3-§. Kechiktirilgan majburiyatlarni
hisobga oluvchi schyotlar (6200)
261. Vaqtinchalik farqlar natijasida vujudga keladigan kechiktirilgan joriy majburiyatlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:
6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar”;
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar”;
6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar”;
6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar”;
6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar”.
262. 6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyotida qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalarning diskont (chegirma)lari bo‘yicha korxonaning kechiktirilgan uzoq muddatli daromadlarining joriy qismi aks ettiriladi. Ushbu schyot faqat obligatsiyalarni sotib oluvchi tomonidan qo‘llaniladi. Obligatsiyalar diskont bilan sotib olinganda, diskont summasi 6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti kreditida, to‘langan summa esa pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlarning kreditida va qisqa muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlar yoki uzoq muddatli investitsiyalarni hisobga oluvchi schyotlarning debetida aks ettiriladi. Obligatsiyalar diskont (chegirma)larining joriy qismini daromadlarga o‘tkazishda 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6210 “Diskont (chegirma)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.
263. 6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti qoplanish davri davomida daromadga taqsimlanadigan obligatsiyalar mukofoti (ustamasi) bo‘yicha korxonaning uzoq muddatli kechiktirilgan daromadlarining joriy qismini aks ettiradi. Ushbu schyot faqat obligatsiya sotuvchilarda qo‘llaniladi. Obligatsiyalar mukofot bilan sotilganda, mukofot (ustama) summasi 6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti, obligatsiyaning nominal qiymati esa 6830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” (qisqa muddatli) yoki 7830 “To‘lanadigan obligatsiyalar” (uzoq muddatli) schyotining kreditida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Obligatsiyalarning mukofot (ustama)lari joriy qismini daromadlarga o‘tkazishda 9530 “Foizlar ko‘rinishidagi daromadlar” schyoti kreditlanadi va 6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti debetlanadi.
6220 “Mukofot (ustama)lar ko‘rinishidagi kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir obligatsiyaning turi va qoplash muddati bo‘yicha alohida yuritiladi.
264. 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotida hisobot davrida bo‘nak sifatida olingan (hisoblangan), ammo kelgusi davrlarga tegishli bo‘lgan daromadlar aks ettiriladi. Kechiktirilgan daromadlar ijara to‘lovlari, chiptalarning sotilishi; jurnallarga obuna to‘lovi va boshqa ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin. Hali etkazib berilmagan tayyor mahsulotlar, tovarlar, bajarilmagan ishlar va ko‘rsatilmagan xizmatlar uchun pul mablag‘lari kelib tushganda 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda kreditlanadi. Kelgusi hisobot davriga tegishli daromadlar tayyor mahsulotlar, tovarlar sotilganda, ishlar bajarilganda va xizmatlar ko‘rsatilganda daromad sifatida tan olinadi va 6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyotining debetidan 9010 “Tayyor mahsulotlarni sotishdan daromadlar”, 9020 “Tovarlarni sotishdan daromadlar” va 9030 “Ishlar bajarish va xizmatlar ko‘rsatishdan daromadlar” schyotlarining kreditiga hisobdan chiqariladi.
6230 “Boshqa kechiktirilgan daromadlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir daromad turi bo‘yicha alohida yuritiladi.
265. 6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida mas’ul Hukumat idoralarining qarori bo‘yicha qonunchilikka muvofiq to‘lanishi kechiktirilishiga ruxsat etilgan soliqlar bo‘yicha byudjet oldidagi qarzlar va majburiy to‘lovlarning joriy qismi aks ettiriladi. 6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyotining kreditida kechiktirilgan joriy to‘lovlar summasi byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6400), sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bilan bog‘langan holda hisobga olinadi.
6240 “Soliqlar va majburiy to‘lovlar bo‘yicha kechiktirilgan majburiyatlar” schyoti bo‘yicha analitik hisob har bir kechiktirilgan soliq va to‘lovlar turi bo‘yicha alohida yuritiladi.
266. 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” schyotida vaqtinchalik farqlar natijasida yuzaga kelgan kechiktirilgan foyda solig‘i summasi aks ettiriladi.
Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘iga doir majburiyatlarning tegishli joriy qismi 7250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha uzoq muddatli majburiyatlar” schyotidan 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” schyotiga o‘tkaziladi. Keyinchalik vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i vujudga kelishiga qarab 6250 “Vaqtinchalik farqlar bo‘yicha kechiktirilgan foyda solig‘i bo‘yicha majburiyatlar” schyoti 6410 “Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar (turlari bo‘yicha)” schyoti bilan bog‘lanadi.
267. 6290 “Boshqa kechiktirilgan majburiyatlar” schyotida korxonaning 6210 - 6250-schyotlarda ko‘rsatilmagan boshqa kechiktirilgan majburiyatlari aks ettiriladi.
268. Kechiktirilgan majburiyatlarni hisobga oluvchi schyotlar (6200)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:
Dostları ilə paylaş: |