarajat elementlari va moddalari bo‘yicha va mahsulot turlari bo‘yicha yuritiladi.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi.
2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarish qiymatini ko‘rsatadi.

126. YOrdamchi ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2300)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin