Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə20/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet



Kredit

1

Farq summasining hisobdan chiqarilishi:
a) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan past bo‘lganda;
b) kelib tushgan moddiy qiymatliklarning haqiqiy tannarxi hisob baholaridan yuqori bo‘lganda.



1510
1610

1610
1510

2

Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan olingan materiallar bo‘yicha farqlar summasi



1610

4110, 4120

3

Materiallar qiymatidagi farqlar (hisoblangan ulushda) tegishli schyotlarga hisobdan chiqarildi



Xarajatlarni
hisobga oluvchi
schyotlar



1610

4

Materiallar qiymatidagi farqning bir qismi ajratilgan bo‘linmalarga, ularga berilgan materiallar schyotiga hisobdan chiqarildi



4110

1610

5-§. Asosiy ishlab chiqarishni
hisobga oluvchi schyotlar (2000)

117. Korxonaning asosiy faoliyat turi hisoblangan mahsulot (ish, xizmat)lar, asosiy ishlab chiqarish xarajatlari to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotida amalga oshiriladi.


118. Oldindan (ijara, abonent to‘lovi va h.k.) yoki keyingi davrlardagi (hisobdor summasining ortiqcha xarajatlari uchun to‘lovlar va boshqalar) - korxona xarajatlari mahsulot (ish, xizmat)lar tannarxiga ularning to‘langan muddatidan qat’i nazar - qaysi davrga taalluqli bo‘lsa, o‘sha hisobot davrida kiritiladi.


119. 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining debeti bo‘yicha mahsulot ishlab chiqarish, ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar, shuningdek yordamchi ishlab chiqarish xarajatlari, asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar va yaroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar aks ettiriladi.


Mahsulot ishlab chiqarish, ish bajarish va xizmat ko‘rsatish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan to‘g‘ri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga ishlab chiqarish zaxiralari, mehnatga haq to‘lash bo‘yicha xodimlar bilan hisob-kitoblar va boshqalarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan hisobdan chiqariladi.
YOrdamchi ishlab chiqarish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2310 "YOrdamchi ishlab chiqarish" schyotining kreditidan hisobdan chiqariladi.
Asosiy ishlab chiqarishni boshqarish va xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan egri xarajatlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2510 "Umumiy ishlab chiqarish xarajatlari" schyotidan hisobdan chiqariladi.
YAroqsiz mahsulot hisobiga yo‘qotishlar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotiga 2610 "Ishlab chiqarishdagi yaroqsiz mahsulotlar" schyotidan hisobdan chiqariladi.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining kreditida tugallangan mahsulot ishlab chiqarish, ish va xizmatlarni bajarishning haqiqiy tannarx summalari aks ettiriladi. Ushbu summalar 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotidan 2810 "Ombordagi tayyor mahsulotlar", 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi", 9130 "Bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning tannarxi" schyotlarining debetiga hisobdan chiqarilishi mumkin.
2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyoti bo‘yicha oy oxiridagi qoldiq tugallanmagan ishlab chiqarishning tannarxini ko‘rsatadi.
Analitik hisob xarajatlarning turlari va chiqarilayotgan mahsulotlarning turlari bo‘yicha yuritiladi. Xarajatlarning yuzaga kelish joylari va boshqa belgilari bo‘yicha guruhlanishi, shuningdek kalkulyasion hisob alohida schyotlar tizimida amalga oshiriladi. Ushbu schyotlarning tarkibi va foydalanish uslubiyatini har bir korxona o‘zining ishlab chiqarish faoliyati, tuzilishi, boshqarishni tashkil etish xususiyatlariga qarab belgilaydi. Agar xarajatlarning vujudga kelish joyi va boshqa belgilari bo‘yicha guruhlanishi hamda kalkulyasion hisob alohida schyotlar tizimida hisobga olinmasa, 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" schyotining analitik hisobi ham korxonaning alohida bo‘linmalari bo‘yicha yuritiladi.

120. Asosiy ishlab chiqarishni hisobga oluvchi schyotlar (2000)ning bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin