Buxgalteriya va kasbiy faoliyat asoslari


SHAKLLARI  Mavzu bo’yicha kalit so’zlar



Yüklə 5,99 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/285
tarix17.09.2023
ölçüsü5,99 Mb.
#144496
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   285
8fc17e64229eadfaba2b8e11cce84927 BUXGALTERIYA VA KASBIY FAOLIYAT ASOSLARI

SHAKLLARI 
Mavzu bo’yicha kalit so’zlar: 
ma’ruza; seminar mashgulotlari;
amaliy mashgulotlar; laboratoriya mashgulotlari; davra suxbatlari, 
konferensiya, ilmiy seminar.
1. O’QUV MASHG’ULOTLARINING ASOSIY TURLARI 
Oliy ta’lim muassasalarida (universitet, akademiya, instititut va ularga 
tenglashtirilgan boshqa ta’lim muassasalari) ukuv mashgulotlari bir necha
shakllarida olib boriladi: ma’ruza; seminar mashgulotlari; amaliy
mashgulotlar; laboratoriya mashgulotlari; davra suxbatlari va 
konferensiyalar; ilmiy seminar va boshqalar.
O’quv mashg’ulotlari shaklan bir-biridan xususiyatlari bilan farq 
qiladi. Ularning xususiyatlarini bilish talabalar uchun uta muxim axamiyatga 
ega. Talaba o’quv mashg’ulotlariga faol qatnashishi talab kilinadi. Dono 


108 
xalqimiz noni ezozlaydi, farzandlarini nonga bo’lgan hurmat bilan tarbiyalab uni 
duniyodagi barcha narsalardan aziz qo’yadi, chunki, non insonni qornini 
to’yg’izadi. Ta’lim jarayonida dars ham nonday aziz, chunki, agar, non insonni 
qornini to’yg’izsa, dars talabani ongini to’ldiradi, unga maonaviy va kasbiy boylik 
beradi. SHuning uchun ham talaba o’quv mashg’ulotlariga faol qatnashishi talab 
kilinadi.
Ma’ruza.
Ma’ruza o’quv jarayonining asosiy bo’g’ini sifatida o’kitishning
turli shakllari orasida yeetakchi urin egallaydi. Ma’ruzaga kelgan talaba
ehtiborini boshka narsalarga qarat, ma’ruzachini diqqat bilan eshitishi va 
tushunganini yozib borishi talab etiladi. Ma’ruza mutaxasisliklarning xususiyatidan 
kelib chiqib o’quv rejada ko’rsatilgan auditoriya soatlarining 50% miqdorigachani 
tashkil qiladi.
Ma’ruzaga kelayotgan talaba tegishli daftar, yozuv va chizuv anjomlari 
bilan kelishi kerak. U ma’ruzaning asosiy mazmunini yozib borishi kerak.
Tushunmagan joylarini ham o’zida qayd qayd qilib borishi zarur. Ma’ruza 
davomida uzaro gaplashish, ma’ruza o’qayotgan ma’ruzachini fikrini buzish
takiklanadi. Talaba ma’ruzaga kadar darsliklardan internet manbaolaridan 
o’kiladigan mavzu bilan oldindan tanishsa ma’ruzani tushunishi osonlashadi. 
Ma’ruza materiallaridan seminarga tayorlanishda foydalaniladi. Ma’ruza 
talabada (tinglovchida) mustakil fikr yuritishni va ilmiy karashni shakillantiradi. 
Ma’ruza talabaga nimalarni bilib olishni, kanday adabiyot va o’quv manbaolaridan 
foydalanib mavzuni to’liq o’zlashtirib olishni ko’rsatib beradi. Talaba ma’ruzani
tinglash bilan birga yozib borishni xam bilishi lozim. Aksariyat talabalar 
ma’ruzani suzma-suz yozishga xarakat kiladi, aslida unday emas, tinglovchi 
ma’ruzani mazmuni uz suzi bilan yozib olishi lozim, ushanda ma’ruza 
tushunarli bo’ladi. SHuning uchun ham, talabadan ma’ruzani xam tinglab ham 
yozib berishga odatlanishi talab etiladi. Ma’ruzani yozib borishda qisqartma 
so’zlardan foydalana bilish ma’ruzani yozib olish samaradorligini oshiradi. 
“Buxgalteriya hisobi” fanidan ma’ruza matni yozishda qo’ydagi qisqartma 
iboralardan foydalanish maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz: bilan so’zini, b-n, 


109 
kerak so’zini, k-k, buxgalteriya hisobi so’zini, b/h, schyot so’zin, sch, debet 
so’zini, dt, kredit so’zini kt, oborot qaydnomasi so’zini, ob/ q, tabelg’ 
so’zini, t/b, ish haqi so’zini, i/x, kaydnoma so’zini, kayd., mor yetkazib 
beruvchi va pudratchilar so’zini M.E.B. va P., kassa so’zini, kas. Hisob 
raqami so’zini, h/r, mahsulotlar so’zini, m/lar, buxgalter so’zini, bux., 
hisobot so’zini, his., bo’ladi so’zini, b-d,meomorial order so’zini, m/o, jurnal 
order so’zini, j/o, xarajat so’zini, x-t, daromad so’zini, d/d, xususiy kapital 
so’zini, x/k, ustav fondi so’zini, u/f, foyda so’zini, f., zarar so’zini, z., 
daromad so’zini, d. va boshqalar. SHu bilan birga bir savolni bayonidan
ikkinchi ikkinsi savolni bayoniga o’tganda, ularni chegarasini belgilash 
kerak. Ma’ruzaning bir kancha turlari mavjud: akademik ma’ruza, 
muamoli ma’ruza, ma’ruza suhbat, ma’ruzadir. xikoya, ma’ruza munozara
va boshkalar. Bulardan eng kup kullaniladigan akademik ma’ruza bo’lib 
hisoblanadi. Ma’ruzalardan dokladlarni fark kilish kerak. Dokladlar bir
mavzuga bagishlangan bulib,kuprok majlislarda, sessiyalarda
foydalaniladi.
Ma’ruzalarni tinglovchilarga tushunarli bo’lishida ma’ruzachining 
maxorati va nutq tezligi aloxida axamiyatga ega. Ma’ruza past tovush va 
tezlikda o’qilganda ma’ruzachi bir minutda 40-50, urtacha xolatda 60-80, 
yukori tezlikda esa, 110 suz aytishi mumkin. Mazmun jixatidan
ma’ruzachi ma’ruzada mavzuni adabiyotlarda yoritilgan masalalarni 
umumlashtirish, takrorlash bilan chegaralanmasligi kerak, balki, mavzuning
adabiyotlarda xali yetarlicha yoritilmagan tomonlariga ehtibor qaratilishi 
lozim. Ma’ruzada sxema, jadvallar, maketlar, xarita, surat, video va audio 
yozuvlardan, multi media tizimidan va boshka kurgazmali kurollardan 
foydalanish tavsiya kilinadi. Talabalar birinchi kursdan tanlangan 
ixtisosi buyicha ma’ruza orqali bilimlarini egallashi hamda mustakil 
dunyoqarashni shakllantirishi talab etiladi. Tinglovchi ma’ruzani yaxshi
uzlashtirib olishi uchun kuyidagilarga alohida ehtibor berishi lozim:
1. Ma’ruzani tinglashga tayyorgarlik kurish;


110 
2. Ma’ruzani dikkat bilan tinglash;
3. Imkon qadar ma’ruzani batavsil yozib olishga xarakat kilish;
4. Auditoriyada yozib olingan ma’ruza matnini to’ldirish, urganish va kayta 
ishlab chikish;
5. Ma’ruzani tinglash jarayonida mustakil fikrini rivojlantirish.
Ma’ruza qo’ydagi bir birini to’ldiruvchi qismlardan iborat bo’ladi: ma’ruza 
mavzusi; ma’ruza rejasi; mavzuning kalit so’zlari; pedagogik texnologiya; ma’ruza 
matni.
Ma’ruza mavzusining nomi o’qituchining fan bo’yicha tuzgan ishchi 
dasturida keltirilgan ma’ruza nomiga mos bo’lishi kerak. Ma’ruzada 3-5 banddan 
iborat reja kuyilishi mumkin. Birinchi masalani tushuntirib bulgandan keyin
ikkinchi masalaga utiladi. Ma’ruzachi ma’ruza rejasining har bir bandidan keyin 
xullosa qilishi talab etiladi.
SHunday qilib ma’ruza o’quv mashg’ulotining asosiy shakli sifatida 
qo’ydagi vazifalarni bajaradi:
1. Talabaning o’quv ishlari kulamini belgilab beradi; 
2. O’kuv rejasiga kirgan fanlarning chukur uzlashtirishga yordam beradi; 
3. O’quv rejadagi fanlarni bir-biri bilan bog’likligini ko’rsatib berish; 
4. Tinglovchida fanga bo’lgan qiziqishni kuchaytirishi; 
5. Talabada mustakil fikr elementlarini egallashga yordam beradi;
6. Hali adabiyotlarda va matbuotda yoritilmagan va kupchilikka ma’lum
bulmagan yangiliklar bilan tanishtiradi; 
7. Mavzu bo’yicha mustakil ishlashning yunalishini belgilab beradi; 
8. Tinglovchiga mavzu bo’yicha bilmaganlarini o’rganishga yo’l-yo’riq 
ko’rsatadi.
Mazmunli ma’ruza bilim olishning asosi bo’lib hisoblanada. SHuning uchun 
talabalardan ma’ruzalarga tizimli kelish talab etiladi. 
tajribalar shuni kursatadiki, aksariyat talabalar ma’ruzani stenografistkaga
uxshab xammasini yozishga xarakat kiladilar, lekin uzlari yozgan fikralarni 
tushunmaydilar. Demak, ma’ruzani yozganda uning mazmunini tushunib 


111 
kiskartirib yozish kerak. Ma’ruzada maxalliy va xalqaro materiallardan
foydalanib misol keltirish uning mazmunini boyitadi, tinglovchilarning 
fanga bo’lgan qiziqishlarini oshiradi.

Yüklə 5,99 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   285




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin