Seminar.
"Seminar" so’zi lotincha so’z bo’lib "bilimlarni
kengaytirish va chuqurlashtirish" degan maonini anglatadi.
Oliy o’quv yurtida seminar o’quv-nazariy mashg’ulotlarning
muhim shakli bo’lib, talabalarga o’quv rejasida nazarda tutilgan
predmetlarni chuqur o’zlashtirishga yordam beradi.
Seminar mashg’ulotining ahamiyati shundaki, u talabalarda kitob
ustida mustaqil ishlash, mustaqil fikr yuritish ko’nikmalarini
shakllantiradi va rivojlantiradi. Prezident Islom Karimov Oliy Majlisning
to’qqizinchi sessiyasida so’zlagan nutqida: "demokratik jamiyatda
bolalar, umuman, har bir inson erkin fikrlaydigan etib tarbiyalanadi.
Agar bolalar erkin fikrlashni o’rganmasa, berilgan ta’lim samarasi
past bo’lishi muqarrar. Albatta, bilim kerak. Ammo bilim o’z yo’liga.
Mustaqil fikrlash ham katta boylikdir".
41
Yaxshi uyushtirilgai seminar -
talabalar uchun mustaqil fikrlashni o’rgatadigan maktabdir.
Seminar mavzusi, uning rejasi va o’rganish zarur bo’lgan
adabiyotlar ro’yxati kafedra o’qituvchilari tomonidan talabalarga beriladi.
Seminar o’tiladigan kuni, vaqti va joyi dars jadvalida ko’rsatilgan
bo’ladi.
Institutimizning birinchi kursida O’zbekiston tarixi, Iqtisodiy
nazariya,
Siyosatshunoslik
va
h.k.
fanlar
yuzasidan
seminar
mashg’ulotlari o’tkaziladi.
Seminar mashg’uloti darsi ikki xil usulda tashkil yetilishi
mumkin. Birinchidan, mavzuning muhim masalalari bo’yicha qizg’in
ijodiy baxs, ikkinchidan, talabalar tomonidan tayyorlangan mavzuga doir
o’quv-ilmiy yoki ilmiy ma’ruzalar tinglash. Har ikkala holda ham
41
Каримов И. Баркамол авлод - Ўзбекистоп тараққиётининг пойдевори. Халқ сўзи, 1997 йил 30 апгуст сони
.
112
seminar guruh talabalarining fikr almashuv, muhokama va bahslashuvi
shaklida o’tishi lozim. Buning uchun talabalar seminar darslariga ijodiy
yondoshib, puxta tayyorgarlik ko’rishlari talab etiladi.
Seminar mashg’ulotlariga qanday tayyorlanish kerak?
Seminarga tayyorlanish talabaning mustaqil ish jarayoni bo’lib, unga
tayyorgarlik ko’rishni shu mavzu bo’yicha ma’ruza mashg’ulotini eshitish va
yozib olishdan boshlash lozim. Ma’ruzada berilayotgan materialni yaxshi
o’zlashtirish, ijodiy idrok yetish, konspektlashtirish va uni qayta ishlash,
to’ldirish seminar mashg’ulotlariga puxta tayyorgarlik ko’rishning zarur
shartidir.
Seminarga tayyorlanishning yana bir sharti sho’qi, fan bo’yicha kafedra
o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan fan o’quv dasturi, seminar
mashg’ulotlari rejasi, hamda seminar mashg’ulotlariga tayyorgarlik ko’rish
bo’yicha bo’yicha metodik maslahatlar kabi o’quv qo’llanmalardan samarali
foydalanish lozim.
Seminarga tayyorlanishda tavsiya etilgan manbalar va kitoblarni o’qib
o’rganish va konspektlashtirish muhim ahamiyat kasb etadi. Albitta bu
jarayon ma’lum vaqt va adabiyotlarni qunt bilan mutaola qilishni talab qiladi.
Buning uchun talaba berilgan seminar rejasi asosida muntazam shug’ullanishi
talab etiladi. SHundagina talaba seminar mashg’ulotlariga puxta va o’z vaqtida
tayyor bo’lishi mumkin.
Seminarga tayyorlanish kitob va boshqa o’quv manbaolari ustida tizimli
ishlash jarayonidir. Buning uchun talaba avvalo, o’quv manbaosi bilan
umumiy tarzda tanishib chiqishi talab etiladi. O’quv manbaosining nomi,
muallifi, hajmi, qachon va qaerda nashr etilganligiga etibor berish lozim.
Kitobning ilmiy apparati, ya’ni manbalarga qilingan ilovalar, eslatmalar va
boshqalari bilan ham tanishib chiqishi zarur.
Mavzu bo’yicha tavsiya ztilgan har bir manba va kitobni seminar rejasida
ko’rsatilgan betlarini qunt bilan o’qib o’rganish lozim. Manbaoni o’qishda
shoshilmasdan, butun hayolni jamlab, qo’lga qalam olgan xolda, o’qilganini
113
tahlil qilib, yangi fikr-mulohazalarni oldingilari bilan o’zaro bog’lagan,
ilgari surilayotgai asosiy g’oyalar va tushunchalarni ajratib borish
lozim. Agar kitob shaxsan o’zingizniki bo’lsa, o’qilayotganda muhim
joylarini tagiga chizib, o’z fikr mulohazalaringizni bayon etish uchun
ma’ruza tezisingizni tuzib chiqish talab etiladi.
Manba yoki kitobni o’qib chiqqach, mavzu ustida puxta o’ylab
ko’rish lozim, bu seminar materialini yana to’laroq tushunish va
o’zlashtirib olishga yordam beradi. O’ylash davomida savollar paydo
bo’lishi mumkin, masalan, mavzuda qanday asosiy g’oya va muhim
tushunchalar ilgari surilayapti, ular seminar mavzusiga qanchalik
aloqador, ilgari o’rganilganlarga nechog’lik bog’liq, seminarning qaysi
savoli haqida gap borayapti? Bunday savollarga talaba o’zining shaxsiy
fikr-mulohazadari bilan javob berishi lozim. Kitob ustida ishlash
mustaqil fikrlash qobiliyatini rivojlantiradi, degan iboraniig maonisi shu
bilan belgilanadi.
Seminarga tayyorgarlik ko’rish uchun tavsiya etilgan manbaolarni
yuqorida aytilgan tarzda o’qib chiqqandan keyin kitob ustida
ishlashning so’nggi bosqichiga - o’qilganni daftarga yozib olishga
o’tiladi.
Seminar mashg’ulotlari uchun alohida umumiy daftar tutiladi. Bu
daftarga o’rganilayotgan mavzuning mazmuni reja asosida qisqacha
bayon qilinadi konspektlashtiriladi.
Konspekt yozishning yana bir afzalligi shundaki, o’rganilgan, yozib
olingan material xotirada yaxshi saqlanib qoladi, uni keyinchalik eslash
oson bo’ladi. Konspekt qimmatli material sifatida sinov va imtihonlarga
tayyorlanishni osonlashtiradi.
Konspektni to’g’ri va ma’lum tartibda yozishga alohida ehtibor
berish lozim. Konspektni daftar saxifasiga bir xil, bir sidra yozib
ketavermasdan, bahzi xollarda ayrim so’zlarni, qisqa tushunchalarni
yaqqol ko’rinib turadigan shaklda alohida bo’rttirib yoki bosma
114
shriftlarda yozish mahqo’l. Sarlavxalar, yillar, xulosalar, tsitatalar tagiga
rangli qalam bilan chizib, ajratib ko’rsatib yozish tavsiya etiladi.
Daftar saxifasiiing chet tomonidan saxifaning to’rtdan bir qismicha joyni
ochiq qoldirish lozim. Ochiq qoldirilgan joyga qo’shimcha ma’lumotlarni
yozib borish, konspektni tekshirib, unga ayrim o’zgarishlar, aniqliklar kiritish
mumkin bo’ladi.
O’zbekiston tarixi, Iqtisodiy nazariya, Politologiya va boshqa fanlar
bo’yicha
bo’ladigan
seminar
mashg’ulotlariga
tayyorlanishda
mamlakatimizning birinchi Prezidenti Islom Karimovning, Prezidentimiz
iSHavkat
Miromonovich
Mirziyaevning
asarlarini,
Oliy
Majlisning
sessiyalarida so’zlagan ma’ruza va nutqlarini konspektlashtirish lozim.
Gazetalar hamda iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy jurnallarni o’qib borish
siyosiy saviyani oshirishga ko’maklashadi. Ularda bosilayotgan maqolalar,
statistik ma’lumotlardan foydalanish, konspekt daftarining tegishli joylariga
yozib qo’yish yaxshi natija beradi.
Seminar mashg’ulotlarida qatnashish, muhokama yetilayotgan masalalar
bo’yicha o’z fikr-mulohazalarini bildirish har bir talabaning burchidir. Seminar
qatnashchilari bir-birlarini diqqat bilan tinglashlari, bahslashuvlarda ishtirok
etgan talabalar tomonidan yo’l qo’yilgan xato-kamchiliklarni tuzatishlari,
ularning so’zlariga aniqliq va qo’shimchalar kiritishlari lozim.
Seminarda qatnashish ham ma’ruzani tinglash va yozish kabi katta
mehnat qilishni, tinmay va astoydil ishlashni talab etadi.
Kursdosh so’zlayotgan paytda, uni qo’lda qalam bilan tinglash, aytgan
yangi fikr mulohazalarini yozib borish nihoyatda foydalidir.
O’qituvchi har bir muxokama qilingan masala bo’yicha, seminar
darsining oxirida o’rganilgan mavzu bo’yicha yakuniy fikr-muloxazalarni
bildiradi, yakuniy xulosalar chiqaradi. Talaba o’qituvchining ana shu yakuniy
fikrlarini, xulosalarini seminar daftariga, albatta, yozib olishi kerak. Ana
shundagina seminar mashg’uloti talaba uchun muvoffaqiyatli yakunlangan,
115
muhokama etilgan masala bo’yicha bilimlar puxta va chuqur
o’zlashtirilgan bo’ladi.
Dostları ilə paylaş: |