T/r
|
Xo‘jalik muomalalarining mazmuni
|
Schyotlarning bog‘lanishi
|
Debet
|
Kredit
|
1
|
Mol etkazib beruvchilardan materiallar olindi
|
1010-1090
|
6010
|
2
|
Asosiy vositalarni tugatish natijasida kelib tushgan materiallarning qiymati
|
1090
|
9210
|
3
|
Ta’sischilardan ularning ulushi hisobidan turli xil materiallarning kelib tushishi
|
1010-1090
|
4610
|
4
|
Ajratilgan bo‘linmalar, sho‘‘ba va qaram xo‘jalik jamiyatlaridan materiallarning kelib tushishi
|
1010-1090
|
6110, 6120
|
5
|
Boshqa shaxslardan materiallarning tekinga olinishi
|
1010-1090
|
8530
|
6
|
Materiallar kirim qilingandan keyin aniqlangan yaroqsizlik (defekt) bo‘yicha mol etkazib beruvchiga bildirilgan da’vo
|
4860
|
1010-1090
|
7
|
Transport-tayyorlov xarajatlarining materiallar tannarxiga kiritilishi
|
1010-1090
|
1510
|
8
|
YAroqsiz mahsulotdan qolgan materiallarning kirim qilinishi
|
1090
|
2610
|
9
|
Materiallarning haqiqiy tannarxi bo‘yicha kirim qilinishi (1500 schyot qo‘llanilganda)
|
1010-1090
|
1510
|
10
|
O‘zida ishlab chiqarilgan materiallarning kirim qilinishi
|
1010-1090
|
2310
|
11
|
To‘lovi inkor etilgan oldin bildirilgan da’vo summasining hisobdan chiqarilishi
|
1010-1090
|
4860
|
12
|
Asosiy, yordamchi ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklarga materiallarning chiqarilishi
|
2010, 2310, 2510, 2710
|
1010-1090
|
13
|
Ma’muriy ehtiyojlar uchun materiallarning berilishi
|
9420
|
1010-1090
|
14
|
YAroqsiz mahsulotni tuzatish uchun materiallarning sarflanishi
|
2610
|
1010-1090
|
15
|
Mahsulotlarni sotish uchun idishlarning sarflanishi
|
9410
|
1060
|
16
|
CHetga chiqib ketayotgan materiallarning qiymatini hisobdan chiqarish
|
9220
|
1010-1090
|
17
|
Tabiiy ofat natijasida yo‘qotilgan materiallarning hisobdan chiqarilishi
|
9720
|
1010-1090
|
18
|
Inventarizatsiya natijasida materiallarning kamomadi aniqlandi
|
5910
|
1010-1090
|
19
|
Tog‘-kon tayyorgarlik ishlarida foydalanilgan qurilish materiallarining hisobdan chiqarilishi
|
2010, 0800
|
1050
|
2-§. O‘stirishdagi va boquvdagi
hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar (1100)
105. Korxonaga tegishli yosh hayvonlar; boquvdagi, yaylovdagi katta yoshdagi hayvonlar; parrandalar; yovvoyi hayvonlar; quyonlar; asalari oilalari; sotish uchun asosiy podadan yaroqsiz qilingan (boquvga qo‘yilmasdan); sotish uchun aholidan qabul qilingan qoramollarning mavjudligi va harakati to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
1110 "O‘stirishdagi hayvonlar";
1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar".
YUqorida ko‘rsatilgan hayvonlarni o‘stirish va bo‘rdoqiga boqish xarajatlari 2010 "Asosiy ishlab chiqarish" (agar chorvachilik asosiy faoliyat turi bo‘lsa) yoki 2710 "Xizmat ko‘rsatuvchi xo‘jaliklar" schyotlarida hisobga olinadi.
106. Asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlar 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotiga, 9210 "Asosiy vositalarning chiqib ketishi" schyotining kreditidan (mahsuldor hayvonlar - boshlang‘ich qiymatda; ishchi hayvonlar - yaroqsizga chiqarish natijasida olingan haqiqiy miqdorida) hisobga olinadi.
107. Nasl sifatida olingan yosh hayvonlar 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" schyotining debetiga va nasl beradigan hayvonlarni saqlash xarajatlarni hisobga oluvchi schyotning kreditidan kirim qilinadi.
108. YOsh yirik shoxli qoramollar va boquvdagi (yaylovdagi) hayvonlarning ortgan vaznining qiymati, shuningdek yosh hayvonlar (toylar va boshqalar)ning o‘sish qiymati har oyda 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining debetiga parvarishlash reja tannarxi bo‘yicha ushbu hayvonlarni parvarishlash xarajatlarini hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan olib boriladi. Yil oxirida ko‘rsatilgan schyotlar bo‘yicha yil davomida parvarishlash reja tannarxi bo‘yicha hisobga olingan hayvonlarning qo‘shilgan vazni yoki o‘sish qiymatini, parvarishlashning haqiqiy tannarxigacha to‘g‘rilash yozuvlari amalga oshiriladi.
109. Asosiy podaga o‘tkaziladigan yosh hayvonlar 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" schyotidan 0840 "Asosiy podani tashkil etish" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi. Bir vaqtning o‘zida yosh hayvonlarning asosiy podaga o‘tkazilishida 0170 "Ishchi va mahsuldor hayvonlar" schyoti debetlanadi va 0840 "Asosiy podani tashkil qilish" schyoti kreditlanadi. Qiymati 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" schyotida yuritiladigan hayvonlarning chetga chiqib ketishi, shu jumladan, asosiy podadan yaroqsiz qilingan hayvonlarni tayyorlash korxonalariga topshirilishi 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar", 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining krediti va 9110 "Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi" schyotining debetida aks ettiriladi va bir vaqtning o‘zida ushbu hayvonlar uchun sotib oluvchidan korxonaga tegishli summaga 9010 "Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar" schyotining krediti bilan 4010 "Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar" schyotining debeti bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.
110. Nobud bo‘lgan va noilojlikdan so‘yilgan (epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo‘lganlaridan tashqari) hayvonlarning qiymati moddiy qiymatliklarning buzilishi sifatida 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining krediti va 5910 "Kamomadlar va qiymatliklarning buzilishidan yo‘qotishlar" schyotining debetida aks ettiriladi. Nobud bo‘lgan va noilojlikdan so‘yilgan hayvonlardan olingan terilar, shoxlar, tuyoqlar, texnik yog‘lar va shu kabilar foydalanish yoki sotish mumkin bo‘lgan narxlar bo‘yicha baholanib, qo‘shimcha mahsulot sifatida hayvonlarni parvarishlash xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlarning kreditidan kirim qilinadi. Epizootiya yoki tabiiy ofatdan nobud bo‘lgan yoki so‘yilgan hayvonlarning qiymati 1110 "O‘stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotlarining kreditidan bevosita 9720 "Favquloddagi zararlar" schyotining debetiga hisobdan chiqariladi.
"O‘stirishdagi hayvonlar" va 1120 "Bo‘rdoqidagi hayvonlar" schyotlari bo‘yicha analitik hisoblar hayvonlarni o‘stirish va boqish xarajatlarini hisobga olish uchun belgilangan hayvonlarni saqlash joylari, turlari, yoshlarining guruhlari va boshqalar bo‘yicha yuritiladi.
111. O‘stirishdagi va boquvdagi hayvonlarni hisobga oluvchi schyotlar (1100)ning bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |