Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi


Sizot suvlarning minerallashganligi



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

Sizot suvlarning minerallashganligi   

№ 

Minerallashganligi 



 

Minerallashganlik 

darajasi,(g/l) 







Minerallashmagan 

Juda kuchsiz minerallashgan 

Kuchsiz minerallashgan 

O’rtacha minerallashgan 

Kuchli minerallashgan 

Juda kuchli minerallashgan 

Namakobga yaqin 

Namakob 


1-3 


3-4 

5-10 


10-20 

20-40 


40-50 

50 


Ayniqsa  zovur-kollektor  tarmoqlari  mavjud  bo’lmagan  yoki  yaxshi 

ishlamaydigan  hududlarda,  ular  sathi  yuqoriga  ko’tariladi  va  tuproqlarni 

sho’rlantirib  yuboradi.  Sizot  suvlari  minerallashgan  mintaqalarda,  ular  sathini 

mutlaqo  yuqoriga  ko’tarilishiga  yo’l  qo’yib  bo’lmaydi.  Buning  uchun  ekinlarni 

sug’orish  rejimini  to’g’ri  belgilash,  sug’orish  tarmoqlaridan  filtrasiyaga  sarf 

bo’layotgan  suvlarni  kamaytirishga  erishish  lozim.    Tuproqning  paydo  bo’lish 

jarayonida  hamda  sho’rlanish  va  botqoqlanishda  tabiiy  gidrogeologik  sharoitlar, 

yani sizot suvlarining joylashish chuqurligi,oqim tezligi va minerallashganligi katta 

ahamiyatga  ega.  Shuning  uchun  ham  daryo  havzalari,  yani  suv  ayirgichlardan  to 

sohilgacha  bo’lgan  masofa  to’rtta  gidrogeologik  mintaqalarga  bo’linadi 

(M.Legostayev, 1959). 

I-Gidrogeologik  mintaqa-yer  usti  suvlarining  singib  kirish  mintaqasi.  Bu 

mintaqa  tog’  va  tog’  oldidagi  suv  yig’ish  va  daryolarning  konus  yoyilmalarining 

ustki  qismlardagi  maydonlarni  o’z  ichiga  oladi.  Iqlimi  ancha  salqin,  yillik 

yog’ingarchilik miqdori 400-600 mm va undan ko’p, bug’lanish  esa kam  (1000-

1200mm)  bo’ladi.  Joyning  relyefi  asosan    makro  relyef,  mezorelyefli  va  katta 

nishablikka ega. Tuproqning ustki qatlami uncha qalin bo’lmagan (1,5-2 m) qumoq 

va  gil  zarrachalaridan  iborat.    Sizot  suvlari  bosimsiz,  joylashish  sathi  10-30  m  va 




32 

 

  



 

 

undan  ham  chuqurda  bo’ladi,  oqim  tezlig  juda  katta.  Sizot  suvlari  chuchuk 



(minerallashganlik  darajasi  0,2-0,3  g/l).  Birinchi  gidrogeologik  mintaqa 

tuproqlarining meliorativ holati sho’rlanmaganligi va botqoqlanmaganligi jihatidan 

juda qulay hisoblanadi. Lekin tuproq eroziyasi jihatidan juda noqulaydir. 

II-Gidrogeologik  mintaqa-sizot  suvlarining  sirtga    (yer  yuzasiga)  tegish 

mintaqasi.  Bu  mintaqada  birinchi  gidrogeologik  mintaqaning  quyi  qismlarini  va 

daryo  konus  yoyilmalarining  chegaralarini  o’z  ichiga  oladi.  Joyning  relyefi 

mezorelyefli,  iqlimi  birinchi  gidrogeologik  mintaqaga  nisbatan  ancha  issiq, 

bug’lanish    (1200-1500  mm)  katta.  Yog’ingarchilik  miqdori  esa,  kam  (200-400 

mm)  bo’ladi.  Mayda  zarrachali  tuproq  qatlami  2-4  mni  tashkil  qiladi.  Keyingi 

qatlamlar asosan shag’al va qumlardan iborat.  Sizot suvlarning minerallashganlik 

darajasi  oqim  tezligi  nisbatan  katta  bo’lgan  yerlarda  chuchuk  (0,2-0,4  g/l),  oqish 

tezligi nisbatan kam yoki oqimsiz bo’lgan yerlarda esa, kuchsiz minerallashgan (1-

5  g/l)  bo’ladi.Sizot  suvlari  minerallashgan  yerlarda  kam  sho’rlangan  tuproqlar 

uchraydi.   

       III-Gidrogeologik  mintaqa-  sizot  suvlarining  tarqalish  (bug’lanish)  mintaqasi. 

Bu  mintaqa maydoni  eng  katta  bo’lib,  kichik  va  katta  daryo  (So’x,  Shoximardon, 

Amudaryo,  Sirdaryo)larning  o’rta  va  qo’yi  oqimlarini  shuningdek  cho’l 

mintaqasidagi  tekisliklarni  (Qizilqum,  Qoraqum,  Mirzacho’l,  Qarshi  cho’li  va 

hokazo)  o’z  ichiga  oladi.  Bu  mintaqaning  relyefi,  asosan,  mikro  va  qisman 

mezorelyefli bo’lib kichik nishablikka ega. Tuproqlarning mexanik tarkibi turlicha, 

lekin  asosiy  qismida  birinchi  va  ikkinchi  mintaqa  tuproqlariga  nisbatan  mayda 

zarrachali tuproqlar keng tarqalgan hamda bu tuproqlar qalin qatlamga ega.Bunday 

tuproqlar  odatda  kapillyar  naychalari  orqali  suvni  juda  balandga  ko’tarish 

qobiliyatiga  egadir.  Tuproqlarning  ostki  qismida  xar  xil  chuqurliklarda    (3-30  m) 

shag’al, mayda tosh va qum uchraydi. Mintaqaning sug’oriladigan  yerlarida sizot 

suvlari  1-3  m  chuqurlikda,  sug’orilmaydigan  yerlarida  esa,  5-10  m  va  undan 

chuqurroqda  joylashadi.  Mintaqa  sizot  suvlari  sho’rlangan  bo’ladi.  Ularning 

minerallashish 

darajasi  sug’oriladigan  yerlarda  2-3  dan  20-30  g/l, 



33 

 

  



 

 

sug’orilmaydigan  yerlarda  esa  30-50  g/l  gacha    va  undan  ko’p  (qattiq  qoldiq) 



bo’ladi.    

          IV-Gidrogeologik  mintaqa  sohil  mintaqasi.  Bu  mintaqa  allyuvial 

yotqiziqlardan  bunyodga  kelgan  daryo  sohil  pag’onalarini  o’z  ichiga 

oladi.Sohillarni  har  yili  yoki  davriy  ravishda  toshqin  suvlari  bosganligidan, 

keyinchalik unda malum darajada oqizindi bo’ladi. Shuning uchun sohil mintaqasi 

tuproqlarining mexanik tarkibi xilma-xil bo’ladi.  Sohil mintaqasining sizot suvlari 

yer  yuzasiga  yaqin    joylashgan.  (0,5-1,5  m)  bo’ladi  va  ular  minerallashgan  va 

minerallashmagan bo’lishi mumkin. Sug’orish    natijasidagi    sho’rlanish, avvalgi   

tuproq      suv  rejimining  buzilishi  oqibatida  sodir  bo’ladi.  Bunda  yer  tuproq-

gruntning   juda   chuqur   qatlamlaridagi   tuz   zahiralarini   sizot suvlarida erishi 

hisobiga sho’rlanadi. 

Bu  hodisa  ko’pincha  sug’orish  natijasida  sizot  suvlari 

sathining  umumiy  ko’tarilishi  oqibatida  vujudga  keladi.  Yer  yuziga  yaqin 

joylashgan  minerallashgan  sizot  suvlar  tuproqning  bevosita  sho’rlanish  manbai 

hisoblanadi.  Sizot  suvlar  sathi  yer  yuziga  yaqinlashgan  sari  ularning  bug’lanish 

intensivligi  kuchayib,  sho’r  yig’ilish  jarayoni  jadallashadi.  Sug’orish  suvlari 

qisman  sho’rlangan  bo’lsa  ham,  ular  tuproqni  asta-sekin  sho’rlanishiga  sababchi 

bo’ladi.  Agar  sug’orishda  ortiqcha  suvlar  ko’paya  borsayu,  Lekin  sarflanmasdan 

turaversa, albatta, sizot suv sathi ko’tariladi. Tuproq-grunt kuchli suv o’tkazuvchan 

bo’lsa  va  sizot  suvi  esa  oqmay  tursa,  hamda  unga  sizib  o’tgan  suvlarning 

qo’shilishi kuchaysa sizot suv sathi tezroq ko’tariladi. Sug’oriladigan dehqonchilik 

sharoitida  dastlab  tuproq  sho’rlanmagan  bo’lsada,  undan  foydalanish  jarayonida 

ular  kuchli  sho’rlanib,  qishloq  xo’jaligida  foydalanishga  yaroqsiz  holatga  kelish 

hollari  uchrab  turadi.  Bu  hodisaga  tuproqning  qayta  sho’rlanishi  yoki  ikkilamchi 

sho’rlanishi deyiladi. 

 


Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin