Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

 

 

 

 


34 

 

  



 

 

3.2 Sho’rlangan tuproqlar va sho’rxoklar. 

Hozirgi  vaqtda  respublikaning  2170,7  ming  gektardan  ziyod  sug’oriladigan  yerlari 

turli  darajada  sho’rlangan  bo’lib,  shundan  17,5  ming  gi    sho’ri  yuviladigan  yerlar. 

1344,6 ming gi  kuchsiz sho’rlangan, 663,5 ming gi  o’rtacha sho’rlangan va 162,6 

mingi  kuchli sho’rlangan yerlarni tashkil etadi.  



      SHO’RXOKLAR   Eng ustki 0-30 va 0-40 sm qalinlikda 1-3%, va unda ko’p 

suvda eruvchi tuzi bo’lgan tuproqlarni   biz sho’rxok tuproqlar deb ataymiz. Tabiiy 

sharoitda  sho’rxok  tuproqlarda  o’simlik  o’smaydi  yoki  galofit  sukkulet 

o’simliklarigina o’sadi. Tuproqlarning sho’rlik darajasi kartogrammalarni tuzishda 

biz  suvda  eruvchi  tuzlarning  kimyoviy  tarkibiga  qarab  sho’rxok  tuproqlarni   

quyidagicha  bo’lamiz:  Sodali  tuproqlar.  Bularda  asosan  Na  va  qisman  Mg  tuzlari 

bo’lib, bu tuzlarning o’simlikka zararlilik darajasi eng yuqoridir. Buning sababi, bu 

tuzlarning ishqoriy darajasi 9,5-10,5 bo’lishida. Bu tuproqlarni o’zlashtirish uchun 

meliorastiya  davrida  tuproqning  suv  o’tkazishini  yaxshilash,  chuqur  qilib  plantaj 

bilan  xaydash,  vaqtinchalik  foydalanish  uchun  sayoz,  lekin  qalin  zovur-ariqlarni 

o’tkazish, gips va kislota qoldiqlari solib, tuproq muxitini neytrallash kerak. Sholi 

ekib,  bu  tuproqlarni  yozda  yuvish  yaxshi  natija  beradi.  Bunday  tuproqlar 

O’zbekistonda  juda  oz  tarqalgan,  lekin  Orol  dengizining  quriyotgan  yerlarida 

uchramoqda.  Sulfatli  sho’rxoklar  tarkibiga  tuzlar  bilan  sho’rxoklar  kiradi.  Sulfat 

tuzlarining  o’simlikka  toksik  (zararli)  miqdori  unchalik  yuqori  emas,  tuproq 

fizikasi  xam  ancha  yaxshi,  tarkibida  gips  bo’lganligi  tufayli  yuvilganda 

sho’rtoblashmaydi,  zovur  kanallari  sho’r  yuvish  davrida  yaxshi  foyda  beradi. 

Xloridli sho’rxoklar. Bu tuproqlarning tarkibida CI

-

 va ba’zi S0



4

 tuzlari bo’lib, bu 

tuzlarning  toksik  darajasi  yuqori.  Xlorid  sho’rxoklari  va  bularning  sizot  suvlarida 

umumiy  tuz  miqdori  xamma  vaqt  yuqori  bo’ladi.  Nitratli  sho’rxoklar  tarkibiga 

NaN0

3

  tuzlari  bo’lgan  tuproqlar  kiradi.  O’simliklarga  zararliligi  jixatidan  bu 



sho’rxoklar  xloridli  sho’rxoklari  bilan  teng.  Tuproqning  sho’rlik  darajasi  qancha 

ko’p  bo’lsa,  bunday  sho’rxoklarda  xlor  tuzining  miqdori  xam  shunchalik  ko’p 

bo’ladi  va  aksincha,  sho’rlik  darajasi  kamayishi  bilan  sulfat  tuzlari,  ishqoriy 

karbonat tuzlarining miqdori ortadi. Aktiv sho’rxoklar. Bu sho’rxoklar sizot suvlari 




35 

 

  



 

 

bilan  bog’liq  bo’lib,  "pardali  kapillyar"  suv  yer  betigacha  ko’tarila  olishi  mumkin 



bo’lgan chuqurlikda yotadigan yerlarda hosil bo’ladi. Agarda bunday tuproqlarning 

sizot  suvlari  5-10  g/l  atrofida  sho’rlangan  bo’lsa,  u  vaqtda  bunday  tuproqlarning 

tuzini  5000  m

3

  suv  bilan  yuvish  yaxshi  natija  beradi.  Bunday  tuproqlarning 



sho’rini  yuvish  va  meliorastiya  davrida  ko’pincha  sayoz,  oralig’i  30-40  metrdan 

o’tkazilgan  vaqtinchalik  zovurlardan  foydalaniladi.  Qoldiq  (quruq)  sho’rxoklar. 

Aksariyat  quruq  arid  iqlimli  zonalarga  sizot  suvlari  10-15  m  va  undan  xam 

chuqurroqda  joylashgan  bo’lsada,  lekin  maksimum  tuzi  tuproqlarning  ustki 

qatlamida  bo’lgan  sho’rxoklar  bor.  Bu  sho’rxoklarning  orasida  "soxta  qum"  deb 

ataluvchi chang zarrachalari bilan tuz aralashmalaridan hosil bo’lgan tuz barxanlari 

xam  uchraydi.  Bunday  tuzdan  tashkil  topgan  dyunalar,  barxanlar  shamol  bilan 

tarqalib,  atrof  tuproqlarni  sho’rlatuvchi  manbalik  rolini  o’ynaydilar.  Bunday 

sho’rxoklarni  o’zlashtirishda  uning  ustki  tuz  qatlamini  mexanik  yo’l  bilan  surib 

tashlash  mumkin,  so’ngra  tuprog’iga  qarab,  7-10  ming  kub  suv  bilan  dastlab 

zovurlarsiz,  so’ng  sizot  suvi  ko’tarilib,  bu  yer  betidan  3,5-5,0  m  chuqurlikdan 

so’ng  zovurlar  yordamida  yaxshilab  yuvish  tavsiya  qilinadi.  Sho’r  tuproqlar 

tarqalgan hududlar katta miqyosdagi tuproq- geokimyoviy formatsiya bo’lib, turli 

xil  tuproqlarni  o’zida  birlashtiradi.  Uning    umumiy  belgilari  quyidagilardan 

iborat: akkumulyativ yoki paleakkumulyativ landshaftlarda hosil bo’lishi, yuqori 

konsentratsiyadagi  eritmalarda  suvda  oson  eruvchi  tuzlarning  tuproq    hosil 

bo’lish  jarayonlarida  ishtirok  etishi,  o’simliklarning  yoxud  tuproq  eritmalarining 

yuqori  konsentratsiyasi  yoxud  u  yoki  bu    tuproq  qatlamlaridagi  o’ta  yuqori 

ishqoriylik  sababli  normal  o’sishi  va  rivojlanishi  uchun  noqulay  sharoitlarni 

vujudga  kelishi  (bundan  sho’r  tuproqlarda  o’suvchi  galofitlar  mustasno) 

va  boshqalar.  Dunyo  tuproq  xaritasidagi  (FAO)  tuproqlar  sistemastikasida 

(tizimida)  yuqorigi    0-15  sm  li  qatlamda  3%  dan  ortiq  miqdorda  tuz  ushlagan 

tuproqlar  sho’rxoklar  guruxiga  kiritilgan.  Yuqorida  ko’rsatilgan  miqdordagi 

tuzlar  tuproqning  yuza  qatlamida  emas,  balki  chuqurroq  qatlamlarida  bo’lgan 

tuproqlar  sho’rxokli  tuproqlar  va  shu  miqdordan  kam  bo’lgan  lekin  tuproqning 

xoxlagan  qatlamlarida  joylashsa  sho’rxoksimon  tuproqlar  deb  ataladi.  Demak, 




36 

 

  



 

 

tuproqlar  tuzlarning  tuproq  profilida  joylanishiga  qarab  yuza  va  chuqur 



sho’rxoksimon  bo’lishlari  mumkin.  Sho’rxoklarning  tarqalgan  asosiy  hududlari 

subareal va subtropik mintaqalarning dasht va yarim dasht mintaqalari xisoblanadi. 

Sho’rxoklar maydoni yer sharida 69,8 mln. gektarni tashkil qiladi.  

       Sho’rlangan  tuproqlar  deb  tuproq  profilida  madaniy  o’simliklar  (galofit 

bo’lmagan-sho’rga chidamsiz) ning rivojlanishi uchun zaxarli ta’sir etuvchi 

suvda  oson  eruvchi  tuzlarning  miqdoriga  aytiladi.  Suvda  oson  eruvchi 

tuzlarga  sovuq  suvda  gipsning  (CaSO

4

  2H



2

O)  eruvchanligidan  (2  g/  l.  atrofida) 

ortiq eriydigan tuzlar kiradi. Tuproqning yuqorigi 0-30 sm li qatlamida 0,6% ortiq 

soda  0,1%  dan  ortiq  xlor  va  2%  dan  ortoq  -sulfatlar  ushlagan  sho’rlangan 

tuproqlar  sho’rxoklar  deb  ataladi  .  Bunday  tabaqalanish  tuzlarning  turlicha 

zaxarligidan  kelib  chiqadi.  Masalan,  eng  zaxarli

 

tuz  soda  (Na



2

CO

3



)  xisoblanib, 

uning  0,6%  miqdori  tuproqni  butunlay  unumsiz  yerga  aylantirib,  0,1%  atrofidagi 

miqdori  o’simliklarning  normal  o’sishi  va  rivojlanishiga  salbiy  ta’sir  etadi. 

barcha  sho’rlangan  tuproqlar  maydoni  esa  240  mln.  gektarni  tashkil  etadi  

Sho’rlangan tuproqlar ikkita katta  guruhga bo’linadi:   

 

 



1.Sho’rhoksimon va sho’rhok           

2.Sho’rtob va sho’rtobli   

       Yer  usti  0-30  sm  tuproq  qatlamida  0,6-2,0  %  gacha  tuzlari  bo’lgan  tuproqlar 

sho’rhokli  tuproqlar;  2  %  va  undan  ortiq  bo’lsa  sho’rhok  tuproqlar  deyiladi.

 

Tuproqning  ostki  30-100  sm  qatlamida  0,3-0,6  %  tuz  mavjud  bo’lgan 



tuproqlar sho’rhoksimon tuproqlar deyiladi.  Sho’rhoksimon  va  sho’rhok  tuproqlar 

yer sharining qirg’oqchil mintaqalarida keng tarqalgan. Sho’rlangan tuproqlar tuzli 

qatlamning joylashish chuqurligiga va undagi tuzlarning miqdoriga qarab quyidagi 

guruhlarga bo’linadi; 

 Sho’rlanmagan  -  tuzli  qatlam  150-200  sm  chuqurlikda 

bo’lib, tuz miqdori 0,3 % dan oshmaydi. Kuchsiz sho’hoksimon - tuzli qatlam 80-

120  sm  chuqurlikda  bo’lib,  tuzlar  0,3-0,6  %  bo’ladi.  Sho’rhoksimon    -  tuzli   

qatlam    30-80    sm    da  bo’lib,    tuz  miqdori  0,6-1,0%  bo’ladi.  Sho’rhokli  -  tuzli 

qatlam 0-30 sm da bo’lib, tarkibida tuz miqdori 0,6-2,0 % bo’ladi. Sho’rhok - tuzli 

qatlam  yer  yuzasidan  boshlanib,  tarkibida  2  %  va  undan  ortiq  miqdorda  tuzlar 




37 

 

  



 

 

mavjud bo’ladi.   Yerlarni  melorasiya  qilishda  sho’r  tuproqlarni  sho’rlanish 



darajalari  va  sho’rlanish  tiplarini  o’rganish  muhim  amaliy  ahamiyatga  ega. 

Sho’rlangan tuproqlar tarkibidagi tuzlarni anion va kationlarining o’zaro nisbatlari 

bo’yicha sho’rlanish tiplariga bo’linadi. 

 Sho’rhok  va  sho’rhoksimon  tuproqlar 

tarkibida  ko’proq  natriy  xlor  va  natriy  sulfat  tuzlari  bo’ladi.  Bunda  tuproq 

singdiruvchi kompleksi (TSK) tarkibida juda oz miqdorda natriy bo’ladi. Sho’rtob 

va  sho’rtobli  tuproqlar  deb  turoq  singdiruvchi  kompleksida  ko’p  miqdorda  natriy 

bo’lgan  tuproqlarga  aytiladi.  Tuproqdagi  singigan  barcha  kationlar  yigindisiga 

(kalsiy, magniy, natriy, kaliy, vodorod, ammiak) singdirish sig’imi deyiladi va 100 

g tuproqdagi milliekvivalentlarda ifodalanadi. 

O’zbekiston  sharoitida  sho’rtob 

va sho’rtobli tuproqlar juda  kam uchraydi. Lekin ular kuchli minerallashgan sizot 

suvlari  mavjud  yerlarda  uchrab  turadi.  I.P.Antipov-Karatayev  ushbu  tuproqlarni 

quyidagi  tasnifga  bo’lgan:  1)  sho’rtobsiz  -  5  %  dan  kam  (tuproqdagi  singigan 

natriyning  singigan  kationlar  milligramm-ekvivalent  yig’indisiga  nisbatan  % 

hisobidagi  miqdori),  2)oz  sho’rtobli  —  5-10  %,  3)  sho’rtob      20  %  dan  ortiq.

 

Sho’rtobli  tuproqlarning  tarkibida  5-20  %  singdirish  sig’imiga  nisbatan 



natriy  bo’lganda  ularning  fizik-kimyoviy  xossalari  yomonlashadi.  Sho’rtob 

tuproqlarning  fizik-kimyoviy  xossalari  mutloq  yomon  bo’lib,  bunda  hech  qanday 

ekin  o’smaydi.  Tuzlarning  o’simliklarga  zararli  ta’siri  ma’lum  darajada  ularning 

suvda  eruvchanligiga  ham  bog’lik.  Zararsiz  va  kam  zararli  tuzlar  suvda  (CaS0

4



CaS0



3

, MgS0


3

,) ion eriydigan tuzlardir. Bu tuzlardan CaS0

4

 va MgS0


3

 qiyin eriydi, 

CaC0

3

  esa  deyarli  erimaydi.  Qolgan  tuzlar  yaxshi  eriydi  va  tuproqda  hatto  oz 



miqdorda  bo’lganida  ham  o’simliklarga  zararli  ta’sir  ko’rsatadi.  Shuni  nazarda 

tutish  kerakki,  tabiiy  eritmalarda  gazlarning  eruvchanligi  ko’pgina  sabablarga 

bog’lik bo’ladi. Masalan, CaSO4 suvda deyarli erimaydi, Lekin Cl yoki SO

4

 ionlari 



ishtirokida uning eruvchanligi zo’rayib ketadi. Tuproq eritmasida NaC1 bo’lganida 

CaS0


4

  ning  eruvchanligi  ancha  ortadi,  MgS0

bo’lganida  esa  kamayadi.  Tuz 



aralashmalari  o’simliklarga  uncha  zararli  ta’sir  ko’rsatmaydi,  hatto  ancha  yuqori 

konsentrasiyada  bo’lganida  ham  alohida  olingan  zararli  tuzlarnikiga  qaraganda 

kam bo’ladi. Bunday hodisaga tuzlar antagonizmi deb ataladi. Masalan Nac1 yoki 



38 

 

  



 

 

MgS0



tuzlari alohida olinganida ancha zararli. Lekin Nac1 yoki MgS0

eritmasida 



ma’lum  miqdorda  CaCl  bo’lsa,  tuz  aralashmasining  zararlilik  ta’siri  kamayadi.

 

Antagonizm  asosan  tuz  kationlarida  namoyon  bo’ladi.  Eng  kuchli 



antagonistlar natriy va kalsiy kationlaridir. Tuproqlar sho’rlanish darajasiga ko’ra: 

sho’rlanmagan,  kuchsiz  sho’rlangan,  o’rtacha  sho’rlangan,  kuchli  sho’rlangan  va 

sho’hoklarga  bo’linadi.  Tuproqlarni  sho’rlanish  darajasiga  qarab,  guruhlarga 

ajratishda ularning tarkibidagi suvda oson eriydigan tuzlarning umumiy miqdoriga 

va xlor ionining miqdoriga e’tibor byeriladi. 

                                                                                                        3.2.1-jadval 




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin