Buxgalteriya hisobining milliy standarti (21-son bhms)


T/r Xo‘jalik muomalalarining mazmuni



Yüklə 3,14 Mb.
səhifə57/96
tarix20.11.2023
ölçüsü3,14 Mb.
#165847
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96
21-bhms ilova lotin

T/r

Xo‘jalik muomalalarining mazmuni

Schyotlarning bog‘lanishi



Debet

Kredit



1

Davr xarajatlariga taalluqli xar xil ajratmalar, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha byudjetga qarzlar



9430

6410

2

Tayyor mahsulotlarni, tovarlarni sotishda, ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatish, shuningdek asosiy vositalar va boshqa aktivlarni sotish va turli chiqarishda QQS va aksiz summasi hisoblandi



4010

6410

3

Byudjetdan mablag‘lar qaytarildi yoki kelgusi to‘lovlar hisobiga o‘tkazildi (yakuniy hisob-kitoblar va sh.k.)



5110, 5210, 5530, 4410

6410

4

Jismoniy shaxslarning ish haqidan daromad solig‘i summasi ushlab qolindi



6710

6410

5

Hisoblangan dividenddan daromad solig‘i summasi ushlab qolindi



6610

6410

6

Foydadan byudjetga to‘lovlar hisoblandi



9810-9890

6410

7

Byudjetga to‘lovlar o‘tkazib berildi



6410

5010-5530

8

Moddiy resurslar, tovarlar, ishlar va xizmatlarga tegishli bo‘lgan QQS summasi hisobga olindi



6410

4410

9

Olingan kreditlar va qarzlar hisobidan byudjetga qarzlar to‘landi



6410

6810-6840, 7810-7840

6-§. Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalariga
to‘lovlar bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)

275. Korxona mulki va xodimlarini sug‘urta qilish, davlat ijtimoiy sug‘urtasi, korxona xodimlarining nafaqa ta’minoti va tibbiy sug‘urtasi, maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar, shuningdek uchinchi shaxslar mulkiy manfaatlariga keltirilgan zararlar uchun fuqarolik javobgarligini sug‘urta qilish bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi axborotlarni umumlashtirish quyidagi schyotlarda amalga oshiriladi:


6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar”;
6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar”.

276. 6510 “Sug‘urta bo‘yicha to‘lovlar” schyoti korxonaning mulki va xodimini sug‘urtalash bo‘yicha qarzlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan. (AV 12.11.2003 y. 1181-1-son bilan ro‘yxatga olingan MV Buyrug‘i tahriridagi band)


277. 6520 “Maqsadli davlat jamg‘armalariga to‘lovlar” schyoti maqsadli davlat jamg‘armalari oldidagi ajratmalar bo‘yicha qarzlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni umumlashtirish uchun mo‘ljallangan.


278. Sug‘urta to‘lovlari va maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz summalari sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning kredit tomonida xarajatlarni hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi. Sug‘urta to‘lovlari va maqsadli davlat jamg‘armalariga ajratmalar bo‘yicha qarz summalarining to‘lanishi sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning debet tomonida pul mablag‘larini hisobga oluvchi schyotlar bilan bog‘langan holda aks ettiriladi.


Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500) bo‘yicha analitik hisob sug‘urtachilar va alohida sug‘urta shartnomalari, shuningdek korxona to‘lovchi deb hisoblangan har bir maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha alohida yuritiladi.

279. Sug‘urta va maqsadli davlat jamg‘armalari bo‘yicha qarzlarni hisobga oluvchi schyotlar (6500)ning boshqa schyotlar bilan bog‘lanishi:






Yüklə 3,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   96




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin