Buxoro davlat universiteti tabiiy fanlar fakulteti tuproqshunoslik va geografiya kafedrasi


Daryo, vodiylardan olinib kelishi mumkin bo’lgan yengil eruvchi tuzlar



Yüklə 0,92 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/40
tarix02.01.2022
ölçüsü0,92 Mb.
#36968
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40
buxoro vohasi tuproqlarida shorlanish jarayonlari va shorlanishga qarshi chora tadbirlari

Daryo, vodiylardan olinib kelishi mumkin bo’lgan yengil eruvchi tuzlar 

Daryolar 

Daryo 

vodiylarining 



maydoni, km

2

 



Shamol orqali 

tuzlarni olib 

kelinishi 

amaliyoti, t/km 

Daryolar bilan 

olinib kelinayotgan 

tuzlarni umumiy 

miqdori, t 

Daryolarni past 

qirg’oqlarida 

tuzlarni olib 

kelinishi, kg 

Volga 

1401949 


2804000 


8000000 

Amudar


yo 

308804 


10 

3090000 


22600000 

Sirdaryo 

246861 

10 


265000 

 



Keltirilgan  jadvaldan  ko’rinib  turibdiki,  Volga  daryosida  tuzlarni  shamol 

orqali  olib  kelinishi  solishtirma  og’irligi  umumiy  tuzlarni  ximiyaviy  oqimiga 

nisbatan 30%ni tashkil qilib, Amudaryoda esa faqat 1,5%ni tashkil qiladi. Bundan 

shunday xulosa chiqarish mumkinki, daryolar o’zlarining hosil bo’lish manbalariga 

va  unda  erigan  tuzlarni  miqdoriga  qarab  juda  ko’p  miqdorda  tuzlarni  olib  kelib 

dengizlarga  yotqizar  ekan,    lekin  bu  tuzlar  shamollar  ta’sirida  sug’oriladigan  va 

quruq yerlarga olib ketilib, tuz jamg’armasi sifatida to’planadi.                         

        Tuproq  yer  usti  va  yer  osti  suvlarining  tarkibida  asosan  kalsiy  (Ca), 

magniy(Mg),  natriy  (Na),  kaliy(K),  kislorod(O),  xlor(CI),  oltingugurt(S),  uglerod 

(C),  azot(N)  elementlari  boshqa  elementlarga  nisbatan  ko’proq  uchraydi.  Bu 

elementlar  tog’  jinslari  va  minerallar  tarkibida  bo’lib,  suv,  shamol,  iqlim  va 

biokimyoviy  omillar  tasirida  yemirilib  tuzlarni  hosil  qiladi.  Tabiatda  tuzlarning 

asosiy manbalari quyidagilar hisoblanadi. 



29 

 

  



 

 

1. Tog’ jinslari va minerallarning yemirilishi. 



2. Vulqon otilishi. 

3. Yer yuzasiga yaqin joylashgan gumbaz, tosh tuzlar (tosh konlari) 

4. Yerning tub qatlamlaridan chiqayotgan sho’r buloqlar. 

5.  Biokimyoviy  omillar  ta’sirida  tuzning  paydo  bo’lishi  (sho’rhok  va  sho’rtob 

yerlarda  o’sadigan  o’simliklarning  kul  hosil  qilishi  va  bu  kulning  tarkibida  juda 

ko’p miqdorda natriy xlor va natriy sulfat borligi) 

O’zbekistonning  sug’oriladigan  mintaqalarda  yerlar  asosan  sho’rlanish  va 

botqoqlanish  tufayli  noqulay  holatga  keladi.  Tuzning  kelib  chiqishi,  tuz  hosil 

bo’lish asosiy manbalari haqidagi masalalar    fan va qishloq xo’jalik uchun katta 

nazariy  va  amaliy  V.A.Kovda  ma’lumotlari  bo’yicha  quyidagi  tuz  to’planish 

sikllari  mavjud:  1)  Quruqlikda  tuz  to’planish  sikllari,  ya’ni  materiklarning  ichki 

qismlaridagi berk o’lkalarda tuzlarning bir joydan ikkinchi joyga borib to’planishi.                                                                                                                            

 

2)  Dengiz  yaqinida  tuz  to’planish  sikllari,  ya’ni  dengiz  sohillarida  va  sayoz 



suvli  qo’ltiq  qirg’oqlarida  dengiz  suvlarining  to’planishi.    3)  Deltalarda  tuz 

to’planish  sikllari,  ya’ni  daryo  suvlarining  quruqlikdan  olib  keladigan  tuzlari 

hamda turli vaqtlarda dengiz tomonidan keladigan tuzlar. 

4) Yer osti suvlarining bug’lanishidan tuz to’planishi, bunda yerning chuqur 

qatlamlaridagi  sho’r  suvlarni  tektonik  yoriqlar  orqali  yer  yuzasiga  chiqishi  va 

bug’lanishi. 

5)  Antropogen  tuz  to’planishi  ,  yani  sho’r  yerlarni  meyoridan  ortiqcha  sug’orish, 

sug’orish  tarmoqlaridan  filtrlanayotgan  suvlar  evaziga  minerallashgan  sizot 

suvlarining  ko’tarilishidan  hamda  sho’r  suvlar  bilan  ekinlarni  sug’orish  oqibatida 

to’planayotgan  tuzlar  Shu  bilan  birga  ekinlarga  meyoridan  ortiqcha  mineral 

o’g’itlarni solinganda ham tuproqda tuzlar ko’payadi. 

     Tuzlarning  tarqalishida  yer  usti,  yer  osti,  sizot  suvlari  va  shamol  kata  rol 

o’ynaydi.  Suv,  shamol,  harorat,  biokimyoviy  jarayonlar  ta’sirida  tog’  jinslari  va 

ularning  tarkibidagi  minerallar  asta-sekin  yemirila  boradi.  Oqibatda  xlor  va 

oltingugurt  elementlari  ajralib  chiqib,  keyinchalik  xlorid  va  sulfat  tuzlari  hosil 

qiladi. Nurash jarayonida esa sulfat kislota hosil bo’ladi; bu kislota tarkibida natriy, 




30 

 

  



 

 

magniy  yoki  kalsiy  bo’lgan  minerallar  bilan  reaksiyaga  kirishishi  natijasida 



osongina  oddiy  sulfat  tuzlarini  hosil  qiladi.  Bundan  tashqari  bir  qancha  mineral 

moddalarning  tarkibida  xlorid  yoki  sulfat  tuzlari  sof  holda  mavjuddir.  Shu  tuzlar 

tog’ jinslari nuraganda ajralib chiqadi. Ko’pgina hududlarda chuqur issiq buloqlar 

tuz hosil qiluvchi manba hisoblanadi. Bunday buloqlardan tuzlar ham , gazlar ham  

ajralib chiqadi  Tuz hosil bo’lishida  yer  yuzasiga chiqib qolgan  gumbaz  shaklida 

yer  osti  tosh  tuzlari  ham  ishtirok  etadi.  O’rta  Osiyo  cho’llarida  yangi  yoki  qoldiq 

tuz qatlamlari uchraydi. Shu qatlamlarning qalinligi ba’zan necha o’nlab va yuzlab 

sm-ga boradi hamda ularning  tarkibida 90-100 % tuz bo’ladi  Tuz hosil bo’lish  va 

to’planish jarayonlarida biokimyoviy omillarning ham  ta’siri bor.  Sizot suvlarida 

juda ko’p miqdorda turli minerallar, organik moddalar va kolloidlar bo’ladi. Sizot 

suvlar  tarkibida  suvda  eriydigan  moddalarning  miqdori  0,01dan  200  g/l  gacha 

boradi.  Sizot  suvlar  minerallashganlik  darajalari  bo’yicha  quyidagi  guruhlarga  va 

tiplarga bo’linadi 

Issiq  iqlimli  hududlarda  tuproqning  kapillyarlik  xossasi  yaxshi  bo’lsa  va 

harakatsiz,  sho’rlangan  sizot  suvlar  sathi  yuza  (1-3  m)  joylashganida,  bu  suvlar 

ko’p  bug’lanadi.  Natijada  tuz  asta-sekin  yig’ila  boradi  va  tuproqlar  yoppasiga 

sho’rlana  boshlaydi.  Sizot  suvlar  minerallashgan  mintaqalarda,  ular  sathining 

ko’tarilib ketishi natijasida ham  tuproqlar sho’rlanadi. O’zbekiston sharoitida eng 

kuchli xavf solib turgan holat - bu minerallashgan sizot suvlari sathining yuqoriga 

ko’tarilishidir.   

                                                                                           

 

 



 

 

 



 

                        

 



31 

 

  



 

 

                                                                           3.1.4-jadval 




Yüklə 0,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   40




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin